Ta’lim menejmenti –ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash strategiyasini o’rganadi.
Ta’lim menejmenti fanining mohiyati. Boshqaruv tizimi –bu jamoa hayotidagi sub’yektlar , maqsad, mazmun va faoliyatning umumlashuvidagi mutanosiblikdir. Magistratura talabalari oliy ta’limni bitirgach, rahbar, bo’lim boshlig’i, metodist lavozimlarida ham faoliyat yuritishlari mumkin. Bo’lajak boshqaruv hodimlariga, boshqaruv madaniyatini shakllantirishda ushbu ta’lim menejmenti fani ahamiyatlidir.
Ta’lim menejmenti fanining maqsadi- bo’lajak mutaxasislarni pedagagik menejmentga oid bilim , ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish .
Ta’lim menejmenti fanining vazifasi- ta’lim menejmentining qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Ta’lim menejmentining asosiy masalalari
Do'stlaringiz bilan baham: |