Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Dorn effekti (cho‘kish potentsiali)


Download 58.03 Kb.
bet4/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek

Dorn effekti (cho‘kish potentsiali) - bu hodisa elektroforezga qarama – qarshi hodisa bo‘lib u 1878 yilda Dorn tomonidan kashf etilgan. Og’irlik kuchi ta`siri ostida qattiq faza kolloid eritmadan cho‘kkanida qattiq faza bilan suyuqlik chegarasida elektr potentsial paydo bo‘lishi cho‘kish potentsiali deyiladi.
Oqib chiqish potentsiali – elektroosmosga qarama-qarshi hodisa bo‘lib, 1859 yilda Kvinke tomonidan kashf etilgan. Suyuqlik bosim ta`siri ostida kapillyar naydan oqib chiqish joyida elektr potentsial – “oqib chiqish” potentsiali paydo bo‘ladi.
Qo‘sh elektr qavatning tuzilishi. Qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lishi haqidagi tasavvurni dastlab Kvinke ilgari surdi. Qo‘sh elektr qavatning tuzilishini birinchi marta Gel’mgol’ts va Perren tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, qo‘sh elektr qavat xuddi yassi kondensator kabi tuzilgan bo‘lib, zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori shaklida joylashadi. Ikki qavatning biri qattiq jism sirtiga bevosita yopishib turadi, ikkinchisi (ya`ni birinchisiga nisbatan qarama-qarshi zaryadli qavat) esa suyuqlik muhitida bo‘ladi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo‘lib, uning qalinligi molekulalarning (yoki sol’vatlangan ionlarning) radiuslari kattaligiga yaqin bo‘ladi. Qattiq faza sirtiga musbat va manfiy ionlar adsorbilanadi. Bu qavat potentsial belgilovchi qavat deyiladi. Natijada oralig’i 1 – 2 molekula radiusiga teng bo‘lgan qaramaqarshi zaryadli ionlardan iborat qo‘sh elektr qavat paydo bo‘ladi. Bunday qo‘sh elektr qavat ichida elektr potentsialning qiymati xuddi kondensatordagi kabi (to‘g’ri chiziq bo‘ylab) keskin o‘zgarishi lozim.


y
Perren va Gel'mgol'ts tasavvur qilgan qo‘sh elektr qavatnig tuzilish sxemasi
Rasmning shtrixlanmagan qismi eritmani ifodalaydi. +q va –q sirtlar orasidagi punktir chiziq elektr potentsiallar qiymatini ko‘rsatadi. Bu qiymat qattiq faza bilan eritma orasidagi potentsiallar ayirmasini ham ko‘rsatadi. Bu sxemaning asosiy kamchiligi ionlarning suyuqlik ichidagi Broun xarakati xisobga olinmaydi hamda qavatlar orasidagi masofani juda kichik deb faraz qilganlar.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling