Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
V Bob. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
V Bob. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI
5.1. Talab va taklif elastikligi Ma′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq. Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o`zgarishi ta′sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o`zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysachi? Yoki daromad 10 %ga oshganda talab qanchaga o`zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o`zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o`rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni to`liqroq ko`rib chiqamiz. Narxga bog`liq talab
Shuni ta′kidlash joizki, foiz o`zgarishi, o`zgaruvchining absolyut
Agar talab uzluksiz funksiya sifatida, ya′ni QD f (P) ko`rinishida berilgan bo`lsa, uning elastiklik koeffitsienti quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: E p QP QP f (P) QP . Narxga bog`liq talab elastikligi manfiydir, ya′ni E p 0 . Tovar narxi oshganda unga talab kamayadi. Shuning uchun QP 0 . (2) tenglamadan kelib chiqadiki, narxga bog`liq talab elastikligi narxning tovar miqdoriga P tovar birligi o`zgarishining narxdagi o`zgarishga nisbatining Q Q ko`paytirishdan hosil bo`ladigan miqdorga teng. Lekin, nisbatiga P Q talab egri chizig`i bo`ylab yurganda P o`zgarishi yoki o`zgarmasligi mumkin, narx va tovar miqdori esa har doim o`zgarib boradi. Demak, narxga bog`liq talab elastikligi talab chizig`ining alohida nuqtasida o`lchanadi va egri chiziq bo`yicha surilganda, u o`zgarib boradi. Real statistik ma′lumotlarga ko`ra nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffitsientlarini quyidagicha aniqlash mumkin. Talabning narxga bog`liq nuqtaviy elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi:
Bu yerda Q1D va P1 talabning va tovar narxining boshlang`ich qiymatlari, Q2D va P2 - talabning va tovar narxining o`zgargan qiymatlari. Taklifning narxga bog`liq nuqtaviy elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi:
qiymatlari, Q2S va P2 - talabning va tovar narxining o`zgargan qiymatlari. Talabning narxga bog`liq yoysimon elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi:
Yoysimon elastiklik hisoblanganda, Q va P larning bazis ko`rsatkichlari sifatida, ularni boshlang`ich va o`zgargan qiymatlarining o`rtachasi olinadi. Misol. Limonga bo`lgan talab 100 dona bo`lganda, bir birlik limon narxi 2100 so`m, talab 200 dona bo`lganda 1800 so`m bo`lsin. Yoysimon elastiklik koeffitsienti orqali hisoblaymiz.
Demak, limon narxi bir foizga tushganda, unga talab 4,33 foizga o`sadi. Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе′mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа′siridа ko`prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo`lаdilаr. Аmmо, istе′mоlchilаr tаlаbining nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko`rа turlichа bo`lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishigа nisbаtаn istе′mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi vа nаrхdаgi оzginа o`zgаrishlаr tа′siridа tоvаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o`zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo`lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi.
Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo`lgan talablarga ajratish mumkin. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab elastik deyiladi. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab noelastik deyiladi. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi. Misol tariqasida chiziqli talab funksiyasini qaraylik: Q a b P . Bu chiziqli funksiya uchun QP b bo`lib, u o`zgarmasdir. Lekin bu chiziq o`zgarmas elastiklik koeffisientiga ega emas. 5.1-rasmdan P ko`rinib turibdiki, agar biz chiziq bo`yicha pastga qarab yursak Q miqdor kamayib boradi, natijada elastiklik miqdori ham kamayadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling