Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka mulk egaligi
- Korporasiya
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqa xulosalar
Bozor xo`jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo`lgan va o`ziga qarashli bo`lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Mulk shakli bo`yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi: yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo`jaliklari, fermer 163 xo`jaliklari, xususiy firmalar); hamkorlikdagi mulk egaligi (xo`jalik shirkatlari (to`liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo`jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.); korporasiya (aksiyadorlik jamiyati). Yakka mulk egaligi o`z manfaatlari yo`lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo`lib, bo`linmasdir. Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis etish jarayonida o`zlarining moliyaviy mablag`larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog`liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o`zaro taqsimlaydilar. Korporasiya biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Korporasiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. Nazorat va muhokama uchun savollar Firma deganda nimani tushunasiz? Firma qanday faliyat turlarini amalga oshiradi? Tadbirkorlik faoliyati deganda nima nazarda tutiladi? Firmalar qanday mezonlar bo`yicha turkumlanadi? Mulkchilik shakli bo`yicha firmalarning qanday turlarini bilasiz? Xususiy mulk egaligidagi firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud? Hamkorlikka asoslangan firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud? Korporativ mulkka asoslangan firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud? Firmalarning qanday tashkiliy-huquqiy shakllarini bilasiz? 164 Turli tashkiliy-huquqiy shakldagi firmalarning tashkiiy-iqtisodiy asoslarini so`zlab bering. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling