2.3. Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslari.
Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi bilan bog’liq ko’plab masalalarni hal yetish uchun birgalikda harakat qilgan shaxslarning javobgarligi masalasi muhim ahamiyat kasb yetadi va bu masala hozirgacha adabiyotlarda yetarli darajada ishlanmagan.
Albatta, jinoyat ishtirokchilarini jinoiy javobgarligi asoslarini qarab chiqishdan oldin, yeng avvalo, jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini qarab chiqish lozim. Buning uchun, jinolyat huquqida juda ko’plab bahslarga sabab bo’layotgan yakka shaxs tomonidan sodir yetilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasini qarab chiqish zarur. Bu sohadagi bahslar bizning Respublikamiz olimlari bilan birgalikda xorijlik olimlarni ham o’ziga jalb yetib kelmoqda.
Jinoiy javobgarlik - bu subektning jinoyat huquqi bilan taqiqlangan qilmishni sodir yetishda ifodalangan xulqi uchun qo’llanadigan davlatning majburlov chorasidir, - deb ko’rsatadi, M.X. Rustamboyev.1
Do'stlaringiz bilan baham: |