Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinchalik b


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinchalik b undoshi v 
undoshiga, unlisi unisiga almashgan. Ya’ni qovoqda ham, qopqoqda 
ham, qobiqda ham shakl, vazifa jihatdan “yopiq” semasi ustun.
Qovoq leksemasi omonim leksema hisoblanadi.
Qovoq ko‘z kosasini qoplovchi, ochilib yopilib turadigan teri, 
tana a’zosi demakdir. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib 
ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to‘shakka yopishib yotgan 
odamdek sarg‘imtil- zahil tusga kirganini yendi payqadim. (O‘.H. Ikki 
eshik orasi). 
Qovoq mumtoz adabiyotda qabag‘ shaklida ishlatilgan. Alisher 
Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida shunday yozadi:
Va xo‘blarning ko‘z va qoshlari orasinki, qabog‘ derlar, forsiyda 
bu uzvning oti yo‘qtur. Masnaviyda bir jamoat xo‘b ta’rifida mundoq 
deyilibdurkim, bayt: 
Mengizlari gul-gul, mijalari xor
Qabog‘lari keng-keng, og‘izlari tor. [6, 6]
Qovoq – poliz ekini turini ham anglatadi. Palak otib o‘sadigan, 
shapoloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli, bir yoki ko‘p yillik 
poliz o‘simligi va uning turli shakllarda bo‘ladigan yirik hosili
ma’nosida hozirgi o‘zbek tilida mavjud: – Yur, qovoq somsa beraman! 
(O‘.H. Ikki eshik orasi). 
“Boburnoma”da qovoq/qabaq po‘sti qattiq bo‘lgani, idish 
sifatida ishlatiladigan turi ham mavjud bo‘lgani bois harbiy 
mashqlarda nishonga olinadigan buyum o‘rnida ishlatilgan: Qaboq 
maydonida maydon boshidin chopib, yoyni tushurub qo‘rub, otib 
qaboqni urar edi.
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatadigan bu 
ot qab otining idish, o‘rab turuvchi narsa ma’nosidagi, kichraytirish 
ma’nosini ifodalovchi a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyin-
chalik b undoshi v undoshiga, a unlisi o unisiga almashgan: qabaq-
qovoq. [7, 518]
Oshqovoq – qovoq turini anglatadi. Oshqovoq suviga qorib 
zog‘ora yopayotgan ekan....! (O‘.H. Ikki eshik orasi).
Qovoq asosidan yasalgan yana bir leksema nosqovoq 
bo‘lib, narsa-buyum otlari qatoriga kiradi: – Mehmon emas, mezbon! 
– dedi, nosqovoqni egasiga qaytarib (O‘.H. Ikki eshik orasi).


92
Kamola RIXSIYEVA
Qoplam leksemasi narsa-predmetning sirtini qoplab turuvchi 
qismni anglatadi: ustki qoplam. Uning yana bir hajm-o‘lchov ma’nosi 
ham mavjud. Masalan: bir qoplam paxta.
Qoplama 1. Biror narsaning sirtiga, betiga, ustiga qoplangan, 
o‘ralgan, sirilgan tashqi qatlam yoki g‘ilof. Devorning marmar 
qoplamasi. 
Qoplama ko‘rpa. Avra-astari ustidan yangi avra-astar 
kiydirilgan, lekin qavilmagan ko‘rpa. Qoplama “
fe’ldan anglashilgan 
ish-harakat uchun mo‘ljallangan, shunga belgilangan narsani bildiruvchi 
ot”
 [9, 58]
Qoplama tarkibidagi -ma affiksi fe’ldan ot va sifat yasash uchun 
xizmat qiladi. Ot yasovchi sifatida ham, sifat yasovchi vazifasida ham 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida mahsulli affiks hisoblanadi. -ma affiksi 
yordamida hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’ldan anglashilgan ish-
harakat uchun mo‘ljallangan, shunga belgilangan narsani bildiruvchi 
otlar yasalgan: qoplama, tirkama, yo‘qlama, qo‘manma, ko‘rgazma, 
bosma, to‘shama kabi. [9, 81]
-ma qo‘shimchasi bilan yasalgan otlar u qadar ko‘p bo‘lmasa-
da, bunday otlarning ma’lum qismi -ma affiksi bilan yasalgan 
sifatlarning otlashuvi orqali yuzaga kelgan. Mas., dimlama, qovurma, 
tirkama otlari xuddi shu yo‘l bilan yuzaga kelgan. Shuning uchun 
ham bunday otlarning nomi umumiy tushunchani bildiradi. [9, 88]
Qap= asosidan zoonimlar hosil qilingan.
Qoplon mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan mo‘ynasi 
qalin yirtqich hayvon. Tarixiy manbalarda ham uchraydi: ...besha 
saboini misli qoplon va arslon va soyir darrandalar ko‘p o‘lturur erdi. 
[1, 21]
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling