«lingvistik tahlil»
Download 103 Kb.
|
Ling tahlil ishchi 4=kurs sitrqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «LINGVISTIK TAHLIL» FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Ta’lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar
- 8 soat
- Tuzuvchi: __________Davletov I.B._ O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchi: I.A.Xajiyeva
- Lingvistik tahlil”fanining maqsad va vazifalari
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI “TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________dots.S.U. Xodjaniyazov “__ ” _avgust_2022- yil «LINGVISTIK TAHLIL» FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Ta’lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 - Filоlоgiya va tillarni o‘qitish (o‘zbеk tili) Ta’lim shakli: Sirtqi Umumiy o‘quv soati – 24 soat Shu jumladan: Amaliy mashg‘ulot - 8 soat (8-semestr ) Mustaqil ta’lim - 16 soat(8-semestr ) Urganch - 2022 Fanning ishchi o‘quv dasturi Oʻzbеkistоn Rеspublikasi Оliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi Urganch davlat universiteti Kengashi tоmоnidan __-avgust, 2020-yilda tasdiqlangan “Lingvistik tahlil” fanining oʻquv dasturi asоsida ishlab chiqilgan. Fanning ishchi o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti Kengashining 2020-yil ___-avgustdagi 1 -sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchi: __________Davletov I.B._ O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchi: I.A.Xajiyeva - TATU Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent UrDU Filologiya fakulteti dekani _______________ dots.D.Q.G‘ayipov 2022- yil, ___-avgust O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri______________ dots. A.I. Primov 2022- yil, ___-avgust “Lingvistik tahlil”fanining maqsad va vazifalari: Lingvistik tahlil o’zbek tilshunosligining nazariy bilimlari sistemasini o’rganishning maqbul usullaridan biridir. Tahlil jarayonida til faktlari haqidagi nazariy ma’lumotlar, grammatikaning qonun-qoidalari aniq misollarda amaliyotga tatbiq qilinadi. Tahlil etuvchi har bir til faktining nazariy asoslarini puxta egallashga intiladi. Lingvistik tahlil talabalarga mustahkam bilim berish yo‘lidagi metodik usullardan biridir. Tilshunoslikning har bir tarmog’i o‘qitilayotganda o‘qiuvchi lingvistik tahlildan, albatta, foydalanishi lozim. Fan asoslarini egallashda nazariy bilimlar va amaliy mashg’ulotlarning roli katta. Lingvistik tahlil o’zbek tilshunosligining nazariy bilimlari sistemasini o’rganishning maqbul usullaridan biridir. Tahlil jarayonida til faktlari haqidagi nazariy ma’lumotlar, grammatikaning qonun-qoidalari aniq misollarda amaliyotga tatbiq qilinadi. Tahlil etuvchi har bir til faktining nazariy asoslarini puxta egallashga intiladi. Til hodisalari lingvistik tahlil asosida amaliy o’rganladi. Lingvistik tahlil- olingan nazariy bilimlar asosida til haqidagi har bir fanning talabiga ko’ra aniq bir til yoki nutq birligini (so’z yoki gap) parchalab o’rganishdir. Bo’lajak o’qituvchilarning til hodisalarining tez va to’g’ri ajrata olish malakalarini egallashlarida nazariy bilimlar bilan bir qatorda lingvistik tahlil ham muhim rol o’ynaydi. Lingvistik tahlil- talaba bilimining ko’zgusi. Bilim turli qoidalar va atamalarni o’zlashtirishdan iborat. Biroq undan amalda foydalana olmasa, u faqat mexanik tarzda yodlangan qoida va atamalardan iborat bo’lib qoladi, xolos. Kishining ma’lumoti, madaniyati uning faoliyatida ko’ringanidek, haqiqiy bilim amaliyotda qo’llanishi bilan belgilanadi. Agar talaba tilshunoslikdan nazariy dars o‘tilganidan so‘ng shu darsda berilgan bilimni ma’lum bir matnni parchalab o‘rganishda mustaqil qo‘llay olsa, bunday bilim haqiqiy lingvistik bilim sanaladi. Talaba bilimining haqiqiyligi, mustahkamligi tahlil jarayonida ko‘rinadi. Lingvistik tahlil talabada bilimni amalda ishlata bilish malakasini hosil qiladi. Lingvistik tahlil orqali talabalar berilgan nazariy bilimning - lingvistik qoidalarning mohiyatiga ongli, amaliy tushunib yetadilar. Talaba lingvistik tahlil jarayonida, tilning aniq bir hodisasiga bog’liq holda, nazariy darslardan olingan bilim, qoidalar ustida mustaqil mushohada qiladi, o‘z ongida ularni qayta ishlab chiqadi. Bu esa mazkur hodisalar mazmunini ochuvchi fikrlarning talaba xotirasida nisbatan saqlanib qolishini ta’minlaydi. Faqat tahlil orqaligina ayrim murakkab til hodisalarining mohiyatini yaxshiroq anglash mumkin. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling