Lingvokulturologiya tilshunoslikning madaniy fenomeni sifatida


Download 17.66 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi17.66 Kb.
#1310580
Bog'liq
Alixonova D


Lingvokulturologiya tilshunoslikning madaniy fenomeni sifatida
XX asr tilshunoslik sohasida ulkan o’zgarishlar asri bo’ldi deya olamiz. Bu asrning 90-yillariga kelib, tilshunoslik va madaniyatshunoslik orasida yangi bir soha vujudga keldi. Bu soha tilshunoslik va madaniyatshunoslik o’rtasidagi yangi soha hisoblanib, unda milliy tafakkur, milliy ong, milliy madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet, milliy xarakter, umuman, milliy madaniyatning til bilan munosabatdorligi masalasini yoritishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.1 Lingvokulturologiya sohasi til va madaniyatning o’zaro bog’liqligini, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, shuningdek malum bir konseptning turli millatlarda turlicha tushunilishi, lekin u yaxlit bir konsept ekanligini ham o’rganadi. Lingvokulturologiya sohasida qator olimlar ilmy izlanishlar olib borishgan, ulardan, V.fon Gumbold, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir V.A. Maslova kabilarni aytish mumkin. Lingvokulturologiya sohasining rivojlanish bosqichlarini uch qismga ajratish mumkin.
1) fan shakllanishiga turtki bo’lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari;
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi;
Bugungi kunga kelib esa lingvokulturologiya sohasi eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bu soha tilni madaniy fenomenon sifatida o’rganadi, shuningdek, uning predmeti o’zaro aloqadorlikda bo’lgan til va madaniyat hisoblanadi.

1 F. Usmonov til va tafkkur munosabati va tilshunoslikda antroposentrizm tamoyili xususida. Ilmiy xabarnoma, ADU №2 2015-yil, 94-bet

Download 17.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling