Lingvomadaniyat ( lingvokultura)ning adabiyotshunoslikda tutgan o’rni
Download 37.7 Kb.
|
linguoculturology by G.Sevara
kitob sizniki emasmi?” yoki “Ertaga band emasmisiz?” savoliga deyarli barcha
madaniyatlarda “Yo‘q, meniki emas”, “Yo‘q, band emasman”, – deb inkor mazmunida javob beriladi. Muxtasar qilib aytganda, madaniy to‘siq nafaqat nutqiy muomala me’yorlaridagi farqlar, balki muloqotchilar tomonidan kiritiladigan turli ma’nolar bilan ham bog‘liqdir. Bir qarashda bir xil ko‘ringan so‘zlarning ma’nolarida nomutanosiblik mavjud bo‘ladi. Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan holda, lingvokulturologiya mustaqil fan sohasi sifatida quyidagi masalalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qiladi. 1) til konseptlarini shakllanishida madaniyat qanday ishtirok etadi; 2) til belgisi ma’nosining qaysi qismiga “madaniy ma’nolar” biriktiriladi; 3) bu ma’nolar so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan anglashilinib, tushuniladimi va ular nutq strategiyasiga qanday va qay holatda o’z tasirini ko’rsata oladi. 4) haqiqatan ham til egasining madaniy-lisoniy qobiliyati mavjudmi; 5) konseptosfera (muayyan madaniyatning asosiy konseptlari yig‘indisi) va bir madaniyat va ko‘p madaniyat egasi yo‘nalgan madaniyat diskursi qanday bo‘ladi; 6) mazkur fanning asosiy tushunchalarini qanday sistemalashtiriladi, ya’ni fanning asosiy tushunchaviy-terminologik apparatini qanday yaratilad Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlar kesimida shakllangan til tadqiqining yangi sahasidir. Lingvomadaniyat madaniyat va tilning bir-biriga bo’lgan ta’siri, bir-biriga bo’lgan alaqasini, tilda o’z aksini topgan xalq madaniyatining ko’rinishlarini tadqiq etadi. Til va madaniyatning birinchi vositasi bo’lib, quydagicha tavsiflanadi: Til bu madaniyatning aksi bo’lib, ushbu aksda biz uning real yashash sharoiti, uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarsi,axloqi, urf-odati va dunyoqarashini ham ko’ra olamiz; Til bu madaniyat xazinasi, sandig’i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklore, badiiy va ilmiy adabiyot, og’zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi. Til bu madaniyat quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til “bizning hayot tarzimizni tavsiflovchi ijtimoiy meros qilib olingan malaka va g’oyalar majmuyi”4 sifatida madaniyatdan tashqarida mavjud bo’lolmaydi. Linvomadaniyatshunoslikni dunyo yuzini ko’rishga eng birinchilardan bo’lib V. Fon Gumbaltning nazariyalarida shakllanganligini ko’ramiz. V. Gumbaltning tillarini taqqoslashda etibor qaratgan jihati shundaki, uning fikricha “tillarning bir-biridan ajratib turgan jihati faqatgina tovush va belgilarda emas, balki dunyoqarashda hamdir. Bu fikrdan shuni anglasak bo’ladiki, bilamiz har bir tilning o’z fonetik tovushi, harfi va turli xil belgilari mavjud, shu bilan birgalikda dunyoni ko’rishning farqliligi ham mavjud. Har bir xalqning o’ziga xos ko’rish tarzi va aql-idroki bor. O’zbek tilshunosligida til haqida fikrlarni professor Nizomiddin Mahmudov asarlarida ham ko’rishimiz mumkin. V.fon Gumbalt asrlarida til haqidagi fikrlari N. Mahmudov asarlarida ham o’z aksini topgan: “...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning borbudi, bo‘y-basti aks etadi. Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borlig’ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixiyu kelajagini idrok etish demkdir. Til xalqning bebaho va muqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o‘z tilida sobit va o‘z tiliga sodiq bo‘lmog‘i azal-abad ham qarz, ham farz”. Bu fikrlardan shuni anglashimiz mumkinki, biror bir til orqali ma’lim bir xalqning ming yillab shakllanib kelgan qadriyatlarni, urf-odatlarini bilib olishimiz mumkin. Millat egalari o’z tillarini ko’z qorachig’iday asrab avaylashlari kerakligi va til maqaddas boyligi ekanligi ta’kidlanmoqda. Madaniyat lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biridir. Shuning uchun ham, madaniyatning asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda “madaniyat” termini kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. “Madaniyat” arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini Download 37.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling