№
Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o‘tkazishdan quyidagi
maqsadlarni
ko‘zlagan edi:
birinchidan o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona
an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish;
ikkinchidan
“xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasida sanoat korxonalari, kolxoz va
sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari
sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sho‘ro qullariga
aylantirish edi
➢ 1926-yili O‘zbekistonda 16 ta yirik ayollar artellari bo‘lib, ularda 814 nafar mahalliy xotin-
qizlar mehnat qilardi
➢ 1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan ortiq artellarida 5000
nafardan ko‘proq mahalliy ayollar ishlardi.
➢ 1939-yilda 2500 nafar xotin-qizlar traktorchilar kursida o‘qishga majburan jalb qilindi.
➢ Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon
Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari
sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi.
➢ Halima Nosirova, Tamaraxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva
№
Ayrim atamalar va ularning izohi
1
Paranji
ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq
ko‘rinmaslikuchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun
to‘n shaklidagi, soxta yengli yoping‘ich (yuz chachvon bilan
berkitiladi)
2
Chachvon
otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r
parda.
3
Artel
(ital. – xunarmand] kasb-hunar egalarining birgalashib, jamoa bo‘lib
ishlash uchun tuzilgan uyushmasi shakllaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |