Linkni bosib ko`ring :
https://t.me/TARIX_TILSIMI
“Markaziy Osiyoning hududi bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal sur’atda qurish ko‘plab aholi
punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko‘lamdagi fojia –
Orol halok
bo‘lishining sababiga ham aylandi. Yaqinyaqinlargacha cho‘l-u sahrolardan tortib olingan va
sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog‘da
ana shu suv Oroldan
tortib olinganligi, uning “jonsizlantirib qo‘yilganligi” xayolga kelmasdi. Endilikda Orolbo‘yi
ekologik kulfat hududiga aylandi”. O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom
Karimov nutqidan.
§ 26. O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari
№
SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar. Mamlakat siyosiy
hayotida 1982 – 1985-yillarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy rahbariyatdagi
bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.
1 1982-yil noyabrda KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
Leonid Brejnev vafot etdi. U mamlakat va partiyani
18 yil davomida boshqargan
edi.
2 1982 – 1984-yillarda Yuriy Andropov
3 1984 – 1985-yillarda Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga rahbarlik qildi
Do'stlaringiz bilan baham: