Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)


nVidialarni tanlab olishga to’g’ri kelsa kerak


Download 1.13 Mb.
bet17/29
Sana09.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1179944
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Linuks operatsion tizimi tarixi

nVidialarni tanlab olishga to’g’ri kelsa kerak




Jurnalning oldingi sonida videoakseleratorlar va videoplatalar haqida ancha keng ma`lumotlar berilgan edi. Menimcha ular haqida yana batafsil gapirib o’tirishning hojati yo’q. Videoplatani tanlashdan oldin siz o’z kompyuteringizda juda ko’p o’yin o’ynaysizmi (shu bilan birga DVD proigrivatel sifatida ko’p foydalanasizmi va uch o’lchovli grafikali qushimchadan foydalanasizmi) yoki yo’qmi, aniqlab oling .


Аgarda kompyuterdan buxgalteriyada, ofis dasturlari va bir oz o’yin uchun foydalanish ko’zlansa, unda sizga materinskiy plataga videointegrirlangan (masalan, i845 GL chipsetiga juda yaxshi 3D akseleratori kiritilgan, ba`zan uch o’lchovli o’yinlarni ham o’ynash mumkin) platani sotib olish kerak. Uyga, oilaga har holda jiddiyrok videoplatani sotib olgan yaxshi. Bugungi kunda grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi ikki etakchi firma mavjud: nVidia va ATI. ATI chiplari asosidagi mahsulotlar bizda deyarli umuman yuk, ammo nVidia ning GPU ni videokartasini hamma erda osongina sotib olish mumkin. Bu albatta yaxshidir- ular narxi bo’yicha ham, mahsuldorligi bo’yicha ham eng yaxshisi hisoblanadi.
Bugungi kunda Ge Force 2MX 200/400 chipi asosidagi qimmat bo’lmagan va yanada yangiroq bo’lgan Ge Force 4MX 420/440/460 bazali platalar keng tarqalgan hisoblanadi. Ko’pgina o’yinlar, DVD ko’rish uchun juda etarli. Lekin siz yanada jiddiyrok videoadapter kerak desangiz, unda nVidia Ge Force 4 Ti 4600 chipseti bazasidagi DDR-xotirasi 128 Mbayt videoplatani, agarda 290$ narxi Sizni qo’rqitib yubormasa, taklif etish mumkin.
Endi yig’uvchilar haqida. Hammasining quti(korobka)larida (prayslarida ham) nVidia Ge Force deb yozib qo’yilgan bo’lsa ham siz juda-juda turli videoplatalarni sifati bo’yicha ham, unumdorligi bo’yicha ham fark kiladigan videoplatani olishingiz mumkin. Gap shundaki nVidianing o’zi faqatgina grafik protsessorlarni ishlab chiqaradi (yana plataning etalon dizaynini taklif qiladi)va ularni yig’uvchilarga sotadi. Platada qanday element bazasi, qanday xotira, radiator va nixoyat qanday kuller qo’llanilishi aynan yig’uvchiga bog’lik bo’ladi. Plataning unumdorligi bir xil grafik protsessor qo’llangan holda ham ishlab chiqaruvchiga qarab ikki barobarga farq qilishi mumkin.
Videoplata ishlab chiqarish bo’yicha ASUS, MSI, ABIT, Chaintech firmalari eng mashhurlari hisoblanadi. Oxirgi paytlargacha Bigabute kompaniyasi yaxshi videoplatalar ishlab chiqarar edi, u hozir ham (lekin ATIdan faqatgina GPU uchun (Radeon turkumi). ularni ishlab chiqaradi.
Mablag’ etarli bo’lganida bitta ishlab chiqaruvchining sistemani platasini va videokartasini sotib olishni masalan ASUS yoki MSI maslahat bersa bo’ladi().
Toshkentda sotilayotgan 45-50$ (Ge Force 2MX 400 64Mbayt) yoki 80-85$( Ge Force 4MX 420 64Mbayt) turadigan mashhur bo’lgan ishlab chiqaruvchilar platalari ham juda yaxshi ishlaydi, shunig uchun uyga olinadigan arzon kompyuterlar uchun ham harid qilish mukin.





Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling