LINUX OT fayl tizimi bilan tanishib chiqish. Fayllar bilan ishlash
buyruqlarini o‘rganib chiqish.
Linux operatsion tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri fayl tizimi. Linuxda, UNIX oilasining boshqa operatsion tizimlarida bo’lgani kabi, har qanday ob’ekt fayl tizimida saqlangan fayl. Linux operatsion tizimida kataloglar strukturasi Windows operatsion tizimidan farq qiladi. Agar siz biror dastur o’rnatmoqchi bo’lsangiz, dastur qayerga o’rnatishni, vaqtinchalik fayllarni qayerga yozishni, sozlama fayllarni qayerga yozishni tizim sizdan so’ramaydi. Chunki Linux katalog strukturasi birmuncha qattiq rejimda ishlashga moslashtirilgan va u ierarxik tuzilishga ega:
Linuxda fayl tizimidagi kataloglar tasnifi
Katalog
|
Tasnifi
|
/
|
Ildiz katalog, barcha qolgan kataloglar shuning ichida joylashadi.
|
/bin
|
Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi (cat, ls, cp,..).
|
/boot
|
Linux yadrosi va yuklashni boshqarish (grub, initrd, lilo va boshqalar) utilitlari saqlanadi.
|
/dev
|
Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar (printer, skaner, qattiq disk) fayl ko’rinishida saqlanadi. Kerakli qurilmani ishlashi uchun, shu qurilmaga tegishli maxsus fayl mavjud bo’lishi kerak.
|
/etc
|
Bu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning (Apache, Nginx, Samba) sozlash fayllari joylashadi.
|
/home
|
Operatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari saqlanishi lozim bo’lgan joy. Foydalanuvchi o’z hujjatlarini istalgan o’ziga yoqqan katalogda saqlashi mumkin, lekin xavfsizlik uchun linux ushbu joyga saqlashni maslahat beradi. Shuning uchun bu katalogga qattiq diskdan (HDD) alohida joy (razdel) ajratish lozim bo’ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |