Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja
Chora yo’qtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir
Download 268 Kb.
|
Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja
Chora yo’qtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir,
Mumkin ermas kishi taqdirg’a bermoq tag’’yir. Do’stlar, dahr vafosini xayol aylamangiz, Burju kohig’a tama’ g’ayri zavol aylamangiz. Turfa mahbub durur umru vafosi yo’q aning, Andin istarg’a vafo fikri mahol aylamangiz. Har kishi komil erur, bas ang’a haq bandalig’i, Mundin o’zga tama’i kasbi kamol aylamangiz. Yo’q jamol ichra vafo husnig’a dog’i bunyod, G’arroi husn bo’lib arzi jamol aylamangiz. Olami foniy uchun ranju mashaqqat chekmang, Mol uchun g’am yemangiz, fikri manol aylamangiz. Ishq dardig’a Navoiy kebi mag’rur o’lmang, O’zni har mahvash uchun shifta hol aylamangiz. Turk piri kebi olamdin etakni silking, Do’stdin g’ayri tamannoi visol aylamangiz. To salomat bu xatar manzilidin solib kom, Ma’mani vaslg’a bo’lg’ay tuta olmoq orom. Ifodali o`qish qoidalari. Ifodali o`qishga qo`yilgan talablar. Ifodali o`qish bo`yicha chop etilgan uslubiy adabiyotlar, ularning mualliflari, yutuq va kamchiliklari. Ifodali o`qish metodikasi. O`qish texnikasi. Ifodali o`qish tarixi. Tez va ifodali o`qishning farqi. Turli uslubdagi matnlarni o`qish qoidalari. She`r, g`azal, ruboiylarni o`qish. Xalq og`zaki ijodi asarlarini – doston, ertak, latifa, lof, masal, matal, topishmoq, tezaytish, sanama, maqol va boshqalarni o`qish. Obrazlarga bo`lib rolga kirib, taqlid qilib o`qish. Turli tadbirlarga, radio, televideniyeda tabriknoma kabilarni o`qib berish usullari. Yuqorida sanab o`tilgan asarlardan namunalar o`qib berish. Boshlang`ich sinflar “O`qish darsliklariga kiritilgan asarlar”dan o`qish. Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarida o`qib kelinadigan asarlardan o`qish. Ishtirokchilarning ifodali o`qishlariga baho berish. Yangi alifboda ifodali o`qishlarini tushuntirish. 1. a) mashg`ulotning maqsadi ishtirokchilarning davlat talablarida ta`kidlangan “lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda bir qarashda ifodali o`qiy olish” ko`rsatkich bo`yicha malakalarini aniqlash hamda ularga bu boradagi yangiliklar to`g`risida ma`lumot berib, o`quvchilarda ifodali o`qish malakalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berish. b) ifodali o`qish boshlang`ich sinf o`quvchilarining har taraflama mukammal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola ifodali gapirsa, badiiy matnlarni ifodali o`qisa, o`zini sinfda, jamoa orasida erkin sezadi. Bu hol esa, uning barcha ishlarini, topshiriqlarni tez tushunib, to`g`ri bajarishiga imkon beradi. Bola bir yumushni a`lo darajada bajarsa, uni quvonib, to`lqinlanib ota-onasiga, o`qituvchisiga va do`stlariga so`zlab beradi. Xuddi shunday psixologik jarayon bola biror bir badiiy asarni ifodali o`qiganda va bu uchun uni o`qituvchisi rag`batlantirganda namoyon bo`ladi; d) yosh murg`ak qalbda ifodali o`qishga qiziqish, havas uyg`otishda o`qituvchuning mahorati, nutqi katta o`rin tutadi. Ulug` Sharq pedagoglarining ta`kidlashicha, birinchi darajali ko`rgazmali qurol o`qituvchining o`zi, ya`ni uning kiyinishi, yurish-turishi va boshqa xususiyatlari hisoblanar ekan. Ikkinchi o`rinda esa o`qituvchining nutqi turar ekan. Shularni e`tiborga olganda, o`qituvchi doimo o`z nutqi ustida ishlashi lozim. 2. Ifodali o`qish insoniyat tarixida biror bir voqeani, ma`lumotni aniq, tushunarli darajada yetkazishdan, xalq og`zaki ijodi asarlarini qoidaga rioya qilgan holda hikoya qilib berishdan, ya`ni ifodali o`qishga ma`lum miqdorda poydevor vazifasini o`tagan. Badiiy adabiyot paydo bo`lgandan so`ng esa, uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochiligi ham rivojlana bordi. Badiiy asar yaratuvchilar xalq orasida so`z san`atkori sifatida emas, balki ijrochi sifatida ko`proq e`tiborga ega bo`lganlar. Jumladan, “Avesto” ning yaratuvchilari xalq orasida uning ijrochilari- kohinlar toifasi sifatida ham obro` qozonganlar. Shuning oqibatida roviylar toifasi paydo bo`ladi. Masalan, Nizom Aziz Samarqandiy ma`lumoti bo`yicha, “Firdavsiy “Shohnoma”ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi” deyilgan. ( “Farangi zaboni tojiki. Izda-vo Sov-kaya ensiklopediya”, t.2, M., 1969, b. 141). O`tmishda she`rni tushunib o`qishga katta e`tibor berilganini Alisher Navoiy quyidagicha ifodalaydi: Yodima mundoq kelur bir mojaro Kim tufuliyat chog`i maktab aro, Istabon tashxisi xotir ustod, Nazm o`quturkim ravon bo`lsun savod. Nasrdin ba`zi o`qur ham doston, Bu “Guliston” yanglig`-u ul “Bo`ston”. Manga ul holatda tab`i bul havas, “Mantiqut-tayr” aylab erdi multamas. (Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. Asarlar. O`n besh tomlik. 11-tom, 237-bet). 3.Ifodali o`qishda ovoz, nafas va nutq organlarining ishtiroki muhim rol o`ynaydi. Nutq organlarini faollashtirishga ko`maklashuvchi mashqlar majmuasiga nutq texnikasi deyiladi. Kishilar gapirish jarayonida ma`lum darajada qisqacha to`xtab, nafas oladilar va o`pkalarni qayta havoga to`ldirib, nutqni davom ettiradilar. Nutqdagi ana shunday to`xtash, tinish yoki shunday kichik tanaffusga “pauza” deyiladi. Pauza - nutqimizning eng muhim unsuri va uning asosiy vositalaridan biridir. Badiiy asarlarni ifodali o`qishda pauzaning o`ziga xos o`rni bo`lib, u asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog`liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrining tinglovchiga aniq va to`la yetib borishiga katta yordam beradi. Pauza she`riy asarlarda aksariyat turoqlarga tushadi va his-hayajon bag`ishlaydi. She`rdagi bayt yoki bandlar asarning tugallangan bir bo`lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi. Masalan, Ko`m-ko`k … Ko`m-ko`k … Mehnat sharaf va shon bo`lgan vodiylar ko`m- ko`k… ( H. Olimjon) Pauzaning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Biz o`qituvchilarga tushunarli bo`lsin uchun uni uch turga bo`lib o`rganamiz: 1. Grammatik pauza. 2. Mantiqiy pauza. 3. Psixologik pauza. Grammatik pauza. Badiiy asarlar ifodali o`qilganda tinish belgilarida qisqa pauza qilinadi. Bunday pauza grammatik pauza deb ataladi. O`zbek tilida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi: nuqta (.), so`roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko`p nuqta (…), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (-), qavs ( ) va qo`shtirnoq (“ ”). Misollar: 1. Nuqtali pauza: Ayo do`stim, bir gapim bor, anglab ol, Men gapiray, zehningni qo`y, quloq sol. Jallodlarga yalinmagin, bo`yningdan, Gavharni ne bilsin ushlagan sopol. (Ergash Jumanbulbul o`g`li) Kuz, janub kuzi. Sahroda hech qachon yozda bo`lmaydigan sukunat. Na chigirtkalarrning chirillashi, na ko`k kalamushning chiyillashi va na yurmonqoziqlarning hushtak chalishi eshtilardi. Tillarang kurkinaklar, qaldirg`ochlar, chug`urchuqlar, tog` chumchuqlari hamma vaqt hasharot topiladigan yurtlarga allaqachonlar uchib ketgan. Hamma yoq bo`m-bo`sh. 2. So`roq belgisida qilinadigan pauza: Nega muncha go`zal ko`rinar olam? Nega qarab to`ymas ko`zlarim? Nega jo`sh uradi, ko`piradi qon? Nega misday qizir yuzlarim? (Uyg`un) - Bu yerni kim obod qilgan? Bu og`ir toshlarni kim olib kelgan?- dedi Asqar ota va o`ziga-o`zi javob berdi. – Kim olib kelardi?! Bu yerga meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo`ladiki, tug`ilganida hech kim sevinmagan bo`lsa ham, o`lganida butun yurt aza tutadi. Qizim, Bahri, shundaqami? Shundaqami, Sobiraxon? 3.Undov belgisida qilinadigan pauza: Hoy ishchilar! Ezilgan mehnatchilar! Bitsin zolim boylar! Erkingni qo`ldan berma, Yasha, xizmatchilar! (Hamza) Nazira buvi! Turing, To`xta buvinikiga chiqamiz. (А.Qahhor) Ovoz, nafas va nutq organlarining ifodali o`qish davomida, umuman, inson hayotida tutgan o`rni, o`quvchilarning nutqini o`stirish bo`yicha mashqlar to`g`risida ishtirokchilar bilan suhbat, bahs-munozara, tajriba almashish o`tkaziladi. 4. Badiiy asarlarni ifodali o`qishga o`rgatish texnologiyasi haqida suhbat o`tkaziladi va boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan matnlar – she`rlar, ertak, hikoya, maqol, topishmoq, sanama tezaytish va boshqalardan namunalar o`qiladi. Mashg`ulotga yakun yasalib, chiqish testida qanaqa mazmundagi test savollari kelishi, ularni yechish va adabiyotlar haqida ma`lumot beriladi. Download 268 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling