Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja
To salomat bu xatar manzilidin solib kom
Download 268 Kb.
|
MUSTAQIL TALIM. (1)
To salomat bu xatar manzilidin solib kom,
Ma’mani vaslg’a bo’lg’ay tuta olmoq orom. Ifodali o`qish qoidalari. Ifodali o`qishga qo`yilgan talablar. Ifodali o`qish bo`yicha chop etilgan uslubiy adabiyotlar, ularning mualliflari, yutuq va kamchiliklari. Ifodali o`qish metodikasi. O`qish texnikasi. Ifodali o`qish tarixi. Tez va ifodali o`qishning farqi. Turli uslubdagi matnlarni o`qish qoidalari. She`r, g`azal, ruboiylarni o`qish. Xalq og`zaki ijodi asarlarini – doston, ertak, latifa, lof, masal, matal, topishmoq, tezaytish, sanama, maqol va boshqalarni o`qish. Obrazlarga bo`lib rolga kirib, taqlid qilib o`qish. Turli tadbirlarga, radio, televideniyeda tabriknoma kabilarni o`qib berish usullari. Yuqorida sanab o`tilgan asarlardan namunalar o`qib berish. Boshlang`ich sinflar “O`qish darsliklariga kiritilgan asarlar”dan o`qish. Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarida o`qib kelinadigan asarlardan o`qish. Ishtirokchilarning ifodali o`qishlariga baho berish. Yangi alifboda ifodali o`qishlarini tushuntirish. 1. a) mashg`ulotning maqsadi ishtirokchilarning davlat talablarida ta`kidlangan “lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda bir qarashda ifodali o`qiy olish” ko`rsatkich bo`yicha malakalarini aniqlash hamda ularga bu boradagi yangiliklar to`g`risida ma`lumot berib, o`quvchilarda ifodali o`qish malakalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berish. b) ifodali o`qish boshlang`ich sinf o`quvchilarining har taraflama mukammal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola ifodali gapirsa, badiiy matnlarni ifodali o`qisa, o`zini sinfda, jamoa orasida erkin sezadi. Bu hol esa, uning barcha ishlarini, topshiriqlarni tez tushunib, to`g`ri bajarishiga imkon beradi. Bola bir yumushni a`lo darajada bajarsa, uni quvonib, to`lqinlanib ota-onasiga, o`qituvchisiga va do`stlariga so`zlab beradi. Xuddi shunday psixologik jarayon bola biror bir badiiy asarni ifodali o`qiganda va bu uchun uni o`qituvchisi rag`batlantirganda namoyon bo`ladi; d) yosh murg`ak qalbda ifodali o`qishga qiziqish, havas uyg`otishda o`qituvchuning mahorati, nutqi katta o`rin tutadi. Ulug` Sharq pedagoglarining ta`kidlashicha, birinchi darajali ko`rgazmali qurol o`qituvchining o`zi, ya`ni uning kiyinishi, yurish-turishi va boshqa xususiyatlari hisoblanar ekan. Ikkinchi o`rinda esa o`qituvchining nutqi turar ekan. Shularni e`tiborga olganda, o`qituvchi doimo o`z nutqi ustida ishlashi lozim. 2. Ifodali o`qish insoniyat tarixida biror bir voqeani, ma`lumotni aniq, tushunarli darajada yetkazishdan, xalq og`zaki ijodi asarlarini qoidaga rioya qilgan holda hikoya qilib berishdan, ya`ni ifodali o`qishga ma`lum miqdorda poydevor vazifasini o`tagan. Badiiy adabiyot paydo bo`lgandan so`ng esa, uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochiligi ham rivojlana bordi. Badiiy asar yaratuvchilar xalq orasida so`z san`atkori sifatida emas, balki ijrochi sifatida ko`proq e`tiborga ega bo`lganlar. Jumladan, “Avesto” ning yaratuvchilari xalq orasida uning ijrochilari- kohinlar toifasi sifatida ham obro` qozonganlar. Shuning oqibatida roviylar toifasi paydo bo`ladi. Masalan, Nizom Aziz Samarqandiy ma`lumoti bo`yicha, “Firdavsiy “Shohnoma”ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi” deyilgan. ( “Farangi zaboni tojiki. Izda-vo Sov-kaya ensiklopediya”, t.2, M., 1969, b. 141). O`tmishda she`rni tushunib o`qishga katta e`tibor berilganini Alisher Navoiy quyidagicha ifodalaydi: Yodima mundoq kelur bir mojaro Kim tufuliyat chog`i maktab aro, Istabon tashxisi xotir ustod, Nazm o`quturkim ravon bo`lsun savod. Nasrdin ba`zi o`qur ham doston, Bu “Guliston” yanglig`-u ul “Bo`ston”. Manga ul holatda tab`i bul havas, “Mantiqut-tayr” aylab erdi multamas. (Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. Asarlar. O`n besh tomlik. 11-tom, 237-bet). 3.Ifodali o`qishda ovoz, nafas va nutq organlarining ishtiroki muhim rol o`ynaydi. Nutq organlarini faollashtirishga ko`maklashuvchi mashqlar majmuasiga nutq texnikasi deyiladi. Kishilar gapirish jarayonida ma`lum darajada qisqacha to`xtab, nafas oladilar va o`pkalarni qayta havoga to`ldirib, nutqni davom ettiradilar. Nutqdagi ana shunday to`xtash, tinish yoki shunday kichik tanaffusga “pauza” deyiladi. Pauza - nutqimizning eng muhim unsuri va uning asosiy vositalaridan biridir. Badiiy asarlarni ifodali o`qishda pauzaning o`ziga xos o`rni bo`lib, u asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog`liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrining tinglovchiga aniq va to`la yetib borishiga katta yordam beradi. Pauza she`riy asarlarda aksariyat turoqlarga tushadi va his-hayajon bag`ishlaydi. She`rdagi bayt yoki bandlar asarning tugallangan bir bo`lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi. Masalan, Ko`m-ko`k … Ko`m-ko`k … Mehnat sharaf va shon bo`lgan vodiylar
ko`m- ko`k… ( H. Olimjon) Pauzaning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Biz o`qituvchilarga tushunarli bo`lsin uchun uni uch turga bo`lib o`rganamiz: 1. Grammatik pauza. 2. Mantiqiy pauza. 3. Psixologik pauza. Grammatik pauza. Badiiy asarlar ifodali o`qilganda tinish belgilarida qisqa pauza qilinadi. Bunday pauza grammatik pauza deb ataladi. O`zbek tilida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi: nuqta (.), so`roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko`p nuqta (…), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (-), qavs ( ) va qo`shtirnoq (“ ”). Misollar: 1. Nuqtali pauza: Ayo do`stim, bir gapim bor, anglab ol, Men gapiray, zehningni qo`y, quloq sol. Jallodlarga yalinmagin, bo`yningdan, Gavharni ne bilsin ushlagan sopol. (Ergash Jumanbulbul o`g`li) Kuz, janub kuzi. Sahroda hech qachon yozda bo`lmaydigan sukunat. Na chigirtkalarrning chirillashi, na ko`k kalamushning chiyillashi va na yurmonqoziqlarning hushtak chalishi eshtilardi. Tillarang kurkinaklar, qaldirg`ochlar, chug`urchuqlar, tog` chumchuqlari hamma vaqt hasharot topiladigan yurtlarga allaqachonlar uchib ketgan. Hamma yoq bo`m-bo`sh. 2. So`roq belgisida qilinadigan pauza: Nega muncha go`zal ko`rinar olam? Nega qarab to`ymas ko`zlarim? Nega jo`sh uradi, ko`piradi qon? Nega misday qizir yuzlarim? (Uyg`un) - Bu yerni kim obod qilgan? Bu og`ir toshlarni kim olib kelgan?- dedi Asqar ota va o`ziga-o`zi javob berdi. – Kim olib kelardi?! Bu yerga meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo`ladiki, tug`ilganida hech kim sevinmagan bo`lsa ham, o`lganida butun yurt aza tutadi. Qizim, Bahri, shundaqami? Shundaqami, Sobiraxon? 3.Undov belgisida qilinadigan pauza: Hoy ishchilar! Ezilgan mehnatchilar! Bitsin zolim boylar! Erkingni qo`ldan berma, Yasha, xizmatchilar! (Hamza) Nazira buvi! Turing, To`xta buvinikiga chiqamiz. (А.Qahhor) Ovoz, nafas va nutq organlarining ifodali o`qish davomida, umuman, inson hayotida tutgan o`rni, o`quvchilarning nutqini o`stirish bo`yicha mashqlar to`g`risida ishtirokchilar bilan suhbat, bahs-munozara, tajriba almashish o`tkaziladi. 4. Badiiy asarlarni ifodali o`qishga o`rgatish texnologiyasi haqida suhbat o`tkaziladi va boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan matnlar – she`rlar, ertak, hikoya, maqol, topishmoq, sanama tezaytish va boshqalardan namunalar o`qiladi. Mashg`ulotga yakun yasalib, chiqish testida qanaqa mazmundagi test savollari kelishi, ularni yechish va adabiyotlar haqida ma`lumot beriladi. Download 268 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling