10.Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi» fanining maqsadi bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilari kasbiy kompetentliligining asosi sifatida kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar ma‟naviyatini sog„lomlashtirishda badiiy asarning ta‟sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo„llarini o’rgatishdan iborat.
2 Ta’lim tamoyillari (prinsiplari – lotincha principum – negiz, boshlang’ich) – ta‘lim kechimini tashkil etishda tayaniladigan eng muhim qoida va qarashlar tizimi. Tamoyillar pedagogik amaliyotni to’g’ri tashkil etish ehtiyoji natijasida vujudga kelgan. Tamoyillar o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar majmuasidir. Ta‘limning o’qitish kechimidagi asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
– ta‘limning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy tamoyili;
– ta‘limning hayot bilan bog’liqligi tamoyili;
– ta‘limning ilmiyligi tamoyili;
– ta‘limning tizimliligi va izchilligi tamoyili;
– ta‘limning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi tamoyili;
– ta‘limning ko’rsatmalilik tamoyili;
– ta‘limning o’quvchilar shaxsiga tayangan jamoaviylik tamoyili;
– beriladigan bilimlarning tushunarlilik tamoyili;
– o’zlashtrilgan bilimlarning puxtaligi tamoyili;
– o’qituvchi rahbarligida o’quvchi ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili;
– o’quvchilarning nazariy fikrlash qobiliyatini o’stirish tamoyili;
– tarbiyalanuvchining mustahkam bilimga ega bo’lishi tamoyili va hk.
14.Asar qahramonlariga obraz emas, inson deb qarash tamoyili. Ma‘naviyatning sog’lomlashuviga yo’naltirilgan adabiyot darslarida, u boshlang’ich sinflarda bo’ladimi yoki yuqori bosqichda, har bir adabiy qahramonni ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, jonli inson sifatida o’rganish, uning ichki olami, kechinmalari, shodlik va iztiroblari, xatti-harakati zamirida shaxs mavjudligini anglash hamda uni tuyishga o’rganish ustuvorlik qiladi. Badiiy timsolga o’z shodligu iztiroblari bilan o’quvchiga bevosita daxldor shaxs deb qarash talab qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan o’ta yomon odamning ham yaxshi sifatlari va juda yaxshi insonning ham o’ziga xos kamchiliklari borligi ko’zda tutiladi. Tom ma‘noda yomon odam bo’lmagani singari, ideal
darajada yaxshi odam ham yo’q. Asar qahramonini anglash yo’lida berilgan savol-topshiriqlar, ijodiy insholar, mustaqil ishlar ko’magida o’quvchi insonni o’rgana boradi. U orqali o’zini taniydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |