Lisher Navoiy Muqarrabi Shohiy Siz bu jurnal orqali quyidagilarni bilib olasiz
Download 247.73 Kb.
|
navoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- , ,Sab’ai Sayyor” dostoni haqida Sabʼai sayyor
Saddi Iskandariy („Iskandar devori“) — „Xamsa“ Navoiyning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, A. Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz „Xamsa“lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni Karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18 sura, 83 —98 oyatlar) va yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrni bitta shaxs deb bilishgan va u sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir xamsanavis Iskandar timsolida oʻz g’oyalarini talqin etishga harakat qilgan.
Navoiy oʻz asari avvalidakoʻproq tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga va Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning „Saddi Iskandariy“ deb nomlanishida ham Qurʼoni Karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi. Navoiy talqinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib qoidalarni katta olamdagi tartib qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa so'fiyona talqin. Masalan, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyoning hoy-u havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi. , ,Sab’ai Sayyor” dostoni haqida Sabʼai sayyor“ („Yetti sayyora“) — „Xamsa“ Alisher Navoiyning toʻrtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht xarakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq). U aruzning hafif bahrida yaratilgan. Sharqda keng tarqalgan „Bahrom Goʻr“ afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran — dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi uchun Bahrom Goʻr nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda „Bahrom va Gulandom“, „Bahromnoma“, „Haft manzari Bahrom“ nomlari bilan shuhrat qozongan. „Sabʼai sayyor“ anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi „Xamsa“dagi boshqa dostonlardan farq qiladi. Hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi. xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi. Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik goʻzal Dilorom haqida xabar beradi, oʻzi chizgan qizning suratini koʻrsatadi. Shoh suratni koʻrib telbalarcha oshiq boʻladi. Xitoyning 1 yillik xirojini toʻlab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo boʻlib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, soʻng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, aysh-ishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta maʼno-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sigʻmasligini koʻrsatgan. Navoiy asar voqealarini Xuroson-u Movarounnahr hayoti bilan bogʻlashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. „Sabʼai sayyor“ voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan soʻng ogʻzaki va yozma adabiyotda „Sabʼai sayyor“ning bir necha variantlari yaratildi Download 247.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling