Lis"ning "Biz ochildik" tarzida o‘girilganini qarang. Aynan bitta joyda bo‘lsa qaniydi, butun shahar miqyosida choyxonadan tortib, katta savdo majmualari peshtoqigacha shu "Biz ochildik"
Download 16.84 Kb.
|
Doston
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Biznes jarayonlarini rejalashtirish Bajardi:Berdiyev Doston Guruh:811-20 Reklamadagi xato va kamchiliklar Tashqi reklamalar, ya’ni shahrimiz ko‘chalaridagi bannerlar, pannolar, bozoru do‘konlar peshtoqidagi yozuvlarda uchraydigan xatoliklar, til qoidalarining buzilayotgani to‘g‘risida ko‘p bor bong urildi va bu chiqishlar anchagina ish bergan ko‘rinadi. Bugun bu borada jiddiy, qo‘pol xatolar ko‘zga tashlanmaydi. Ammo bu xato umuman yo‘q, degani emas. Tashqi reklamalarda ham rus tilidan qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (kalka) tarjimalarda mantiqiy g‘alizliklar bor. Masalan, “Shoxona chegirmalar” (Oloy bozori atrofidagi bannerda) jumlasiga e’tibor bering. Nahotki chegirmaning ham shohonasi bo‘lsa?! Ushbu jumlada mantiqiy xato bilan birga imlo xato ham bor. Birinchi so‘zdagi til orqa tovushi “x” o‘rniga bo‘g‘iz tovushi “h” yozilishi lozim. Yoki “Biz sizlarga Yevropadan eng so‘nggi ishlab chiqarish uskunalarni yetkazib beramiz” (Abay ko‘chasidagi bannerda) degan yozuvni olaylik. Bu yerda ham mantiq buzilyapti. “Eng so‘nggi” birikmasidan keyin kerakli so‘zning tushirib qoldirilgani bois ushbu jumla “oxirgisi” (boshqa yo‘q) degan ma’noni anglatyapti. Aslida, “Biz sizga Yevropaning (yoki Yevropada ishlab chiqarilgan) eng so‘nggi rusumdagi uskunalarini yetkazib beramiz”, deb yozilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, «uskunalarni» so‘zida egalik qo‘shimchasi «i» tushirib qoldirilgan. “Mы otkrыlis”ning “Biz ochildik” tarzida o‘girilganini qarang. Aynan bitta joyda bo‘lsa qaniydi, butun shahar miqyosida – choyxonadan tortib, katta savdo majmualari peshtoqigacha shu – “Biz ochildik”. Gulmidingki, ochilsang, deysanda beixtiyor. Yangi yil arafasida ko‘p takrorlangan, hozir ham shaharning aksariyat hududlarida uchraydigan “Coca-cola” reklamasi rus tilida “Podari schastye drugomu” bo‘lib, o‘zbekcha muqobilini “YAqiningga baxt ulash”, tarzida tarjima qilib berishdi. Aslida, “Boshqalarga ham shodlik (chunki baxt kengroq tushuncha) ulash” deyilsa, to‘g‘ri bo‘lmasmidi?! Reklamalardagi matnlar, tarjimalar rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan mutaxassis nazaridan o‘tkazilishi zarurligini qachon tushunib yetamiz? Yoshlarning savodxonligi, o‘zbek tiliga e’tibor va hurmat aslo mayda masala emas. Yana bir masalaga to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmas. YUqorida xatoliklar ancha kamaygani haqida gapirdik. Bu tomonidan xursand bo‘lasan kishi. Ammo boshqa tomondan… Markaziy ko‘chalardagi (Toshkent shahridagi) aksariyat reklamalar, do‘konlar peshtoqidagi yozuvlar, xususan, “Poytaxt” va “Zarafshon” savdo markazlaridagi barcha do‘konlar nomi yo rus, yo ingliz tilida. Hozirgi kunda ushbu ikki tilni ko‘pchilik biladi, tushunadi, bu yaxshi, albatta. Lekin bu o‘zbekcha nomlardan voz kechib, o‘z tilimizga e’tiborsizlik qilish mumkin, degani emas. To‘g‘ri, har uchala tildan foydalanilgan o‘rinlar ham uchraydi, ulardan o‘rnak olsa arziydi. Ammo diqqat qilgan bo‘lsangiz, bu borada o‘zbek tilidan foydalanish nari borsa o‘n-o‘n besh foizni tashkil etyapti, xolos. Turli xildagi reklamalar avtomobillar serqatnov yo’lda joylashgan va ko’p odamlar ko’rishi mumkin bo’lsada, ma’lumotlar haddan tashqari ko’pligi sabab muvaffaqtiyatsiz reklamalar qatoriga qo’shishimga sabab bo’ldi. Bularning barchasi keraksiz . Sizning taklifingizni ko'rish uchun odamni vaqti kam shuning uchun unga asosiy narsani etkazishga harakat qilish kerak. Bu EVOS kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi reklamasi bir qarashda reklama yaxshi ishlangan hammasi qoilmaqom lekin bu reklama Evos marketologlari ichida o’zbek tilini biladigonlari yoqligini ham qo’shib reklama qilib ketgan Bir qaraganda ahamiyatsiz bo’lib tuyulgan narsa katta muommolarga sabab bo’lishi mumkun yaxshi marketolog hammasini xisobga olish kerak google translate yaxshi narsa lekin u mukammal emas u so’zlarnigina tarjima qiladi ma’noni emas. Taklifim: marketologlarni tanlashda uning davlat tili va mentalitetini bilish darajasiga ham e’tibor berish va bu kabi kichik lekin qo’pol bo’lgan xatolar takrorlanmaydi. – Reklamalar psixologik qonuniyatlar asosida tayyorlanadi. Ruhshunos olim Ibengauz tez-tez takrorlanadigan harakat yoki so‘zlargina xotirada uzoq vaqt saqlanishini aytib o‘tgan. Telereklamalar xuddi shu qonuniyatga muvofiq ixtiyoriy-majburiy tarzda berib boriladi. Bunday takroriy tasvirlar ong ostini harakatga keltiradi, oqibatda ko‘pchilikda asabiylashish, zo‘riqish yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasida “Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir”, deyiladi. Ammo qonunda reklamaning tibbiy-psixologik tomonlari hisobga olinmagan… Xo‘sh, mana shu reklamalarda til qoidalari va mantiq buzilayotgan bo‘lsa-chi? Unda ular ikki hissa zararli ekan-da?! Tushunganlar “shu xatoni haliyam tuzatishmadi”, deb asabiylashsa, bunday xatolar tushunmaganlarni yanada chalasavod bo‘lishiga olib kelishi turgan gap. Ayni kunlarda televideniye orqali (nafaqat televideniye, balki barcha tashqi reklamalarda ham) berilayotgan reklamalarning ko‘pi dori vositalari bilan bog‘liq. Yildan-yilga ularning turi ko‘payib boryapti. Qiziqchilardan biri aytganidek, hozir shunday dori vositalari borki, unga yarasha kasal yo‘q (bo‘lmasin ham). Bularning reklamasi ham g‘alati. Ba’zilarini ko‘rib, kulishniyam kuyishniyam bilmaysan, kishi. “Og‘riq va yallig‘lanishdan quruq yo‘talda”. Bu “jilvakor” jumlani qanday tushunsangiz tushunavering. Nima demoqchiligini fahmlaysiz, albatta. Ammo til qoidalari va mantiqqa nisbatan bu “yangilik”. Yoki yana birida “Bel, bo‘yin va bo‘g‘im og‘riqlarida yordam beradi” deyiladi. Bir qarashda sezilmaydigan nuqson: demak, bu vosita shu nuqtalarning og‘rishi uchun yordam berarkan-da! Axir xuddi shunday ma’no kelib chiqayapti-ku. Holbuki, organizmning “shu-shu” qismlaridagi og‘riqlarni davolashga yordam beradi, deyilsa to‘g‘ri bo‘lardi. “Sinepar gel”ning reklamasidagi matn esa odamni yanayam ko‘proq o‘yga toldiradi: “Bolaligimda, yoshligimda, hatto keksayganimda ham u menga yordam beradi”, deydi 80 yoshlardagi o‘ris momo. Savol tug‘iladi: demak, bundan 70 yilcha burun ham shu gel bo‘lgan ekan-da? Xuddi shu mazmundagi ba’zi reklamalar matniga qo‘shilgan biroz lof kishida ishonchsizlik, shubha uyg‘otadi. Aynan mazkur gelning reklamasi ko‘pchilik tomonidan achchiq kulgi ostiga olinganiga guvoh bo‘lyapmiz. “Bir gapni gapirki, odam ishonsin. Shuncha yildan beri ishlataverib, organizmi zaharlanib ketmabdimi momoning”, deyishadi (nojo‘ya ta’siri nazarda tutilyapti). To‘g‘ri, bu gapda ham biroz lof bor (salomiga yarasha aligi, degandek). Ayni paytda televideniye – eng katta auditoriya. Uni turli saviyadagi odamlar tomosha qiladi. Matnlarni o‘ta hushyorlik bilan, pishiq-puxta, yuksak savodxonlik darajasida tayyorlash talab etiladi. Bunday mantiqiy g‘alizliklar ko‘proq rus tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilish oqibatida yuzaga kelmoqda. Download 16.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling