litr sutni qanday qilib bir litr bankaga joylash mumkin? J: Tvorogga aylantirib


Download 15.98 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi15.98 Kb.
#1457549
Bog'liq
mantiqiy savollar


Mantiqiy savollar

1. 2 litr sutni qanday qilib bir litr bankaga joylash mumkin? J: Tvorogga aylantirib;


2. Kim o’tirgan holida yura oldi? J: Shaxmat o’ynayotgan odam;
3. Akbar sakkizga to’lganida otasi 31 yoshda edi. Endi esa otasi Akbardan ikki baravar katta. Xo’sh, Akbar necha yoshga kirdi? J: Akbar 23 yoshda, otasi 46 yoshda;
4. Savatda 5ta olma bor. Besh kishiga teng tarqatildi. Ammo savatda bitta olma qoldi. Qanday qilib shunday bo’lishi mumkin. J: Beshinchi kishiga olma savati bilan berilgan.
5. Nomini aytishingiz bilan u yo’qoladi. U nima? J:Sukunat deya aytishingiz bilan u yo’qoladi.
6. Qanday idishda ovqatlanib bo’lmaydi? J:Bo’sh idishda.
7. Qaysi kemani kapitan emas komandir boshqaradi? J:Kosmik kemani kapitan emas komandir boshqaradi.
8. Otlarning bir-birini ustidan sakrashini qayerda ko’rishimiz mumkin? J: Shaxmat taxtasida.
9. Bir kishiga aytishingiz bilan o’z mohiyatini yo’qotadi unima? J: Hayol.
10. Saroy va kulba yonayapti. Militsiya xodimlari birinvhi qaysi birini o’chiradi? J: Militsiya xodimlari o’t o’chirmaydi.
11. Bog’lamoq mumkin ammo yechib bo’lmaydi. U nima? J: Rishta
12. Mashhur fransuz adiblaridan birining Eyfel minorasini ko’rishga ko’zi yo’q edi. Ammo u har kuni Eyfelning birinchi qavatida tushlik qilardi. Bu holatni qanday qilib izohlash mnumkin? J: Parijda faqat Eyfelning 1- qavatidagina bu ulkan minorani ko’rmaslik mumkin.
13. Odam qanday qilib 8 kun uxlamasligi mumkin? J:8 kun ixlamagan odam 8 tun uxlaydi.
14. Nuriddin doim fudbol boshlanishidan oldin aniq hisobni ayta oladi. Shunaqa ham bo’lishi mumkinmi? J: Fo’tbol boshlanishidan oldin hisob 0:0 bo’lganligi uchun Nuriddin emasa hamma odam ayta oladi.
15. U hamma tilde javob bqaytara oladi. Xo’sh nima u ? J:Aks sado.
16. Qaysi yo’ldan hech kimyurmaydi, mashinalar qatnamaydi? J:Somon yo’lidan.
17. Nimaning qanoti bor suza olmaydi,ko’zlari bor yumilmaydi,oyoqlari bo’lmasa ham uni quvib yeta olmaysiz? J:Baliq.
18. Yomg’irda qo’lida soyaboni bo’lmasa ham, bosh kiyimi bo’lmasas ham kimning sochlari xo’l bo’lmaydi? J: Kal odamning.
19. Qaysi so’zni doimo “Notog’ri” yozamiz? J “ Notog’ri ” so’zini.
20. Uysiz shaharlar, suvsiz daryolar va daraxtsiz o’rmonlarni qayerda uchratishimiz mumkin?
J: Xarita va globuslarda.
21. Azizaning nikoh uzugi qahvali finjonga tushib ketdi, lekin ho’l bol’lmadi. Qanday qilib? J: Hali qaynoq suv quyilmagan edi.
22. Qaysi oyda 28 kun bor? J: Hamma oyda
23. Qanday olov kechayu kunduz yonib tursa ham xonani isitmaydi? J; Suratdagi olov.
24. Ko’chada ketayotib yashil odamni ko’rsak nima qilamiz? J: Yashil oda- yo’l belgisi, yo’lni kesib o’tamiz.
25. Qora mushun uydan qachon tez chiqib ketadi? J: Uy uy eshigi ochiq bo’lsa.
26. Vazira va Zamira birgalikda 50 metr yo’lni bosib o’tishdi. Ular necha metrdan yo’lni bosib o’tishgan? J: Ikkalasi ham 50 metrdan yo’l bosishgan.\
27. Suv ostida gugrtni qanday yoqish mumkin? J: Suvni stakanga solib, gugurtni uning ostidan yoqish mumkin.
28. 3 dona tuxum 5 daqiqada qaynab pishsa 2 dona tuxum qancha vaqtda pishadi? J: ikki dona tuxum ham 5 daqiqada pishadi.
29. O’rta bo’yli erkak qahvaxonaga kirdi va non, qahva,salat va taom buyurtirdi. Ofitsant savol berdi
-siz o’t o’chiruvchimisiz?
-ha
Ofitsant bu kelishgan erkakni o’t o’chiruvchi ekanligini qayerdan bildi? J: Formasidan.
30. Jahongir vertalyotga chiqdi. Oldida ot, otning orqasida mashina Jahongir qayerda? J: Bolalar maydonidago karuselda.
31. Qozon qanchalik katta bo’lmasin unga nima sig’maydi? J: Qopqog’i.
32. Soy juda tezlik bilan shovullab oqyapti. Tepasidagi daraxtda xo’roz o’tiribdi. Xo’roz tuxum tug’sa toshga tegib sinadimi yoki oqib ketadimi? K: Xo’roz tuxum tug’maydi.
33. Suvning tagida qanday tosh bo’lmaydi? J: Quruq tosh bo’lmaydi.
Download 15.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling