Litsenziya (lot licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri


Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida


Download 20.03 Kb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1423169
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 саволга жавоб

Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston B. ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi B. ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).
3. Dotatsiya (lot. dotatio — tuhfa) — 1) maʼlum harajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi. D., odatda, davlat byudjetidan ajratiladi. Ammo firmalar, korporatsiyalar va uyushmalar oʻz tarkibiga kiruvchi turli bulinma va shoxobchalarga ham moliyaviy koʻmak tariqasida D. beradi. D.dan maqsad moliyaviy koʻmakka muxtojlarning qoʻshimcha harajatlarini qoplab, ularning daromad va harajatlarini muvofiqlashtirishdir. Byudjetdan beriladigan D. aholini ijtimoiy himoyalashni ham moʻljallaydi. Bunda korxona va tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovar va xizmatlarni arzon narxda sotishidan kuradigan zarari qoplanadi. Oʻzbekistonda bozor islohotlaripchnt dastlabki kezlarida barcha aholini qimmatchilikdan himoya etish uchun isteʼmol tovarlari xalqqa arzon narxda sotilib, bundan koʻrilgan zarar davlat byudjeti D.si hisobidan qoplandi. Shuningdek, kommunal uy-joy xizmatlariga ham D. berildi. Bunday D. uchun 1988-yilda Oʻzbekistan Respublikasi byudjetidan 14,4 mlrd. soʻm, 1999-yil esa 19,3 mlrd. sum D. ajratildi; 2) muayyan Dotatsiya - davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan mablag' ajratish bo'lib, iqtisodiyotga byudjet orqali ta‟sir etish vositalaridan biri. Faoliyati umumdavlat ahamiyatiga molik, lekin o'z daromadi bilan xarajatlarini qoplay olmaydigan korxona va tashkilotlarga davlat dotatsiya orqali moliyaviy madad beradi fuqaro yoki alo-hida tashkilotlarga kurilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat tomonidan pul mablagʻlarining ajratilishi.


Subsidiya (lotinchasubsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar bevosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga Subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham Subsidiya oladi.[1]
Subsidiya - jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga va xorijiy davlatlarga davlat byudjeti, mahalliy byudjet yoki maxsus fondlar mablag’lari hisobidan pul yoki natura shaklida beriladigan nafaqa. Subsidiya dotatsiya singari takrorlanmay, faqat bir marta qaytarib olmaslik yoki qaytarib olish sharti bilan beriladi



Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling