Liz Borbo (fr. Lise Bourbeau, 941-yil 14-fevralda tugʻilgan) — faylasuf, psixolog, oʻqituvchi, pedagog, koʻplab bestsellerlar muallifi, Kvebekdagi eng yirik shaxsiy rivojlanish markazlaridan biri asoschisi


Ego o'z hayotimizni yaratishga qodir ekanligimizni tan olishni


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/85
Sana05.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1276832
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Bog'liq
L. Burbo - jarohatlarni Davolash (копия) 7

Ego o'z hayotimizni yaratishga qodir ekanligimizni tan olishni 
istamaganligi sababli, muammolar bizga tashqaridan kelishiga 
ishonishni afzal ko'radi. Ego har doim atrofimizdagi dunyoda 
yechim topishga intiladi.
Bundan tashqari, biz farmatsevtika kompaniyalari bemorlarning 
og'rig'ini yo'qotish uchun juda ko'p miqdordagi dori-darmonlarni 
yaratishini bilamiz. Bunday vositalardan foydalanish bilan odamlar 
mas'uliyatni o'z zimmalariga olmaydilar. Ular muammoni 
tinchlantirishadi, unga qarshi chiqishga jur'at etmaydilar.


148
Biz muammolarimiz uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga 
olmagunimizcha, ular yanada kuchayadi va rang-barang bo'lib 
boradi.
Hech bir shifokor va hech qanday dori shifo topishingizga kafolat 
bera olmaydi. Biz hammamiz bilamizki, hatto operatsiyadan keyin 
yoki umr bo'yi dori-darmonlarni qabul qilganda ham, muammo yana 
va yana paydo bo'lishi mumkin. Albatta, shifokorlarning yordami 
yoki dori-darmonlarni qabul qilishdan bosh tortmaslik kerak, chunki 
bu bizga jismoniy azob va og'riqlarni yengillashtirishga yordam 
beradi. Biroq, buni faqat kerak bo'lganda, bir martalik ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. 
Chetdan kelgan har qanday yordam, xoh u an'anaviy tibbiyot, dori-
darmonlar, shaxsiy terapiya yoki boshqa yordam ko'rsatish bo'lsin, 
agar siz bir vaqtning o'zida haqiqiy shifo faqat sizning ichingizdan 
kelishi mumkinligini qabul qilsangiz, ancha samarali bo'ladi. Buni 
qabul qila olgach, shifo jarayoni boshlanadi. Ushbu kitobning asosiy 
maqsadi sizning mas'uliyatingizni anglash va qabul qilishga yordam 
berishdir.
Har qanday jismoniy kasallik faqat ruhning davolanmagan 
jarohatlari tufayli yuzaga kelgan og'riqning aksidir.
Albatta, agar sizda og'ir azob va og'riq keltiradigan jarohatlar bo'lsa, 
davolanish uchun zarur bo'lgan kuchni faqat o'zingizdan olishingiz 
kerak. Og'ir jarohatni erta bolalikdan beri boshdan kechirayotgan 
og'riq va ko'pincha chiqish yo'li va yechimini topa olmasdan boshdan 
kechiradigan ojizligingiz bilan aniqlash mumkin. Shuningdek, siz 
o'zingizning yaqinlaringizdan ko'ra ko'proq azob chekayotganingizni 
his qilishingiz mumkin, va, sizga hech kim va hech narsa yordam 
bera olmasligiga ishonchingiz komil. 
Tunnel oxiridagi yorug'likni ko'rish siz uchun qiyin. Men ko'p marta 
aytdimki, rad etish jarohati eng og'riq keltiradi va shuning uchun 


149
odamlar ko'pincha o'z azoblarini inkor etadilar va buni his qilishni 
xohlamaydilar. Afsuski, ular bitta haqiqatni bilishmaydi: ular o'z 
tajribalarini qanchalik ko'p bostirishsa, oxir-oqibat ularni bosib olgan 
og'riq shunchalik kuchli bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan, bu obsesif 
qo'rquv, shuningdek, jiddiy sog'liq muammolari shaklida o'zini 
namoyon qiladi. 
Agar sizda azob-uqubat va og'riq keltiradigan og'ir jarohatlar bo'lsa, 
bu siz ularni bir necha hayot davomida rivojlantirganingizni 
anglatadi. Va har bir hayotda sizning qalbingiz jarohatlar tuzalib 
ketishiga umid qiladi, ammo siz o'z egoingizga hayotingizni 
boshqarishga ruxsat bersangiz, bu sodir bo'lmaydi. Va bu har bir 
kishida jarohatlar kuchayishining asosiy sababidir. Agar siz 
infektsiyalangan yarani parvarish qilmasdan bint ostida yashirsangiz, 
vaqt o'tishi bilan u ham xavfliroq bo'ladi. 
Dardingiz qanchalik kuchli bo'lsa, unga qarshi turish va yana 
hayotingizning xo'jayini bo'lish uchun sizdan shunchalik jasorat, 
kuch, qat'iyat va matonat talab qilinadi. Asosiy bosqich - qaror qabul 
qilish. Keyin, ba'zida jasorat yetishmasa ham, agar siz haqiqatan ham 
hayotingiz sifatini yaxshilashni istasangiz, sizni maqsadingizga olib 
boradigan yo'lni topishingiz kerak. Bir kuni qayerga borishni 
xohlayotganingizni aniq eslab, ichki kuchingiz bilan qayta 
bog'lanishingiz mumkin bo'ladi.
Ushbu bobni o'qib chiqqach, men quyidagilarni hayotimga tatbiq 
etishga qaror qildim: ____________________


150

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling