Lizosoma – hujayraning dastlabki moddalar almashinuv jarayoni kechadigan qismi bo’lib, uni 1955-yilda Kristian de Dyuv kashf etgan. U barcha eukariot hujayralarda (eritrositlar bundan mustasno) uchraydi, prokariotlar hujayrasida lizosoma mavjud emas. Lizosoma yetishmasligi bilan bog’liq 50 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjudligi aniqlangan.