_________________ _________________
16
18.2 Agar xavflar lizing beruvchidan lizing oluvchiga oʻtadigan
vaqt lizing shartnomasida
belgilangan boʻlmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqa (topshirish-
qabul qilish)dan eʼtiboran oʻtadi.
18.3 Agar taklif etilgan lizing obyekti lizing shartnomasiga
mos kelmasa va bu lizing
oluvchiga lizing obyektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf
etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing obyektini olgunga
qadar barcha xavflar lizing
beruvchi zimmasida boʻladi.
19. Shartnoma tugatilganda lizing obyektining taqdiri
19.1 Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng, lizing oluvchi tomonidan
ushbu shartnomada nazarda tutilgan lizing toʻlovlarining toʻliq summasi va lizing obyektining
sotib olish bahosining toʻlanishi sharti bilan lizing obyektiga egalik huquqi lizing oluvchiga
oʻtadi.
Taraflar
lizing
obyektining
sotib
olish
qiymati
______________________________________________ soʻmni
tashkil qiladi degan
kelishuvga kelishdi.
19.2 Lizing oluvchi ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ___-son
ilovaga muvofiq belgilanadigan lizing toʻlovlarining toʻliq summasi va lizing obyektini sotib
olish bahosini toʻlash huquqiga ega. Bunda lizing beruvchi lizing oluvchidan muddatidan oldin
toʻlovlar uchun haq talab qilish huquqiga ega emas. Lizing
oluvchi tomonidan lizing
toʻlovlarining toʻliq summasi va lizing obyektini sotib olish bahosi muddatidan oldin toʻlangan
taqdirda, lizing obyektiga egalik huquqi lizing oluvchiga oʻtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: