Dt «Pul mablag`lari» 50000
Dt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 50000
Agar ijara muddati tugagach, asosiy vosita uning egasiga qaytarilsa, bunday xo`ja-lik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Dt «Asosiy vositalarni sotilishi yoki boshqa
sabablarga ko`ra chiqib ketishi» 50000
Kt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 50000
Ijaraga beruvchida joriy ijara hisobi
Joriy ijara sharoitida mulk huquqi ijaraga oluvchiga o`tmasligini hisobga olgan holda ijaraga berilayotgan uskuna ijaraga beruvchining balansidan chiqarib yuborilmaydi.
2-misol. Kompaniya o`ziga vaqtinchalik kerak bo`lmay turgan foydalanish muddati 8 yil bo`lgan uskunani 12 oy muddatga boshqa korxonaga ijaraga berish to`g`risida shartnoma tuzdi. Uskunaning dastlabki bahosi 720000 so`m, ijaraga berish kunigacha to`g`ri usulda hisoblangan eskirish summasi 180000 so`m.Ijara mud-dati ichida uskunani ijaraga olgan tashkilot uning egasiga asosiy vositaning yil boshidagi qoldiq qiymatidan yillik 24 % miqdorida to`lov to`laydi.
Ijaraga berilgan uskunalar uchun foiz ko`rinishidagi daromad kuti-layotganda oyma oy quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
(600000 x 24 % : 100 % = 144000 : 12 oy = 12000 so`m)
Do'stlaringiz bilan baham: |