Lizingga sotish
Download 15.52 Kb.
|
Amaliy topshiriq (1)
Lizingga sotish. Korxona “Sotuvchi” MCHJdan 25.02.2012 yil 240 000 000 uskuna sotib oldi. Shartnomaga ko’ra uskunani tashib keltirish korxonaning o’zining zimmasida. Uskuna uch qismdan iborat. Uni tashib keltirish uchun transport xizmatlarini ko’rsatishni har resini 500 000 so’m qilib belgiladi. Hamda korxonaning uskunasini 3 reys qilib olib keldi. Transport xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonadan faktura olindi. Uskunani o’rnatishga xodimlarga 5 000 000 so’m ish haqi hisoblandi. Transport xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonaga kreditorlik qarz o’rkazib berildi. “Sotuvchi” MCHJga kreditorlik qarz o’tkazib berildi. Xodimlarga ish haqi o’tkazib berildi. Ish haqidan hisoblangan daromad solig’I hamda INPS o’tkazib berildi. Uskunani o’rnatishdagi xodimlarga ijtimoiy soliq hisoblandi. Hisoblangan ijtimoiy soliq to’lab berildi. Uskunani o’rnatish jarayonida 2 000 000 so’mlik material sarflandi. Uskunani o’rnatish uchun sarflangan elektr uchun faktura olindi. 01.04.2012 yil uskuna asosiy vosita sifatida qabul qilindi. Uskunaning xizmat muddati 10 yil qilib belgilandi. Hamda uskunaga amartizatsiya hisoblashni to’g’ri chiziqli usuli tanlandi. Uskuna 01.01.2013 yilga 1.1 koeffetsentda, 01.01.2014 yilda 1.15 koeffetsentda, 01.01.2015 yilda 1.18 koeffetsentda, 01.01.2016 yilda 1.2 koeffetsentda qayta baholanib borildi. Korxona tomonidan uskuna 30.09.2016 yilda “LIZING” MCHJga 3 yil muddatga teng to’lab berish sharti bilan 180 000 000 so’mga lizingga sotildi. Uskunani yetkazib berish korxonaning o’z zimmasida qoldi. Korxona uskunani yechib taxlash uchun xodimlarga 3 000 000 so’m ish haqi hisobladi. Xodimlarga ijtimoiy soliq hisoblandi. Transport xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonadan uskunani yetkazib berganligi uchun 2 000 000 so’mga faktura olindi. Ish haqidan daromad solig’I hamda INPS hisoblandi. Hisoblangan daromad solig’I hamda INPS to’lab berildi. Transport xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonaga kreditorlik qarz o’tkazib berildi. Xodimlarga ish haqi to’landi. “Lizing” MCHJ to’lovlarni har oyning oxirgi ish kunida to’lab beradigan bo’ldi. Korxona shu tartibda lizingning jariy to’lovlarini tan oldi hamda daromad sifatida tan olishni boshladi. Korxona tomonidan birinchi yil uchun lizing to’lovi qisqa muddatli kechiktirilgan daromad sifatida tan olindi. “Lizing” MCHJdan 30.10.2016 yilda birinchi oy uchun to’lov kelib tushdi. Eslatma: jismoniy shaxlardan olinadigan daromad so’lig’I stavkasi 12 %, INPS 0.1 % hamda ijtimoiy soliq 12% deb qaralsin. Asosiy vositalarni boshlang’ich hamda jamlangan amartizatsiya so’mmalari hisobdan chiqarilsin. Download 15.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling