Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat. Sog‗lomlashtiruvchi jismoniy
madaniyat shakllari quyidagicha bo‗ladi: - tiklanish; - umumiy tayyorgarlik; - gigienik; - davolash. Tiklanish yo‘nalishi. Tiklanish – madaniy hordiq chiqarish shakllaridan bo‗lib, ish vaqtidan so‗ng quvvatni tiklashga qaratilgan. Jismonan tiklanishda quvvatni jismoniy vositalar yordamida tiklashni ko‗zda tutadi. Keyingi yillarda 30 faol dam olish jarayonlarida oddiy jismoniy mashqlardan rohatlanish, maroqli dam olish va muloqat qilish maqsadida foydalanish keng ommaviylashib bormoqda. Inson o‗zi uchun faqat zarur bo‗lgan jismoniy mashqlar va harakatlar bilan birga rohatlanuvchi mashqlar va o‗yinlar bilan shug‗ullanishga ham ruhan istagi bo‗ladi. Bulardan har hil shakldagi harkatli va sport o‗yinlari, turizm va sayohatlar, ov va baliq ovini ta‘kidlash mumkin. Umumiy tayyorgarlik yo‘nalishi. Bu o‗ynalishdagi mashg‗ulotlarda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi, jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalari takomillashtiriladi. Tiklanish mashqlariga nisbatan umumiy tayyorgarlik mashg‗lotlari muntazam tashkil etilishi, ma‘lum bir uslublarga va qoidalarga rioya qilish talab etiladi. jismoniy yuklamalar me‘yori organizmni rivojlantirishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Oddiy va engil jismoniy mashqlar organizmga etarli darajada ta‘sir ko‗rsata olmasligi mumkin. SHunga qaramay jismoniy yuklamalar shug‗ullanuvchilarni charchatib qo‗ymasdan balki, keyingi ish kuniga yaxshi dam olgan holda bo‗lishni ta‘minlash kerak. Gigienik yo‘nalish. Gigienik yo‗nalishda organizm salomatligini ta‘minlash nazarda tutiladi. Tana gigienasi doimo yuvinib yurish, tishlarni tozalash, tana a‘zolarini toza tutish bilan birga jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish tavsiya etadi. Gigienik sog‗lomlashtiruvchi mashqlar ertalabki badan tarbiya mashqlari bilan shug‗ullanish, kun davomidagi erkin harkatlar va jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish, oqshomdagi toza havodagi sayrlardan iborat bo‗ladi. Davolash yo‘nalishi. Davolash (reabilitasiya) – kasalliklar va jarohatlar salbiy oqibatlarini davolash va bartaraf etishga qaratilgan muolajalardir. Jismonan davolash organizm funksiyalarini tiklash, organizmda kasalliklar va jarohatlar tufayli hosil bo‗lgan salbiy o‗zgarishlarni davolashda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishni ko‗rsatadi. Davolash jismoniy madaniyatining o‗ziga xos xususiyati tirik organizm uchun muhim bo‗lgan jismoniy harakatlardan davo sifatida foydalanish. Jismoniy mashqlar organizmda kechadigan fiziologik jarayonlarni kuchaytiradi. Kasallarni jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishi reja asosida 31 jismoniy mashqlar bajarish yordamida organizm umumiy holatini yaxshilash, kasalliklar tufayli buzilgan faoliyatlarni tiklash, organizm ichki himoya kuchlarini ortirish, harakat va iroda sifatlarini rivojlantirishni ta‘minlashga qaratilgan. Davolash mashg‗ulotlari shifokor yoki mutaxassis nazoratida tashkil etilishi kerak. Davolash jismoniy mashqlari bilan shug‗ullanishda jismoniy tarbiyaning xususiylashtirish va jismoniy yuklamalarni sekin asta ortirib borish tamoyillardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ko‗plab kasalliklarda jismoniy tarbiya vositalaridan davolash mashqlari sifatida keng foydalaniladi. Ba‘zi kasalliklarda va og‗ir holatlarda davolash jismoniy mashqlar bilan bir oz muddat shug‗ullanmaslik tavsiya etiladi. Kasallikdan tuzalib borish holatlariga qarab davolash jismoniy mashqlar bilan shug‗ullnishni davom ettirish mumkin. Sport. Jismoniy madaniyat jarayonlarining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyatning ko‗plab funksiyalari sport uchun ham tegishlidir. SHunga qaramay sport mustaqil soha sifatida o‗z yo‗nalishi va maqsad, vazifalariga ega. SHuning uchun jismoniy madaniyat va sport atamasi bog‗liq holda keng ishlatiladi. Jismoniy madaniyatga aloqador sport turlarida jismoniy harakatlar bajarish, jismoniy fazilatlarni hamda harakat malaka va ko‗nikmalarini namoyon qilish mumkin. SHashka, shaxmat, radiosport, aviamodel sporti, dronlar sporti kabi texnik sport turlarida jismoniy harakatlar bo‗lmasligi uchun bunday sport turlari jismoniy madaniyat sohasi bo‗lib hisoblanmaydi. Jismoniy madaniyat va sport mashg‗ulotlarining maqsadlari ham bir biridan farq qiladi. Sport mashg‗ulotlarining maqsadi – sport turi bo‗yicha yuksak natijaga erirish bo‗lib hisoblansa, jismoniy madaniyatning maqsadi – sog‗likni mustahkamlash, hayotiy zarur harakat malaka va ko‗nikmalarini takomillashtirishdan iborat bo‗ladi. Dunyoda keng ommalashgan barcha sport turlari bellashuv shakllari hamda sport harakatlari uslublariga ko‗ra quyidagicha taqsimlanadi: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling