Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


III. Bob. Pedagogik valeologiyaning asosiy nazariy mazmuni


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

III. Bob. Pedagogik valeologiyaning asosiy nazariy mazmuni 
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari organizmga kuchli, murakkab va 
turli shakldagi ta‘sirlar ko‗rsatadi. To‗g‗ri tashkil etilgan hamda uslubiy 
tamoyillarga rioya qilingan mashg‗ulotlar yordamida organizm sog‗ligini 
mustahkamlash, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarlik va 
ishchanlik qobiliyatini ortirish mumkin bo‗ladi. Jismoniy tayyorgarlik 
xususiyatlarini, sog‗lik darajasini hisobga olinmagan mashg‗ulotlar va 
mashg‗ulotlarda tibbiy nazoratni hamda o‗z o‗zini nazorat qilishni tashkil 
etilmasligi kutilgan natijalarni bermasligi va shug‗ullanuvchilar sog‗ligida salbiy 
o‗zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin. 
SHifokor nazorati – jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarida 
shug‗ullanuvchilar organizmiga jismoniy yuklamalarning salbiy ta‘sirlarini tahlil 
etuvchi tibbiyot sohasi bo‗lib hisoblanadi. SHifokor nazoratining maqsadi: 
shug‗ullanuvchilar organizmi salomatligini mustahkamlash, jismoniy fazilatlarni 
va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirsh va sportda yuksak natijalarga 
erishishda jismoniy tarbiya va sport vositalaridan samarali foydalanish 
jarayonlarini tashkil etishdan iborat.
SHifokor nazorati quyidagi shakllarda tashkil etiladi: 

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchilar shifokor nazorati; 

O‗quv trenirovka jarayonlari va sport musobaqalarining tibbiy pedagogik 
nazorati; 

Sportchilarga dispanser davolash muolajalari xizmatini ko‗rsatish; 

Musobaqalar, ommaviy jismoniy tarbiya va sog‗lomlashtirish tadbirlarining 
tibbiy sanitariya ta‘minotini tashkil etish; 

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda jarohatlanishlar va 
kasalliklarni oldini olish, jismoniy yuklamalarning organizmga salbiy ta‘sirlarini 
bartaraf etish; 

Sport musobaqalari va jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari joylarining 
sanitariya – gigienik nazoratlarini tashkil etish; 

Jismoniy tarbiya va sportga oid muammolarni muhokama etishda shifokor 


36 
maslahati; 

Sog‗lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport, sog‗lomlashtirish tadbirlari 
hamda turizmni ommaviylashtirish, targ‗ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish. 
SHifokor nazoratining asosiy shakli – jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‗ullanuvchilar organizmi sog‗ligini, jismoniy rivojlanish va jismoniy 
tayyorgarlik darajalarini to‗liq tibbiy tahlil qilishdan iborat. SHifokor nazorati – 
dastlabki nazorat, takroriy nazorat va qo‗shicha nazorat turlariga bo‗linadi. 
Dastlabki nazorat – jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga 
kirishishdan avval tashkil etiladi. Dastlabki tibbiy nazoratda jismoniy tayyorgarlik 
va sog‗ligining holatiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarga qo‗yish 
masalalari hal etiladi; 
Takroriy nazorat – jismoniy yuklamalarning hajmi va jadalligini, jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchilar organizmiga berayotgan ta‘sirlarini tahlil 
etish, buning natijasida o‗quv trenirovka jarayonlari rejalariga o‗zgartirishlar 
kiritish. 
Qo‘shimcha nazorat – sport musobaqalardan oldin, o‗tkazilgan kasalliklar va 
jarohatlanishlardan hamda mashg‗ulotlarni uzoq muddat to‗xtatib qo‗ilgandan 
so‗ng o‗takziladi. 
Tibbiy nazorat o‗z ichiga quyidagilarni oladi: 
1. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchilar bilan umumiy va xususiy 
suhbat o‗tkazish. 
2. Tana tuzilishini tashqi ko‗rigi. 
3. Antropometrik o‗lchovlar o‗tkazish. 
4. Organizm funksional tizimlari va organlar faoliyatini tekshirish. 
5. Jismoniy yuklamalar ta‘sirida yurak qon tomir tizimi faoliyati, yurak urishlar 
soni, qon bosimi va nafas olish tartibini tahlil etish. 
Tibbiy nazoratni shifokor terapevtlar va sport tibbiyoti mutaxassislari 
o‗tkazadilar. Zarurat bo‗lganda boshqa mutaxassis shifokorlar taklif etiladi, 
rentgen va laborotoriya tekshirishlari o‗tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari bilan o‗quv reja asosida 


37 
shug‗ullanyotgan oliy ta‘lim muassasalarining barcha talabalari tibbiy nazoratdan 
o‗tishlari shart. Dastlabki tibbiy nazorat natijalariga muvofiq shifokor, 
talabalarning jismoniy tayyorgarligi va sog‗ligining holatiga ko‗ra tibbiy 
guruhlarga saralaydi. Tibbiy guruhlar aossiy, tayyorlov va maxsus guruhlarga 
bo‗linadi. 
Asosiy guruhga sog‗ligida nuqson bo‗lmagan, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka 
ega bo‗lgan, organizm funksional imkoniyatlari etarli darajada rivojlangan
talabalar kiritiladi. Bu talabalar jismoniy tarbiya dasturida keltirilgan o‗quv 
materiallarining to‗liq hajmini o‗zlashtirishlari, sport turining biror shakli bilan 
sport to‗garaklarida shug‗ullanishi, sport musobaqalari va ommaviy jismoniy 
tarbiya va sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.
Tayyorlov guruhiga vaqtinchalik kasal bo‗lgan, umumiy sog‗ligida 
nuqsonlarga ega bo‗lmagan, lekin etarli darajada jismoniy rivojlanishga va 
jismoniy tayyorgarlikka ega bo‗lmagan talabalar kiritiladi. Bu guruh talabalari 
bilan jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari jismoniy tarbiya dasturi asosida keltirilgan 
o‗quv materiallari bo‗yicha tashkil etiladi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida 
talabalarning shaxsiy xususiyatlari va jismoniy tayyorgarliklari hamda organizm 
funksional holatiga muvofiq xususiy yondoshishi tavsiya etiladi. 
Maxsus guruh a‘zolari bo‗lgan, organizmida tabiiy yoki ortirilgan 
nuqsonlarga ega bo‗lgan, surunkali kasalliklari mavjud bo‗lgan o‗quv 
mashg‗ulotlarida ishtirok etishga tavsiya etilgan talabalar kiritiladi. Bu guruh 
talabalari 
jismoniy 
tarbiya 
dasturining 
maxsus 
ko‗rsatmasi 
asosida 
mashg‗ulotlarda ishtirok etadilar. Mashg‗ulotlarda shaxmat va shashka o‗yinlari 
o‗tkazish, engil harakatli o‗yinlarda ishtirok etish, piyoda safarlar, toza havoda 
chiniqtirish muolajalari o‗tkaziladi. Tayanch harakat apparati nuqsonlari va 
kasalliklari mavjud bo‗lgan talabalar bilan maxsus davolash jismoniy mashqlari 
bilan shug‗ullanish tavsiya etiladi. 
Talabalarni sog‗ligi va jismoniy rivojlanishlari hamda funksional 
imkoniyatlarini takomillashib borishi natijasida hamda kasalliklardan tuzalishi 
bo‗yicha shifokor tavsiyasi bilan boshqa guruhlarga o‗tishlari mumkin. 


38 
Sport to‗narakalrida shug‗ullanuvchi va sport musobqalarda ishtirok etuvchi 
talabalar qo‗shimcha tibbiy nazoratdan o‗tishlari taklif etiladi. Marofan va uzoq 
masofaga yugurishlar, sportcha yurish, ko‗p kunlik velopoyga ishtirokchilari 
musobaqalardan oldin tibbiy nazaortdan o‗tishlari shart. Kurashchilar va 
bokschilarni musobaqalardan oldin tana vazni o‗lchangandan so‗ng tibbiy 
nazaoratdan o‗tkaziladi. Spor o‗yinlari musobaqalari ishtirokchilari tibbiy nazorati 
musobaqalardan oldin tashkil etilib, olti oy davomida musobaqalarda ishtirok 
etishga ruxsat beriladi. 
Dastlabki tibbiy nazorat natijalariga muvofiq talabalar oliy ta‘lim 
muasssasida o‗tkaziladigan sport sog‗lomlashtirish va ommaviy jismoniy tarbiya 
tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin. Talabalarni o‗z vaqtida tibbiy nazoratlardan 
o‗tishini ta‘minlashda oliy ta‘lim muassasasi jismoniy tarbiya rahbari, jismoniy 
tarbiya o‗qituvchilari, sport murabbiylari, oliy ta‘lim muassassasi shifokori va 
rahbariyati hamkorlikda ish olib boradilar. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling