Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


O‘simliklar kletchatkalari –


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

O‘simliklar kletchatkalari – uglevodlardan hisoblanib, sabzavotlar, 
mevalarda va don maxsulotlarining qobig‗ida bo‗ladi. Ular ozuqa moddalarini 
o‗zlashtirilishi hamda ularning hazm qilish organlari bo‗ylab siljishiga, zaharli 
moddalarni organizmdan chiqarilishiga yordam beradi. O‗simliklar kletchatkalari 
bakterisid xususiyatlarga ega bo‗lib, uni organizmda etishmovchiligi ko‗plab 
kasalliklarni kelib chiqishiga olib keladi.
Mineral moddalar - noorganik moddalar bo‗lib, organizm barcha to‗qimalari 
tarkibiga kiradi. Mineral moddalar suv kabi energiya manba‘i bo‗lib 
hisoblanmasada, organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. 
Ular muskul qisqarishlarida, qon ivishida, oqsillar sintezida, nerv impulslarini 
uzatilishida zarur bo‗ladi. Ba‘zi mineral moddalar bir biri bilan birikishida tuzlar 
hosil qiladi. Mineral tuzlardan organizmda kal‘siya va fosfor tuzlari ko‗plab, 
kamroq hajmda magniy, kaliy, oltingugrt. xlor, temir va yod tuzlari uchraydi. Oziq 
moddalari tarkibida organizmga etarli darajada mieral tuzlari kiradi, faqat natriy 
tuzi osh tuzi shaklida ovqatlarga qo‗shilish bilan istemol qilinadi.
Vitaminlar – minimal miqdorda organizmda moddalar almashinuvida 
ishtirok etish uchun zarur bo‗lgan organik birikmalar. Vitaminlar organizmda 
sintez qilinmaydi ba‘zi vitaminlar esa juda kam miqdorda sintez bo‗lishi mumkin. 
Vitaminlar to‗qimalar tarkibiga kirmaydi va quvvat manba‘i bo‗lib hisoblanmaydi. 


55 
Erish xususiyatlariga muvofiq vitaminlar yog‗da eriydigan A, D, E va K 
vitaminlarga, va suvda eriydigan B1, B5, B6, B12, PP, C vitaminlarga bo‗linadi. 
Vitamin so‗zi «vita» - hayot ma‘nosini beradi. Organizmda bir vitamin yoki bir 
necha vitaminlarning etishmovchiligi ishchanlikni kamaytiradi va toliqishlar 
keltirib chiqaradi. SHunga qaramay orgnizmda vitamin etishmovchiligidagi salbiy 
holatlar vitamin ortib ketishida ham sodir bo‗lishi mumkin. 
Mineral moddalar bilan vitaminlar insonnning butun umri davomida organlar 
faoliyatida muhim vazifalarni bajarib, ishchanlik qobiliyatini yuqori darajada 
bo‗lishini, navqironlikni va kelishgan qomatni, go‗zallikni ta‘minlaydi. Sifatli 
ovqatlanishda hech qanday biologik qo‗shimchalar, vitaminlar va mineral 
moddalarga organizm ehtiyoj sezmaydi. 
Homilador onalar va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor insonlar hamda 
jismonan va aqliy zo‗riqish talab etadigan kasb egalari ozuqa maxsulotlariga 
qo‗shimchalar kiritish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sog‗likni mustahkamlashda 
ozuqa moddalarining kaloriyasi muhim o‗rin tutadi. Tibbiyot sog‗likni saqlash 
uchun bir knda 1800-2000 kkal ega bo‗lgan ozuqa moddalarini 4-5 mahal iste‘mol 
qilishni tavsiya etadi. Jismoniy va aqliy zo‗riqish talab etadigan yosh va o‗rta yosh 
mutaxassislar ovqatlanish rasionida quvvvatlarga boy maxsulotlar asal, mag‗izlar, 
sabzavot va mevalar, go‗sht, tuxum, baliq va sut maxsulotlari bo‗lishi kerak. 
To‗g‗ri ovqatlanishning asosiy tamoyillari: 

Har hil taomlar iste‘mol qilish; 

Ozuqa moddalarida sabzavotlar va mevalarning ko‗p bo‗lishi; 

Hayvon yog‗lari – sariyog‗, yog‗li go‗shtlar va qovurilgan ovqatlar 
iste‘molini kamaytirish. Ular o‗rniga yog‗siz go‗sht, baliq va yog‗siz sut 
maxsulotlari iste‘mol qilish; 

SHakar va tuzni hamda dudlangan va konserva maxsulotlarini kam darajada 
iste‘mol qilish; 

Alkogol ichimliklardan voz kechish; 

Har hil parxezlarni o‗z bilgicha qo‗llamaslik. 
Ozuq maxsulotlari, ovqatlanish tartibi va shakllari, parxezlar bo‗yicha ko‗plab 


56 
takliflar mavjud. SHuni esda tutish kerakki ozuqa moddalari har hil bo‗lishi kerak. 
Vitaminlar va mineral moddalarga boy bo‗lmagan ozuqa moddalari organizm 
ishchanlik qobiliyatini va kasalliklarga umumiy chidamliligini kamayib ketishiga 
olib keladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling