Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narkomaniya
Alkogol’ (etil spirti) – tirik organizmni zaharlovchi modda bo‗lib hisoblanadi.
Alkogol‘ ichimliklari ichish organizmda har hil kasalliklarni chaqirib, sog‗likda salbiy o‗zgarishlar bo‗lishiga, aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini keskin kamayishiga olib keladi. Alkogol‘ organizm barcha a‘zolariga so‗rilib, ular faoliyatini buzadi. Hujayrada kislorod va suvni so‗rib, to‗qimani emiradi, har hil kasalliklarni avj olishiga zamin yaratadi. U dastlab bosh miyada to‗planib nerv tizimini zaharlaydi. Kislorod etishmovchiligidan bosh miya po‗stlog‗i hujayralari nobud bo‗ladi, natijada xotira va fikrlash qobiliyati pasayadi. Spirtli ichimliklar iste‘mol qiluvchilarda jigar, markaziy nerv, yurak qon tomir tizimi, ovqat xazm qilish va nafas olish organlari hamda boshqa ichki a‘zolar kasalliklari ko‗p uchraydi. Bu bilan organizmning yuqumli va shamollash kasalliklariga qarshiligi hamda intellekt va aqliy qobiliyatlari pasayadi. Spirtli ichimliklar oilaviy jinsiy hayot tarziga ham, inson iroda sifatlarini rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatib, ma‘naviy va axloqiy buzuq sifatlar namoyon bo‗lishiga olib keladi. Jinoiy ishlarning ko‗pchiligi, avto falokatlar mast holda sodir etiladi. Alkogol‘ ichimliklar iste‘molidan voz kechish orgnizmni sog‗lom bo‗lishiga, o‗qishda va kasbiy faoliyatda muvoffaqiyatlarga erishishga garov bo‗la oladi. Narkomaniya – inson ruhiy va jismoniy zaiflashuviga sabab bo‗lib, uni nogiron bo‗lib qolishga olib keladi. Narkotik moddalarni oz miqdorda qabul qilish ham organizmga nobud qiluvchi ta‘sir ko‗rsatib, og‗ir kaslliklarga chalintiradi. Narkotik moddani qabul qilish organizmda vaqtinchalik hushkayfiyat – eyforiyani chaqirsada, keyin karaxt bo‗lib qolish, fikrlash va harakatlanishni buzilishi, tashqi dunyoni qabul qilish sezgilarini izdan chiqishiga olibkeladi. Narkotik qabul qilishda organizm sekin asta kuchli zaharlinishga duchor bo‗ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati keskin kamayib ketadi, iroda susayadi, mas‘uliyat va burch tushunchalari yo‗qoladi. Narkomanlarning sog‗ligi zaiflashuvi bilan birga ongi, shaxs sifatlariga putur etadi. Ularning ko‗pchiligi og‗ir jinoyatlar 59 va o‗z joniga suiqasdlar yoki narkotik moddalarni haddan ortiq ko‗p qabul qilish bilan hayotini bevaqt yakunlaydilar. YOshlarda narkotik moddalarga o‗rganish, narkomanlarni ta‘siriga tushib qolish, bir marta sinab ko‗rish bilan boshlanadi. Natijada tez orada narkotikka bog‗lanib qolib, hayotini ular qatori besamar tamomlaydilar. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling