Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy faollik – inson jismoniy harakatlarga ehtiyoj bilan tug‗iladi. 
Muskllar qisqarishi bilan jismoniy harakatlar bajarish har bir organizmga xos 
bo‗lgan xususiyat. Muskullar inson tanasining 40-45% tashkil etadi. Evolyusion 
rivojlanishlar shuni ko‗satadiki, muskullar faoliyati inson hayot faoliyati 
jarayonlarini boshqarishning asosiy omiliga aylangan. Jismonan faolillikni 
organizmga ta‘sirining fiziologik asoslari motor-visseral reflekslar bo‗lib 
hisoblanadi.
Faoliyat ko‗rsatayotgan muskullarda hosil bo‗layotgan nerv impulslari 
organlar va funksional tizimlar faoliyatlarini jadallashtiradi. Ular miya faoliyati
funksiyasi va rivojlanishiga, vegetativ nerv tizimi holatiga, yurak qon tomir, nafas 
olish, ovqat xazm qilish va boshqa organlar faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Natijada og‗ir jismoniy harakatlar bilan bir qatorda aqliy yuklamalarni bajarish 
qobiliyatlari ortadi. YAxshi jismoniy rivojlangan organizm ko‗p zaxiralarga ega 
bo‗lish bilan birga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarga ham ega bo‗ladi. 
Faoliyat yakunlangadan so‗ng esa tiklanish jarayonlari tez va yaxshi kechadi. 
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish organizm ikmoniyat 
darajalarini ortirib boradi. Jismoniy rnivojlangan organizm gipoksiyaga, 
gipokineziyaga, ob havoni keskin o‗zgarishlariga, asabiylik omillariga, silkinish, 
chayqalish va boshqa salbiy holatlarga chidamli bo‗ladi. Aqliy mexnat hodimlari 
kam harakatlik ish bajarish natijasida muskullar tizimi yaxshi rivojlanmagan 
bo‗ladi. Tayanch harakat apparati passivligi munosabati bilan unda MNT 
uzatilayotgan nerv impulslari kamayib ketadi, natijada mukullar tonusi pasayib 
ketadi va barcha organlar hamda tizimlar fnuksional imkoniyatlari kamayib boradi. 
Har hil kasalliklarni vujudga kelishi, moddalar almashinuvini yomonlashuvi, tan 
vaznin ortib ketishi va yog‗ qatlamlarini hosil bo‗lishi kuzatiladi. 


60 
Harakat faoliyati hajmini rejalashtirishda, sog‗likni, shaxsiy xususiyatlarni, 
o‗qish va kasbiy faoliyatda jismoniy harakatlarning shakli va xususiyatlarini 
hisobga olish kerak. Sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonlarining asosini 
muntazamlilik, bajara bilish va izchillik tamoyillari tashkil etadi. Jismoniy tarbiya 
jarayonlari ta‘sirini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlash va ortirib borish uchun 
mashg‗ulotlar muntazam tashkil etilishiga qat‘iy rioya qilish kerak. Jismoniy 
fazilatlarni rivojlantirishda bu uslub muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Jismoniy 
mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish organizm moslashuv jarayonlari – YUUS, 
nafas olish chastotasi, qon aylanishi jarayonlarini tezlashtirib, jismoniy 
yuklamalarga organizm adaptasiya imkoniyatlarini yaxshilaydi. 
Jismoniy tarbiyada bajara bilish uslubi jismoniy yuklamalarga bir qator 
talablarni qo‗yadi: jismoniy yuklamlar miqdori va hajmi, jadalligi, jismoniy 
mashqlar shakllari, murakkabligi shug‗ullanuvchilar yoshi, jismoniy tayyorgarligi, 
sog‗ligi va organizm funksional imkoniyatlariga muvofiq bo‗lishi kerak. 
Jismoniy tarbiya jarayonlarida ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning 
asosiy tamoyillardan biri izchillik tamoyili bo‗lib hisoblanadi. Izchillik tamoyili 
harakat malaka va ko‗nikmalarni takomillashtirishga, jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan bo‗ladi. Jismoniy tayyorgarlikda umumiy chidamlilik, 
jismoniy kuch, kuch chidamliligi, tezkor kuch, chaqqonlik va egiluvchanlik 
fazilatlari muhim sifatlar sanaladi. CHidamlilik sog‗lomlik ko‗rsatkichi bo‗lib, 
salomatlikning asosiy ko‗rinishlari bo‗lgan ishchanlik, kasalliklarga va asabiy 
zo‗riqishlarga chidamlilikni belgilaydi. Umumiy chidamlilik asosan siklik 
mashqlar: yurish, yugurish, velosipedda uchish, suzish mashqlari bilan 
rivojlantiriladi. Bu fazilatni rivojlantirishda ochiq havoda o‗tkaziladigan 
mashg‗ulotlarning ahamiyati katta bo‗ladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling