Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
CHiniqtirish – atrof muhitning sovuq va issiq haroratiga, quyosh
radiasiyalariga, atmosfera bosimining pasayishiga organizm chidamliligini ortirishga qaratilgan tadbirlar bo‗lib hisoblanadi. CHiniqtirish organizmni shamollash va yuqumli kasalliklarga chidamliligini ortirishda muhim ahamiyatga ega. CHiniqtirish muolajalarini qabul qilishda ham muntazamlilik, sekin astalik, shuxsiy xususiyatlarni hisobga olish, turli vositalardan foydalanish, izchillik, o‗zini nazorat qilish tamoyillaridan foydalanish tavsiya etiladi. 62 Muntazamlilik tamoyili chiniqtirish muolajalarini doimo tashkil etishni taklif etadi. CHiniqtirish muolajalarni qoldirilishi organizm chidamliligin susaytirib yuborishi mumkin. 2-3 hafta davomida chiniqtirish muolajalari qabul qilmaslik, chiniqqanlik samarasini pasaytirib yuboradi. CHiniqtirish muolajalari jarayonida tashqi omillarning ta‘sirini muntazam va sekin asta ortirib borish tavsiya etiladi. SHunda muolajalarga organizmni moslushuvi amalga oshadi. CHiniqtirish muolajalar qabul qilishda va ularning ta‘sirini ortirib borishda inson sog‗ligini, jismoniy tayyorgarliklarini va yosh ko‗rsatkichlarini e‘tiborga olish muhim bo‗lib hisoblanadi. CHiniqtirish muolajalarini qabul qilishda har hil vositalardan samarali foydalanish mumkin. Masalan. Suv muolajalari qabul qilishda quyosh nurlarida toblanish yoki toza havda sayr qilish maqsadga muvofiq bo‗ladi. SHuning uchun ochiq va tabiiy suv xavzalarida suzish mashg‗ulotlari, velosipedda sayrlar, kross yugurishlari, turizm va alpinizm safarlari va sayohatlari organizmga kuchli chiniqtiruvchi ta‘sir ko‗rsata oladi. CHiniqtirish muolajalari qabul qilishda organizm holatini nazorat qilib borish kerak. CHiniqtirish muolajalarining samarali ta‘sirlari uyquning yaxshilanishi, kayfiyatning va ishchanlik qobiliyatini ortishida kuzatiladi. Uyqusizlik, asabiylik va ishchanlik qobiliyatining pasayishi chiniqtirish muolajalarini noto‗g‗ri tashkil etilishida bo‗lishi mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling