Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Ruhiy chiniqtirish: hayotiy voqea – hodisalarning organizm markaziy va
vegetativ nerv tizimiga ta‘sirlari xissiy holatlarda aks etadi. Kuchli xissiy ta‘sirlarda asabiylik, stresslar vujudga keladi. Salbiy ta‘sirlar sifatida oilaviy muammolar, kasbiy faoliyatdagi muammolar, hayotning bir maromda kechmasligi, noo‗rin tuhmat, qattiq qo‗rqinch, o‗kinch, sog‗inch, hayot shaklida keskin o‗zgarishlarni ko‗rsatish mumkin. Bunday stress holatlarga organizm tez moslasha olmasligi organizmda salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Stresslar ham salbiy va ijobiy ta‘sirga ega bo‗ladi. Ijobiy ta‘sirga ega stresslar eustress deb ataladi. Ular organizmni yangi shakldagi shart sharoitlarga moslashishga va ishchanlik qobiliyatini ortirishga katta yordam beradi. Salbiy stress – distress esa asabiylik – nevroz kasalliklarini vujudga kelishining asosiy sababchisi bo‗ladi. 63 Psixologlar ta‘kidlashicha inson ruhiy sog‗ligi hayoti davomida sodir bo‗ladigan hodisalarga emas balki bu hosdisalarga organizmning chidamliligiga bog‗liq bo‗ladi. Optimistik dunyoqarash insonga har qanday qiyinchilikni engishga yordam bersa, pessimistik dunyoqarash esa arzimagan qiyinchiliklarda ham organizmni qiyin holatga solib qo‗yadi. Ruhan tushkunlik, kayfiyatni yo‗qolishi, ishchanlik qobiliyatini pasayib ketishi bilan birga asabiylik kasalliklarini keltirib chiqaradi. Stressning salbiy t‘siri inson o‗ziga ―endi nima bo‗ladi va qanday xavf keladi‖ deb savol berganda ortib ketadi. Agar ―nima qilish mumkin‖ degan savolni qo‗ysa, stressdan qutilish yoki uni echimini topishga imkon yaratiladi. O‗zining ruhiy holatini boshqara olmaydigan insonlar yillar davomida stress holatida yashaydilar. Uzoq vaqt davomida asabiy xissiy zo‗riqishda bo‗lish uyquning buzilishi, ishtahaning yomonligi, tushkun kayfiyat, asabiylashish, bosh og‗riqlari, ba‘zan esa kuchli ruhiy kasalliklarga olib keladi. Stress holatida asabiylashishining oldini olishda maroqli dam olish, sokin uyqu, to‗g‗ri ovqatlanish, muntazam engil jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling