Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Sog‘lik darajasi va uni baholash asoslari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Sog‘lik darajasi va uni baholash asoslari 
Salomatlikni izoxlaydigan ko‗plab tushunchalar mavjud. Ko‗p hollarda 
sog‗lik deganda inson organizmi zaxira quvvatlari tushuniladi. Demak sog‗lik hech 
qanday kasalliklarni organizmda mavjud emasligi va insonning jismoniy 
rivojlanganligi va ma‘naviy ruhiy imkoniyatlari kengligi hamda zaxira quvvatlari 
bilan izoxlanadi. ―Zaxira quvvatlari‖ olimlar ta‘kidlashicha ―Kasal bo‗lmaslikka, 
kasallikda nobul bo‗lmaslikka, uzoq umr ko‗rish, hayotdan rohatlanish, bor 
quvvatni mexnatga sarf etish, atrofdagilar hurmatiga sazovor bo‗lish demakdir‖.
Sog‗likning muhim jihatlaridan biri atrof muhit ta‘sirlariga chidamlilikni 
ta‘minlash. Bunday qobiliyat tug‗ma va ortirilgan malaka va ko‗nikmlar ta‘sirida 
shakllanadi. Ushbu qobiliyat jismoniy tarbiya jarayonlarida ham yaxshi 
rivojlanadi. CHiniqtirish bilan muvofiqlikda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 
organizm fiziologik jarayonlarini takomillashtirib, qizib ketish va sovuq o‗tishi, 
gipoksiya, atmosfera havosining zaharli ta‘sirlariga insonning chidamliligini 
ortiradi, natijada esa ishchanlik qobiliyati ko‗tariladi, kasalliklarga chalinish 
darajasi pasayadi. Muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishda aqliy va 
jismoniy mexnatni bajarishda ruhiy barqarorlik shakllanadi. Jismoniy mashqlar 
bilan shug‗ullanish, organizm zaxira quvvatlarini ortirish bilan birga, atrof muhit 
ta‘sirlariga moslashuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish omillarida biri bo‗lib 


65 
hisoblanadi. 
Inson organizmi funksional tizimlarining zaxira quvvatlari sog‗lik darajasini 
belgilaydi. Salomatlik darajasi sifatida inson organizmi funksional tizimlarining 
ko‗rsatkichlari va ularning faoliyati hamda ijtimoiy farovonlik darajasini ko‗rsatish 
mumkin. YUqori darajadagi salomatlik inson organizmi tizimlarining yuksak 
hayotiy faoliyatini, fiziologik zaxiralarning mavjudligi hamda muvaffaqiyatli 
ijtimoiy va ma‘naviy farovon turmush tarzi olib borishni belgilaydi. Salomatlikni 
baholashda muhim organlar faoliyatining ko‗rsatkichlarini aniqlash ko‗zda tutiladi.
Birinchi guruhga yurak qon tomir va nafas olish tizimi faoliyatining 
ko‗rsatkichlari kiritiladi: 
Ikkinchi guruhga jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik 
va egiluvchanlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi kiritiladi: 
Uchinchi guruhga inson turmush tarzi shakllari kiritiladi: 
To‗rtinchi guruhga immun tizimi va boshqa ichki a‘zolar faoliyatining holati 
kiritiladi. 
Salomatlik darajasini baholash tartibi – har bir guruhga o‗n ballik tizimda ball 
qo‗yiladi. To‗plangan jami balni guruhlar soni – to‗rtga bo‗linadi. Hosil bo‗lgan 
ball salomatlik darajasini belgilaydi. 8-10 ball salomatlik yuqori darajada, 5-7 ball 
sog‗lik yaxshi darajada, 4 balldan quyi ko‗rsatkich sog‗lik darajasi past deb 
baholanadi. 
Salomatlikni baholash yordamida: 

Organizmdagi zaif tizimlarni aniqlash va ularni rivojlantirish, davolashni 
tashkil etish mumkin; 

Salomatlik darajasiga muvofiq sog‗lomlashtirish tadbirlarini rejalashtirish va 
ular ta‘sirini baholash mumkin; 

Hayotga xavf soluvchi kasalliklarni aniqlash va ularni odini olish mumkin. 


66 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling