Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishgan qomatni shakllantirish maqsadi
Faol dam olish maqsadi: ishchanlik qobiliyati tez va to‗laqonli tiklanishida
82 passiv dam olishga nisbatan aktiv dam olishning xizmati katta bo‗ladi. Faol dam olish shakllarini tanlashda mexnat va turmush shart sharoitlarini, charchashlar xususiyatini, jismoniy tayyorgarlik darajasini, jismoniy mashqlar yoki sport turlariga qiziqishlarini hisobga olish kerak. Faol dam olishda bajariladigan jismoniy mashqlar toliqishlar hosil bo‗lgan organlar va tizimlarga hamda muskul guruhlariga qaratiladi. O‗quv kuni yoki mexnat jarayonida faol harakatdan yoki jadal sport mashg‗ulotidan so‗ng dfapol dam olish jarayonlarida qo‗lalanadigan jismoniy mashqlar muskullarni bo‗shashtirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Aqliy va jismoniy zo‗riqishlar bo‗lgan faoliyatdan so‗ng faol dam olish vositasi sifatida musobaqalarda va bellashuvlarda ishtirok etish tavsiya etilmaydi. CHarchoqlarni bartaraf etish va tiklanish vositasi sifatida gigienik gimnastika mashqlari va siklik harakatlarni bajarishga ko‗rsatma beriladi. Bir hil shakldagi o‗qish yoki mexnat jarayonlaridan so‗ng harakatli va sport o‗yinlari bilan shug‗ullanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Kelishgan qomatni shakllantirish maqsadi: talabalik davrida kelishgan qad qomatni shakllantirish har bir talabaning orzusi bo‗lib hisoblanadi. Bo‗y ko‗rsatkichlariga o‗zgartirish kiritish qiyin bo‗lsada gavda tuzilishi – qomatni kelishgan qilib rivojlantirish mumkin. Bo‗y uzunligi irsiy ko‗rsatkchilarga muvofiq bo‗lsada jismoniy mashqlar ayniqsa sport o‗yinlari bilan shug‗ullanish, sog‗lom turmush tarzi olib borish bo‗y uzunligi o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Og‗ir yuklar bilan mashqlar, uzoq masofaga yugurishlar bo‗y uzunligi o‗sishiga ta‘sir ko‗rsata olmaydi. Basketbol, voleybol o‗yinlari sakrash mashqlari esa bo‗yning o‗sishiga sezilarli darajada ta‘sir o‗tkazishi mumkin. Turnikda va shved devorida osilish mashqlari ham bo‗y o‗sini rivojlantiradi. SHu bilan birga osilish mashqlari umurtqa pag‗onasi orlaridagi disklarga tushadigan yuklamalarni bartaraf etishga, to‗g‗ri qomatni shakllanishiga yordam beradi. To‗g‗ri qomat esa bo‗yning o‗sishi va tanani kelishgan bo‗lib ko‗rinishini ta‘minlaydi. Qomatni shakllantirishda muvozanat saqlash mashqlari, osilgan holda statik mashqlar bajarish, tik holda o‗tirib turish, yotgan holda cho‗zilishi mashqlari bajarish mumkin. Kelishgan qomatni rivojlantirishda bosh, bo‗yin, gavda, bel va 83 oyoq muskullarini rivojlantirish mashqlari muhim ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlari yordamida tana tuzilishidagi arzimagan o‗zgarishlarni to‗g‗rilash imkoniyati bor. Qomat tuzilishida salbiy o‗zgarishlarni faqat maxsus davolash mashqlari yordamida davolanadi va to‗g‗rilanadi. Ba‘zi bir sport turlarida bir hil holatdagi harakatlarning ko‗p bajarilishi va bo‗g‗imlarga jismoniy yuklamalarni ko‗p ta‘sir etish oqibatida tana tuzilish, qomat va gavda shakllarida salbiy o‗zgarishlar hosil bo‗lishi mumkin. Velosportchilarning qomatini egilgan bo‗lishi, gimnastikachilarning bo‗yi pastroq va oyoqlar oralari kengroq bo‗lishi, og‗ir atletikachilarda bel bo‗g‗imida siljish holatlari kuzatiladi. Kurashchilar, og‗ir atletikachilar va gimnastlarning orqa va bel muskullarini yaxshi rivojlanganligi, ularning gavdasini egilgan qilib ko‗rsatishi mumkin. Bolalarni sport turlariga berishda ularning qomatini shakllanish darajasiga e‘tibor qaratish kerak. Agar bolalar qomat tuzilishida assimetrik holatlar kuzatilsa stol tennisi, kamondan o‗q uzish kabi assimetrik sport turlari bilan shug‗ullanish tavsiya etilmaydi. Ular simmetrik sport turlari engil atletika, gimnastika, sport o‗yinlari bilan shug‗ullanishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasida skolioz bor bolalarni umurtqa pag‗onasiga yuklama tushadigan sport turlari gimnastika, og‗ir atletika, kurash turlari, sport o‗yinlari bilan shug‗ullanishi ham mumkin emas. Tana vaznini jismoniy mashqlar bilan ham kamaytirish mumkin. Uzoq masofaga yugurishlar, suzishlar, velosipedda uchish hamda sport o‗yinlari tana vaznini kamaytirishga yordam beradi. Og‗ir atletika, atletizm, kurash turlari tana vaznini ortishini ta‘minlaydi. Tana vaznini kamaytirishda 20 daqiqa davomida bajariladigan siklik mashqlarning ahamiyati ham katta bo‗ladi. Tana tuzilishini ko‗rkam qilish, tana vaznini me‘yorga keltirishda zamonaviy jismoniy mashqlar aerobika, streching, sheyping, atletizm va krossfit mashqlari bilan shug‗ullanish mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling