Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni ortirish maqsadi


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni ortirish maqsadi: Ko‗plab aqliy 
mexnat hodimlarida harakat faoliyati chegaralangan bo‗lib, yurak qon tomir va 


84 
nafas olish tizimi faoliyatida salbiy o‗zgarishlar keltirib chiqaradi. Bunday kasb 
egalarining kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlari yuqorida ko‗rsatilgan 
organlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bo‗ladi. Bu mashqlarga yurish, 
yugurish, suzish, sport o‗yinlari va velosiped uchish mashqlarini kiritish mumkin.
Aqliy mexnat hodimlari kasbiy faoliyatini tashkil etishda ruhiy sifatlar – 
diqqat, xissiy barqarorlik, xotirani rivojlantirishga ham e‘tibor qaratish kerak. Bu 
sifatlarni rivojlantirishda o‗q otish, kamondan o‗q uzish, stol tennisi sport turlari, 
voleybol, basketbol va shaxmat o‗yinlari yaxshi natijalar beradi. Bu sport turlari 
bilan birga umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlai va sport 
turlari bilan shug‗ullanish ham maqsadga muvofiq bo‗lib sanaladi. CHunki bir hil 
shakldagi mashqlar va sport turlarining organizmga ta‘sirlari ham bir hil shaklda 
amalga oshadi. Organizmning ba‘zi tizimlariga kuchli jismoniy yuklamalar ta‘siri 
kerak bo‗lsa ba‘zi tizimlarga yuklamalar ta‘siri ozroq bo‗lishi kerakligi 
ko‗rsatilgan. SHunga qaramay umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‗ulotlari 
kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etishga hamda 
kabiy faoliyatlarda jarohatlanishlarni oldini olishga katta yordam beradi. 
Sport trenirovkasi qismlari va mazmuni
Trenirovka mashg‗ulotlarining tarkibi quyidagi qismlardan iborat: 
• 
tayyorlov; 
• 
asosiy; 
• 
yakuniy. 
Mashg‗ulotlarni qismlarga bo‗linishi shug‗ullanuvchilarga jismoniy 
yuklamalar ta‘sirini me‘yorlashga yordam beradi. YUklamalar mashg‗ulotlar 
davomida quyidagicha taqsimlanadi: tayyorlov qismda – jismoniy yuklamalarga 
organizm moslashtiriladi; asosiy qism – organizmga jismoniy yuklamalar yuqori 
darajada ta‘sir etiladi; yakuniy qism – organizmga jismoniy yuklamalar ta‘siri 
kamayib boradi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling