Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Tayyorlov qism: organizmni mashg‗ulot davomida beriladigan jismoniy
yuklamalar ta‘siriga moslashtiriladi. Umumiy tayyorgarlik mashqlari tayanch harakat apparati, muskul guruhlari, bo‗g‗imlarni qizdirish, harakatchanligini 85 ortirish; asab, yurak qon tomir va nafas olishi tizimini jismoniy yuklamalar ta‘siriga tayyorlashni ta‘minlaydi. Buning uchun sekin tempda yugurish, barcha muskul guruhlari uchun 10-12 hil umumrivojlantiruvchi mashqlarni 8-10 marta bajarish tashkil etiladi. Mashqlarni bajarishda muntazamlilik va izchillik tamoyillariga rioya qilinadi. Mashqlar oddiydan murakkabga qarab bajariladi. Mashqlar bajarish jadalligida sekin tempdan tez tempga qarab mashqlarni bajarish kerak. Mashqlarni bajarishda ketma ketlilikka ham katta e‘tibor qaratiladi. Dastlab bo‗yin, so‗ngra elka kamari, qo‗llar va gavda muskullari, bel, tos son va oyoq muskullari ketma ketligida mashqlar bajariladi. Mashqlar yakunida bo‗g‗imlarni cho‗zish mashqlari, nafas olishni me‘yorlashtirish mashqlari bajariladi. Tayyorlov qismda maxsus tayyorgarlik mashqlarni bajarish ham tashkil etiladi. Maxsus tayyorgarlik mashqlari mashg‗ulotning maqsadi bo‗lgan asosiy qismda o‗rgatiladigan mashqlar va harakatlarga tayyorgarlik ko‗rishni ta‘minlaydi. Maxsus tayyorgarlik mashqlari jismoniy yuklamalar va harakatlarni muvofiqlashtirish mashqlari shakllarida bo‗ladi. Maxsus tayyorgarlik mashqlari mashg‗ulot davomida bir necha bor bajarilishi mumkin. Masalan dastlab sakrash harakatlariga tayyorgarlik mashqlari bajarilsa, kuch fazilatini rivojlantirish uchun trenajerlarda mashqlarga tayyorgarlik mashqlari bajarish mumkin. Tayyorlov qism 5-30 daqiqa davom etadi. Mashg‗ulotning to‗g‗ri tashkil etilgan tayyorlov qismi asosiy qismda beriladigan jismoniy yuklamalarga organizmni to‗liq tayyorlay oladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling