Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAkuniy qism
Asosiy qism: quyidagi vazifalarni hal etadi: yangi harakatlarga o‗rgatish,
avval o‗rganilgan harakatlarni takomillashtirish, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish, ruhiy xislatlar diqqat, tafakkur va shaxs sifatlari irodalilik, tirishqoqlik, qat‘iyatlilik, jasurlikni tarbiyalash. Mashg‗ulot asosiy qismi oddiy va murakkab bo‗ladi. Oddiy shakllarda bir hildagi mashqlar va harakatlar – kross yugurishlari, sport o‗yinlari bilan shug‗ullanish tashkil etiladi. Murakkab shakldagi mashg‗ulotlarda har hil ko‗rinishdagi mashqlar yugurish va kuch mashqlari, tezkorlik va kuch sifatlari 86 uchun mashqlar bajariladi. Jismoniy fazilatlarni muvofiq rivojlantirishni ta‘minlash uchun mashg‗ulotni quyidagicha rejalashtirish mumkin: dastlab tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish mashqlari bajariladi; so‗ng kuchni rivojlantirish mashqlari, yakunida chidamlilikni rivojlantirish mashqlarini bajariladi. Egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini bo‗g‗imlar yaxshi qizib olganini hisobga olgan holda mashg‗ulotning barcha qismida bajarish mumkin. Kuch mashqlaridan so‗ng egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini bajarish muhim, chunki muskullarni qatib qolishi, bo‗g‗imlarda harakatlarni kamayishi oldi olinadi. Jismoniy fazilatlarni muvofiqlikda rivojlantirishda jismoniy yuklamalar ta‘siri o‗rtacha bo‗lishi kerak, aks holda bir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun beriladigan og‗ir jismoniy yuklama boshqa sifatlarni rivojlanishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. YAngi harakatlarni o‗rganish mashg‗ulot asosiy qismining boshida, muskul va nerv tizimida charchashlar vujudga kelmay turib tashkil etilishi shart. Mashqlarning bajarish izchilligi mashg‗ulot vazifalariga ko‗ra o‗zgarishi mumkin. Mashg‗ulotlarning asosiy qismi davomiyligi umumiy mashg‗ulotning 70% - 90% ni tashkil etadi. YAkuniy qism: mashg‗ulot jarayonlarida amalga oshgan fiziologik jarayonlar – qonning har hil hajmda ta‘minlanishi, almashinuv jarayonlari chiqindilarini to‗planishi, yurak faoliyatini rag‗batlantiriuvchi garmonlarning ishlab chiqarilishi mashg‗ulotdan so‗ng ham bir muncha vaqt davom etadi. SHuning uchun yakuniy qism maqsadi – organizm odatiy faoliyatini tiklash, sokin holatga olib kelish, YUUS, nafas olish chastotasini kamaytirish, muskul zo‗riqishlarini bartaraf etishga qaratiladi. Engil, sekin yugurish, yurish, egiluvchanlik, nafas olishni sokinlashtirish, muskullarni bo‗shashtirish mashqlarini bajarish amalga oshiriladi. YAkuniy qism davomiyligi 5-15 daqiqa atrofida bo‗lib, davomiyligi asosiy qismda bajarilgan jismoniy yuklamalar jadalligi va ta‘siriga bog‗liq bo‗ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling