Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


CHarchash va tiklanish jarayonlari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

CHarchash va tiklanish jarayonlari 
Har bir faoliyat davomida charchoq va tiklanish jarayonlari bo‗ladi. 
CHarchoq – organizmni me‘yoriy holati hisoblanib, mexnat va harakatlar ta‘sirida 
hamda tiklanish jarayoni yaxshi tashkil etilmagan holda vujudga keladi. CHarchoq 
natijasida bosh miya po‗stlog‗ida karaxtlik sodir bo‗lib, organizm toliqishidan 
habar beradi. Jismoniy mexnat natijasida muskullarda charchoq hosil bo‗ladi, aqliy 
mexnat natijasida esa markaziy asab tizimida toliqishlar vujudga keladi. 
CHarchoqning har ikkala shakli ham jismoniy va aqliy mexnat faoliyatida ham 
sodir bo‗ladi. Jismonan qattiq charchash natijasida aqliy faoliyat samarasi pasayib 
ketadi va aksincha aqliy charchoq natijasida esa og‗ir jismoniy faoliyat olib 
borishga imkoniyati chegaralanib qoladi. 


92 
CHarchoqning har ikkala shaklida organizm quvvat manbaining kamayishi 
natijasida nerv impulslarini markaziy asab tizimiga uzatilishida buzilishlar sodir 
bo‗ladi. Natijada muskullar kuchi, chidamliligi kamayib ketadi, harakatlarni 
boshqarish yomonlashadi, axborotlarni o‗zlashtirish sekinlashadi, xotira pasayib, 
nazariy bilimlarni o‗zlashtirish darajasi sustlashadi. Bunday ko‗rsatkichlar mexnat 
shakli – aqliy yoki jismoniy mexnatning turi, jadalligi va davomiyligiga bog‗liq 
bo‗ladi. CHarchash alomatlari mexnat shakllari va turlariga ham bog‗liq bo‗ladi. 
Og‗ir jismoniy mexnat yoki bir hil shaklda faoliyat olib borishda, asabiy – xissiy 
zo‗riqishlarda, mexnat faoliyatida katta mas‘uliyat yuklatilganda charchash tez 
vujudga keladi. 
CHarchash alomatlari sifatida umumiy holsizlik, mexnat faoliyatiga 
e‘tiborsizlik, inson xulq atvorida jizzakilik, tushkunlik va loqaydlikni paydo 
bo‗lishi kuzatiladi. SHunga qaramay charchoq inson ichki imkoniyatlarini 
qo‗zg‗altiruvchi va organizm qobiliyatlarini jonlantiruvchi, tiklanish jarayonlarini 
kuchaytiruvchi omil bo‗lishi ham mumkin. Jismoniy va aqliy zo‗riqishlar organizm 
imkoniyatlarini ortirishga olib keladi. Bu jarayonlarni mexnat tayyorgarliklari deb 
atash qabul qilingan. Mexnat to‗xtagandan so‗ng organizmda tiklanish jarayonlari 
ishga tushadi. Ishchanlik qobiliyati sekin asta tiklanib boradi. Avvalgi ishchanlik 
qobiliyati tiklanadi, ba‘zan yanada kuchliroq ish qobiliyati hosil bo‗lib, dastlabki 
holatga qaytib boradi. Bundan shuni ko‗rish mumkinki ish qobiliyati pasayishi 
bilan dam olishni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗lib, dam olish jarayonlari 
etarlicha bo‗lishi kerak. Aks holda qisqa dam olish hamda uzoq dam olish ham 
ishchanlik qobiliyatini ortishiga olib kelmaydi.
CHarchash toliqish bilan kuzatiladi. CHarchash sub‘ektiv ko‗rinishga ega 
bo‗lgan holat. Ba‘zan inson charchamasdan turib o‗zini toliqqan sezishi mumkin. 
Bunday holat bir hil, zerikarli ishda yoki mexnat turiga qiziqish bo‗lmaganda 
vujudga keladi. Aksincha teskarisi bo‗lgan holatda, kayfiyat yaxshi va sevimli 
mexnat bilan shug‗ullanishda charchoq bilinmaydi. 
YAxshi dam olmaslik, ishchanlik qobiliyati tiklanmasdan turib yana og‗ir 
mexnat qilish, muntazam jismoniy va asabiy zo‗riqishlar, jamoada yoki oiladagi 


93 
asabiy ruhiy holat organizmni asabiylashishga, yurak qon tomir faoliyatini 
buzilishiga, organizm himoya kuchlarini zaiflashuviga bu bilan yanada o‗ta 
charchashga olib kelishi mumkin. O‗ta charchash ya‘ni toliqish arzimagan 
surunkali kasalliklar ta‘sirida ham shakllanishi mumkin. Bu holatda oddiy mexnat 
jarayonlari ham tez charchashga olib keladi. Aqliy va jismoniy jihatdan o‗ta 
charchash oqibatida kasalliklar ro‗y beradi. Dastlab jismoniy zaiflik: bosh 
og‗riqlari, uyquning buzilishi, ishtahaning yo‗qolishi, yurak sohasida sanchiqlarni 
paydo bo‗lishi, haddan tashqari ko‗p terlash, qo‗llarning qaltirashi va surunkali 
kasalliklarning qo‗zg‗alishi kuzatilishi mumkin. O‗ta charchash holatini oddiy dam 
olish muolajalari bilan bartaraf etib bo‗lmaydi. Bu holatda maxsus tiklanish chora 
tadbirlari ko‗rish kerak. 
Aqliy mexnatning o‗ziga xos xususiyati shundaki uning me‘yori aniq emas. 
Aqliy charchoq jismoniy charchoq kabi birdaniga hosil bo‗lmaydi, sekin asta 
shakllanib keladi. Jismoniy charchash muskullar ish qobiliyati susayishi bilan 
namoyon bo‗ladi, bu bilan mexnatni davom ettirish qiyinlashadi. SHuning uchun 
dam olish uchun tanaffus qilishga to‗g‗ri keladi. Bu bilan o‗ta charchash oldi 
olinadi. SHu bilan birga jismoniy mexnat to‗xtashi bilan shug‗ullanuvchi dam 
olishi boshlanadi. Aqliy mexnat to‗xtatilganda ham bosh miyada qo‗zg‗olish uzoq 
vaqt saqlanib qoladi. Hatto kechki uyquda ham bosh miya faoliyatida aqliy mexnat 
taa‘ssurotlari saqlanib qoladi. Aqliy mexnat jarayonlarida bir maqsadni ko‗zlab 
uzoq vaqt uni ustida ishlash ijobiy natijalarga olib keladi. Markaziy asab 
tizimining uzoq muddat tinimsiz ishlay olish qobiliyati dastlabki charchoq 
alomatlarini sezmaslikka olib keladi. Bosh miyadagi charchoq alomatlari iroda 
kuchi hisobiga inkor etilishi, inson faoliyatini davom ettirishi mumkin. Lekin 
charchoq holati saqlanib qolaveradi. Agar o‗z vaqtida dam olinmasa asabiylashish 
yuzaga kelib, nevroz kasalliklari vujudga keladi, charchoq holati surunkali tus olib 
organizmda jiddiy kasalliklar paydo bo‗ladi. Aqliy o‗ta charchash havfli bo‗lib, 
ruhiy kasalliklarga chalinishga asos bo‗lishi mumkin. SHuning uchun aqliy
charchoq alomatlarini bartaraf etish uchun uzoq muddat faol dam olish talab 
etiladi. 


94 
Kun tartibini to‗g‗ri tashkil etish, ish vaqtidan keyin yaxshi dam olish, 
jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish, sog‗lomlashtiruvchi turizm va 
chiniqtirish muolajalari ijobiy xissiy tuyg‗ularni hosil qilishga, ishchanlik 
qobiliyatini ortirishga, charchoqni bartaraf etish va toliqish oldini olishga katta 
yordam beradi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling