Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


IV. Bob. Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha tavsiyalar


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

IV. Bob. Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha tavsiyalar 
Jismoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek jismoniy tarbiya jarayonlari hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiya – jismoniy harakatlarga o‗rgatish, jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish, jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishga ehtiyojlarni shakllantirish, 
jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni hosil qilishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‗lib 
hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiya bilan jismoniy tayyorgarlik tushunchasi deyarli bir hil 
ma‘noga ega. Jismoniy tayyorgarlik shug‗ullanuvchilarni jismoniy fazilatlarini 
rivojlantirish, jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga 
qaratilgan bo‗ladi. Jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning jarayonlarining 
asosiy tarkibiy qismi bo‗lib hisoblanadi. SHunga qaramay jismoniy tayyorgarlik 
faqat pedagogik jarayonlarda emas balki, jismoniy mashqlar bilan mustaqil 
shug‗ullanish, yakka holdagi mashg‗ulotlarda ham tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy harakatlar sakrash, yugurish, yurish va suzish kabi harakatlar 
tug‗ma harakatlar hisoblanmaydi, ularga inson hayot faoliyatida va jismoniy 
tarbiya jarayonlarida o‗rganib boradi. Jismoniy fazilatlar esa tug‗ma sifatlardan 
hisoblanib bu tabiiy jihatlarni to‗g‗ri rivojlantirish muhim bo‗lib hisoblanadi. 
Harakat malaka va ko‗nikmalariga o‗rgatish bilan jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish jarayonlari uzviy bog‗liq bo‗lib ular doimo biri birini to‗ldirib turadi.
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirar ekanmiz, jismoniy harakat malaka va 
ko‗nikmalarni yuqori saviyada shakllantirishga erishamiz. Jismoniy harakatlarni 
to‗g‗ri va chiroyli bajarishda albatta jismoniy fazilatlarni takomillashganligi ya‘ni 
tayanch harakat apparatini rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 


95 
Jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishda jismoniy tarbiyaning tamoyillari va 
uslublarini yaxshi bilish tarbiya jarayonining asosiy talablardan biri bo‗lib 
hisoblanadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling