Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari 
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari jismoniy tarbiya vazifalarini amalga 
oshirishda bir butun shaklda amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya pedagogogik 
jarayonlarning bir ko‗rinishi bo‗lib, uni tashkil etishda pedagogik tamoyillarga 
rioya qilinadi: 
- onglilik va faollilik; 
- ko‗rgazmalilik; 
- bajara bilish va individuallashtirish; 
- muntazamlilik; 
- taraqqiyot tamoyillari. 
Jismoniy tarbiya jarayonlarida uslubiy tamoyillar bir birini to‗ldirib, o‗quv 
mashg‗ulotlarining o‗ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. 
Onglilik va faollilik tamoyili. Bu tamoyil mohiyatiga ko‗ra shug‗ullanuvchilar 
jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalarini tushunib etadilar. 
Mashg‗ulotlarda faol qatnashish, bir hil shakldagi jismoniy harakatlarni ko‗p 
marotaba takrorlash, og‗ir jismoniy mashqlarni kuch va chidamlilik tugagunga 
qadar bajarish jismoniy rivojlanishinig bosh omili ekanligini tushunib etish talab 
etiladi. Onglilik va faollilik tamoyilida shg‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlardagi 
faoliyatini tahlil etib, mashg‗ulotlarda berilgan jismoniy yuklamalar qoniqarli yoki 
qoniqarsiz ekanligini, mashg‗ulotlar natijalari samarali yoki samarasiz ekanligiga 
baho beriladi. SHu bilan birga ushbu tamoyil ta‘sirida shug‗ullanuvchilarda 
maroqli dam olish, sog‗likni mustahkamlash, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 
bilan ko‗rkam qad qomatga erishish, sportda yuksak natijalarga erishishda 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga qiziqishlar shakllanadi. Barcha 
holatda ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda maqsad va unga 
intilish bo‗lishi kerak. SHug‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlardagi faolliklari 


96 
mashqlarni mustaqil bajara olishlari bilan birga mashg‗ulotlarda tashkilotchilik 
vazifalarini bajara olishlarida namoyon bo‗ladi. 
Ko‘rgazmalilik tamoyili: Ko‗rgazmalilik – harakatlar malaka va 
ko‗nikmalarini egallashning muhim shakli. Harakatni o‗rganishda dastlab harakat
xaqida, uni to‗liq bajarish yoki qismlarga bo‗lib bajarish xaqida tasavvurga ega 
bo‗lish kerak. Mashg‗ulotlar jarayonlarida ko‗rgazmalilikning turli shakllaridan 
foydalaniladi: 
- mashqlarni bajarib ko‗rsatish: 
- ko‗rgazmali qurollar, plakat, maket va sxemalardan foydalanish: 
- vidoefil‘m, kinofil‘m, prizentasiyalar namoyishi: 
- harakatlarda mulyajlar, manekenlardan, maydonlarning kichraytirilgan 
nusxalaridan foydalanish: 
- zamonaviy kuch trenjerlari, veloergometr, yugurish yo‗lkasi, eshkak eshish 
trenajerlaridan, jismoniy yuklamalarni boshqarish komp‘yuter jixozlaridan 
foydalanish. 
Ko‗rgazmalilik tamoyilidan foydalanish jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‗ullanishning dastlabki bosqichlaridagina emas balki takomillashtirish va 
yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlarida ham muhim hamiyatga ega 
bo‗ladi. 
Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili: Jismoniy tarbiya va sport 
mashg‗ulotlari 
jarayonlarining 
dastlabki 
tayyorgarlik 
bosqichlarida 
shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarliklariga muvofiq bo‗lgan mashqlarni 
bajarish tavsiya etiladi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida oddiydan murakkabga, 
osondan qiyinga qarab intilish talablariga qat‘iy rioya qilish kerak. SHuningdek 
mashg‗ulotlarda shug‗ullanuvchilar yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarlik darajalari
ruhiy 
iroda 
sifatlariga 
muvofiq 
yondoshish 
talab 
etiladi. 
Har 
bir 
shug‗ullanuvchining jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga muvofiq yondoshish, 
sportchilarning har biri bilan alohida shug‗ullanish ularning barcha imkoniyatlarini 
namoyon qilishga, mustaqillikka hamda ijodkorlikni shakllanishiga yordam beradi.


97 
Bajara bilish tamoyillari jismoniy yuklamalar ta‘sirini kamaytirishni, 
mashqlar davomiyligini ozaytirishni ko‗zda tutmaydi. Balki mashqlarni bajara 
olish va yuklamalarni enga olish malakalarini shakllantirishga yordam beradi. 
Mashqlar engilligi yoki qiyinligiga sub‘ektiv omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi. 
Mashqlarni bajarishga qo‗rqish, o‗z kuchiga ishonch yo‗qligi ularni murakkab yoki 
qiyin qilib ko‗rsatishi mumkin. Mashqni o‗rganish va takomillashtirish bilan uni 
bajarishdagi qiyinchiliklar va qo‗rqinchlar bartaraf etiladi. Demak bajara bilish 
qobiliyati jismoniy fazilatlarni hamda ruhiy iroda sifatlarini rivojlanib borishi bilan 
takomillashib boradi.
SHug‗ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini aniqlashda nazorat sinov 
testlari hamda tibbiy nazoratlardan foydalanish mumkin. SHuning uchun oliy 
o‗quv yurtlarida o‗quv yili boshida talabalar sog‗ligi tibbiy nazoratlar yordamida 
tahlil etiladi. 
Muntazamlilik tamoyili: Mashg‗ulotlarni muntazam tashkil etilishi, jismoniy 
yuklamalarni bir me‘yorda ortirib borish, dam olish jarayonlarini to‗g‗ri tashkil 
etish muntazamlilik tamoyillarining asosiy talablaridan. Mashg‗ulotlarda 
muntazam ishtirok etish, mashg‗ulot jismoniy yuklamalarini to‗liq bajarish, 
mashg‗ulotlar samaradorligini ortiradi. SHundagina sport tayyorgarlik darajasi 
ta‘minlanadi, organizm quvvat zaxirasi boyitiladi.
Organizm quvvat zaxirasini boyitilishining fiziologik asoslarini quyidagicha 
ta‘riflash mumkin. Har bir harakatni bajarishda quvvat sarfi va asab tizimining 
qo‗zg‗alishining pasayishi kuzatiladi. Bu holat ishchanlik qobiliyatini ham 
pasayishiga olib keladi. Dam olish jarayonlarida quvvat manba‘i tiklanadi
qo‗zg‗alishlar sokinlashadi va dastlabki holatga nisbatan yuqoriroq ko‗rsatkichga 
ega bo‗ladi. Bu qonuniyatni shunday izoxlash mumkin: organizmda bir miqdor 
quvvat sarfiga tiklanish jarayonlarida ikki xissa quvvat tiklanishi aniqlangan. Bu 
jarayon 
organizmning 
rivojlanishi, 
funksional 
imkoniyatlarining 
takomillashuvining muhim mexanizmi bo‗lib hisoblanadi. 
SHunga qaramay bu jarayon uzoq davom etmaydi, ma‘lum bir vaqtdan so‗ng 
quvvat manbai dastlabki ko‗rsatkichga qaytadi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida 


98 
jismoniy yuklamalarni to‗g‗ri bajarish hamda ulardan so‗ng yaxshi dam olish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirishda jismoniy 
yuklamalar orasidagi farq o‗rtacha bo‗lishi, kuch sifatini rivojlantirishda 
yuklamalar orasi uzoqroq bo‗lishi, chidamlilikni rivojlantirishda esa dam olish 
jarayonlari ko‗p vaqt talab etiladi. SHuningdek egiluvchanlik sifatini 
rivojlantirishda jismoniy yuklamalar ta‘siri muntazam bo‗lishi, dam olish 
jarayonlariga esa oz vaqt etarli bo‗lishi kuzatiladi. Sog‗lomlashtiruvchi 
mashg‗ulotlarning ta‘siri mashg‗ulotlar haftasiga 2-3 marta tashkil etilganda yuqori 
ko‗rsatkichda bo‗ladi. 
Taraqqiyot tamoyili: Mashg‗ulotlar davomida jismoniy mashqlar va 
harakatlarni murakkablashtirib borish hamda jismoniy yuklamalarni miqdori va 
hajmini hamda shiddatini kuchaytirib, ta‘sirini ortirish ta‘minlanadi. Taraqqiyot 
tamoyiliga ko‗ra mashg‗ulotlar o‗quv materiallari muntazam yangilanib, 
murakkablashtirib boriladi. YAngi mashqlarni o‗rganish, murakkab harakatlar 
malaka va ko‗nikmalarni egallashning asosi bo‗lib xizmat qiladi.
Mashg‗ulotlar jarayonlardagi bir hil shakldagi va bir hil og‗irlikdagi jismoniy 
yuklamalarga organizm imkoniyatlari moslashib borib, jismoniy rivojlanish 
kuzatilmay qoladi. Bir hil me‘yordagi jismoniy yuklamaga organizmni moslashuvi 
natijasida, ushbu harakatlar va mashqlarni organizm oz quvvat sarfi bilan 
bajarishga o‗tadi. Organizmni jismoniy rivojlanishini ta‘minlash, sport maxoratini 
ortirib borish uchun jismoniy yuklamalarning ta‘sirini muntazam ortirib borish 
talab etiladi. SHunga qaramay og‗ir jismoniy yuklamalar ta‘sirida quvvat manbai 
to‗liq tiklana olmaydi, oz yuklamalar esa organizmda deyarli o‗zgarishlarga olib 
kelmaydi.
Mashg‗ulotlar jarayonlarida shug‗ullanuvchilarga beriladigan jismoniy 
yuklamalarning me‘yori organizmni rivojlanishiga, harakat imkoniyatlarini 
takomillashtirishga olib kelishi kerak. Bu qoidaga amal qilishning qiyinligi 
shundaki, har bir shg‗ullanuvchining jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat 
imkoniyatlari o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, mashg‗ulotlarda individual 
yondoshish talab etiladi. Mashg‗ulotlardagi berilayotgan rivojlantiruvchi 


99 
yuklamalar, kun o‗tishi bilan oddiy bo‗lib qolishi mumkin. Sport maxorati 
takomillashib borishi bilan jismoniy yuklamalar ta‘sirini muntazam ortirib borish 
kerak. 
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari yakka holda namoyon bo‗lmay balki 
o‗zaro muvofiqlikda foydalaniladi. Jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarini uslubiy 
tamoyillar talablariga muvofiq tashkil etilmasligi, jismoniy rivojlanishni 
ta‘minlamasligi, sport maxoratini ortmasligi bilan bir qatorda shug‗ullanuvchilar 
organizmiga jismoniy yuklamalar salbiy ta‘sir etishi ham mumkin. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling