Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy tarbiya uslublari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy tarbiya uslublari 
Jismoniy tarbiya uslublari deb jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish 
usullarini tushunish mumkin. O‗quv trenirovka mashg‗ulotlari vazifalarini amalga 
oshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi.: 
- Reglamentlashtirilgan mashq uslublari; 
- O‗yin uslublari; 
- Musobaqa uslublari; 
- Nutqdan foydalanish va tushuntirish uslublari. 
Reglamentlashtirilgan 
mashq 
uslublari. 
Jismoniy tarbiyada ko‗p 
qo‗llaniladigan uslub bo‗lib hisoblanadi. Bu uslub jismoniy harakatlarga o‗rgatish 
va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish usullaridan tashkil topadi. Bu uslubning 
o‗ziga xos xususiyati harakatlarni bajarishning aniq bir dasturi mavjudligida. 
Jismoniy mashqlarni bajarishning soni, davomiyligi, takrorlashlari, harakatlar 
jadalligi hamda sur‘ati, jismoniy yuklamalarning me‘yori, miqdori, hajmi, dam 
olishlar va ular oralig‗i aniq belgilanganligi mashqlar reglamentga ega ekanligini 
belgilaydi. 
Reglamentlashtirilgan mashq uslublari yosh va jins ko‗rsatkichdan qat‘iy 
nazar har hil darajada jismoniy tayyorgarlikka ega bo‗lgan insonlarning jismoniy 
harakat 
malaka 
va 
ko‗nikmalarini shakllantirish, jismoniy fazilatlarini 
rivojlantirishni ta‘minlaydi. Mashq uslubininig asosiy usullaridan biri takrorlash 
uslubidir. Mashqlarni takrorlash uslubi eng qulay usuli bo‗lib, takrorlashlar 


100 
muntazam tashkil etilgandagina mashqlarga o‗rgatish va jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. 
O‘yin uslubi. O‗yin uslublarining xususiyatlari yuqori darajada xissiyotlarga 
boyligi va harakatlarni bajarishda mustaqil fikrlash, ishtirokchilarning har hil 
shakldagi o‗zaro harakatlari bilan belgilanadi. O‗yin jarayonlarining bu 
xususiyatlari shug‗ullanuvchilarning hayotiy zarur jismoniy harakat malaka va 
ko‗nikmalarini shakllantirish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish bilan birga 
ma‘naviy axloqiy va ruhiy sifatlarini tarbiyalashga ham katta yordam beradi. O‗yin 
uslubi jismoniy tarbiya jarayonlarining bir hilligidan farqli o‗laroq mashg‗ulotlar 
qiziqarliligini ortiradi. 
O‗yin uslubi sport o‗yinlari yoki harakatli o‗yinlar tashkil etishni emas balki 
barcha hildagi jismoniy mashqlarni bajarishda o‗yin shakllaridan foydalanishni 
ham tavsiya etadi. Masalan, uzoq masofaga va kross yugurishlarida bir biridan 
o‗zish yoki jamoalarga bo‗linib bellashishlarni tashkil etish mumkin. O‗yin 
uslubining kamchiligi yangi harakatlarni o‗rganishda imkoniyatlarning 
chegaralanganligi, jismoniy yuklamalar ta‘sirinin boshqarishning mavjud 
emasligida bo‗ladi. 
Musobaqalashish uslubi. Uslubninig mohiyati shug‗ullanuvchilar jismoniy 
tayyorgarliklarini ortirish vositasi sifatida bellashuvlardan foydalanishni ko‗zda 
tutadi. Uslubning asosiy maqsadi shug‗ullanuvchilar o‗rtasida raqobatlashishni 
tashkil etish. Raqobatlashish natijasida shug‗ullanuvchilar barcha funksional 
imkoniyatlarini namoyon qilishga intiladilar. 
Musobaqalashish uslubi shug‗ullanuvchilarga bellashuvlar jarayonlarida 
foydalanadigan jismoniy harakatlar va mashqlarni o‗rgatishga yo‗naltirilgan 
bo‗ladi. Musobaqalashish uslubi yordamida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
- Jismoniy fazilatlarni maksimal darajada namoyon qilish va ularning
takomillashganlik darajasini aniqlash; 
- Jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarining shakllanlaganlik darajasini 
aniqlash va baholash; 
- Maksimal darajada jismoniy yuklamalar ta‘sirini ta‘minlash; 


101 
- Ruhiy iroda sifatlarini tarbiyalashni amalga oshirish. 
Nutqdan foydalanish va sezgi uslublari: so‗zdan foydalanish kabi og‗zaki 
uslub hada sezgi organlariga ta‘sir ko‗rsatish uslublari nutqdan foydalanish hamda 
organizm sezgi organlariga ta‘sir ko‗rsatishni belgilaydi. Og‗zaki uslubda 
murabbiylar shug‗ullanuvchilarga zaruriy nazariy bilimlarni tushuntiradilar
vazifalar, ko‗rsatmalar, tavsiya va buyruqlar beradilar. So‗zdan foydalanib 
shug‗ullanuvchilar harakatlarini bashqarish, xatolarni tuzatish, faollikni ortirish 
mumkin.
Sezgi organlarga ta‘sir etish bilan ham jismoniy tarbiyada ko‗rgazmalilik 
amalga oshiriladi. Harakat malaka va ko‗nikmalari haqida tasavvurlar faqat ko‗z 
orqali emas balki boshqa sezgi organlari orqali ham shakllanadi. Ba‘zi sport 
turlarida harakatlar maromi – ritm muhim bo‗lib hisoblanadi. Bunda harakatlar 
tovush ohanglari yoki musiqa jo‗rligida bajariladi. Eshitish orqali harakatlar 
takrorlanishi va ritmi xaqida tasavvurlar hosil qilinadi.
Mashqlar va harakatlar bajarishda muskul sezgilari orqali harakatlarning 
tezligi, murakkabligi va shakli haqida ham tuyg‗ular shakllanadi. Bu xissiyotlarni 
tarbiyalashda shug‗ullanuvchilarda harakatlarni muvofiqlashtirish, harakatlarni 
boshqarish malakalari shakllantiriladi. Harakatlarni avtomatik ravishda yuqori 
saviyada bajarish maxoratlari takomillashadi. Masalan futbolchini davozaning 
bo‗sh joyini mo‗ljallab to‗pga zarba berishi, kurashchini uloqtirishga oson bo‗lgan 
holat va vaqtni aniqlay olishi, bokschini zarba berishga qulay sharoitni topa olishi, 
voleybolchini bo‗sh joyni ko‗rib to‗pni shu erga yo‗naltirishi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling