Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik organizm salomatligini mustahkamlash, mofo funksional imkoniyatlarini ortirish, jismoniy fazilatlar rivojlantirish, jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini takomillashtirish hamda sportda yuksak natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy fazilatlarni rivojlantirishda umumiy jismoniy tayyorgarlik, ma‘lum bir jismoniy sifatni rivojlantirishga yo‗naltirilsa maxsus jismoniy tayyorgarlik deb yuritiladi. UJT – umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish bilan insonni jismoniy barkamol va ma‘naviy etuk qilib tarbiyalashga qaratilgan bo‗ladi. UJT umumiy ishchanlik qobiliyatini ortirishga ham ko‗mak beradi. UJT insonni kasbiy faoliyat yoki mashg‗ul bo‗lgan sport turida yuksak natijalarga erishishni ta‘minlovchi maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosi bo‗lib, uni turli mutaxassislikka tayyorlashda ham xizmat qiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta‘minlash uchun quyidagi test sinovlari taklif qilish mumkin. Polga tayanib qo‗llarni bukib yozish – 60 marta, turnikda tortilish – 25 marta, ikki oyoqda o‗tirib turish – 300 marta, bir oyoqda o‗tirib turish – 40 marta. 12 daqiqa davomida yugurish – eng kam masofa 2,5-3 km o‗smirlar uchun, qizlar uchun 2-2,5 km. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish uchun barcha muskul guruhlarini uyg‗unlikda rivojlanishini ta‘minlash kerak. Umumiy jismoniy tayyorgarlikda jismoniy fazilatlarni ham o‗zaro muvofiqlikda rivojlantirishni ham e‘tiborga olish kerak. Tezkor kuch namoyon qiluvchi sportchilar – og‗ir 106 atletikachilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar, siklik sport turlari bilan shug‗ullanuvchilar o‗rta masofaga yuguruvchilarga, shosseda velosiped haydovchilarga nisbatan og‗irliklar bilan ko‗proq mashqlar bajaradilar. MJT – maxsus jismoniy tayyorgarlik tanlagan sport turi yoki kasbiy faoliyat xususiyatlariga muvofiq bo‗lgan jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga yo‗naltirilgan jarayon bo‗lib hisoblanadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning barcha turlari o‗zining yo‗nalishi bo‗yicha – sport tayyorgarliklariga hamda kasbiy amaliy tayyorgarlikka bo‗linadi. Sport tayyorgarlik jarayonlarida bir qator muhim vazifalar hal etiladi. Bulardan biri sport turida yuksak natijalarga erishishni ta‘minlaydigan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish. Masalan balandlikka sakrovchi sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonlari sakrovchanlikni tarbiyalash, oyoq muskullarini, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‗ladi. Sprintchilar yuqori tezkorlik qobiliyatiga, tezkor chidamlilik sifatlariga ega bo‗lishi kerak. Stayerlarda esa umumiy chidamlilikni rivojlantirish muhim bo‗ladi. Kurashchilar va gimnastlar uchun esa yuksak koordinasion qobiliyatlar, egiluvchanlik hamda statik va dinamik kuch namoyon qilish qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Maxsus jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan o‗zaro muvofiqlikda tashkil etilishi kerak. Sportchilarning dastlabki sport tayyorgarlik jarayonlarida umumiy jismoniy tayyorgarlikka katta e‘tibor qaratiladi. Dastlabki tayyorgarlik jarayonlarida umumiy jismoniy tayyorgarlik sport harakatlari texnika va taktikasini mukammal o‗rganishga hamda sport turiga mos bo‗lgan maxsus jismoniy fazilatlarni yuqori saviyada takomillashtirishga asos bo‗ladi. Oliy ta‘lim muassasalari talabalari jismoniy tayyorgarlik jarayonlari jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari hamda sport turlari bo‗yicha tashkil etiladigan mashg‗ulotlarda olib boriladi. Talabalar jismoniy tayyorgarliklarini baholash va aniqlashda turli hil nazorat sinovlari, testlar o‗tkaziladi. Nazorat sinovlari talabalar jismoniy tayyorgarliklarini samarali baholash bilan birga, jismoniy tarbiya bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlarining 107 saviyasini o‗rganishga, talabalarning jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanishga bo‗lgan ehtiyojlarini aniqlashga yordam beradi. Jismoniy tayyorgarlikni baholash test sinovlaridan namunalar: 1) Tezkorlik mashqlari: 30,60, va 100 m.ga yugurish: 2) CHaqqonlik mashqlari: bir daqiqa davomida arqonchadan sakrash, tennis to‗pini 25 m.dan nishonga uloqtirish: 3) Kuch mashqlari: turnikda tortilish, polda tayanib qo‗llarni bukib yozish, yotgan holda gavdani oldga bukib yozish, ikki oyoqda o‗tirib turish, joydan uzunlikka sakrash: 4) CHidamlilik mashqlari: 1000, 2000, 3000 m.ga yugurishlar; 5) Egiluvchanlik mashqlari: tik holda gavdani oldga egish, oyoqlarni yon tomonga kerib o‗tirish, oyoqlarni to‗g‗riga kerib o‗tirish, ―ko‗prik‖ turish. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling