Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

CHidamlilik – inson sog‗ligini va jismoniy ishchanlik qobiliyatini 
belgilaydigan muhim jismoniy fazilatlardan biri bo‗lib hisoblanadi. Ushbu 
jismoniy fazilat boshqa fazilatlarni rivojlantirishning asosi bo‗lib sanaladi. 


120 
CHidamlilik – uzoq muddat jismoniy ish faoliyati olib borish hamda charchoqqa 
chiday olish qobiliyati sanaladi.
CHarchash – uzoq muddat yoki jadal jismoniy ish bajarishda yuzaga 
keladigan funksional holat. CHarchash munosabati bilan ishchanlikni pasayishi 
hamda organizmda toliqish hosil bo‗ladi. CHarchash turlari bir necha hil bo‗ladi: 
aqliy charchash, xis-tuyg‗ular charchog‗i, asabiy charchash va jismoniy charchash. 
Jismoniy tarbiyada chidamlilik tushunchasi og‗ir jismoniy yuklamalarga 
chidamlilikni belgilaydi. Jismoniy faoliyat jarayonlarida muskullar guruhining 
30% ishtirok etishida, masalan qo‗l va oyoq muskul guruhlari ishida – lokal 
charchoq, gavdaning egilish va tiklanish harakatlaridagi muskullar guruhining 65% 
ishtirok etishida – regional charchoq, og‗ir yuk ko‗tarish yoki uzoq masofaga 
yugurish va suzish mashqlarida muskul guruhi 65% ishtirok etib – global 
charchash hosil bo‗ladi.
Inson jismonan chidamliligi bir qator omillarga bog‗liq bo‗ladi. Ulardan eng 
muhimlari quyidagilar: 
- Nerv faoliyatining xususiyatlari. Masalan nerv jarayonlarining inertligi bir 
hil shakldagi jismoniy mashqlarga organizm chidamliligini ta‘minlaydi; 
- Kislorod iste‘molining yuqori darajada bo‗lishi, tayanch harakat 
apparatining mustahkam tuzilishi, kislorodsiz muhitga chidamlilik; 
- Inson salomatligi va jismoniy fazilatlarning yuqori darajada rivojlanganligi; 
- Inson iroda sifatlari. Ish samaradorligining pasayishini ikki fazaga bo‗lish 
mumkin. Birinchi faza – charchoq alomatlarining paydo bo‗lishi. Ikkinchi faza – 
jismoniy charchash bo‗lsada ish iroda sifatlari hisobiga davom etishi
- Intilishlarning muhimligi. Masalan musobaqadagi g‗alabaga erishish ko‗plab 
sportchilarning chidamliligini ortishiga ta‘sir ko‗rsatadi; 
- Jismoniy harakatlarning eng maqbul texnikasini egallash sportchi jismoniy 
quvvatini tejashga yordam beradi. 
CHidamlilik turlari: jismoniy tarbiyada chidamlilik umumiy va maxsus 
chidamlilikka bo‗linadi.


121 
Umumiy chidamlilik – barcha muskul guruhlari ishtirokida o‗rtacha tezlikda 
bo‗lgan jismoniy harakatlarni bir hil jadallikda bajara olish qobiliyati. Umumiy 
chidamlilik siklik sport turlari asosi bo‗lib, uzoq masofaga 5000-10000 m. 
masofaga yugurishlar, 1000-2000 m. masofaga suzishlar, velosipedda uzoq 
masofaga yurishlarda muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
CHidamlilikni maxsus mashg‗ulotlar davomida rivojlantirish mumkin. Uzoq 
masofaga yugurishlarda chidamlik bo‗lgan insonlar, uzoq masofalarga velosipedda 
uchishda ham chidamlilikni namoyon eta oladi. Suzuvchilar uzoq masofaga 
yugurish bilan suzish sporti bo‗yicha o‗zining maxsus chidamliligini ortirib 
borishga erishadi. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish vositalari: 
- Siklik shakldagi uzoq muddat bajariladigan mashqlar – yugurish
velosipedda yurish, suzish. Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda o‗rtacha 
tezlikda bog‗, o‗rmon yoki stadion yugurish yo‗lkalarida yugurish tavsiya etiladi. 
YUgurish masofasining uzunligi shug‗ullanuvchi yoshi, sog‗ligi va jismoniy 
tayyorgarligiga muvofiq bo‗lishi kerak. Dastlab 1-1,5 kmga yugurish etarli bo‗ladi. 
Har hafta davomida masofani 200 mga ortirish mumkin. YUgurishda organizm 
umumiy holatini baholash uchun yurak urishlari – pul‘sni tekshirish mumkin. 
YUrak qon tomir va nafas olish tizmining funksional imkoniyatlarini ortirishda 
pul‘s daqiqasiga 130-150 ta urishi kerak. YUgurishni yangi boshlagan 
shug‗ullanuvchida bu ko‗rsatkich 110-120 ta bo‗lishi etarli. Jismoniy tarbiya 
mashg‗ulotlarida dastlab uzluksiz 15-20 daqiqa mashqlar bajarish tavsiya etiladi. 
Organizm funksional imkoniyatlari takomillashib borishi bilan 30-40 daqiqa 
to‗xtovsiz jismoniy harakat bajarish mumkin bo‗ladi; 
- ―Aylanma trenirovka‖ jarayonlarida foydalaniladigan har hil shakldagi 
asiklik harakatlar – sakrash, uloqtirish, gimnastika mashqlari. Bu uslubning 
afzalligi mashqlarni bajarish jarayonlarida barcha muskul guruhlarini jalb etish va 
ularning uzluksiz faoliyatini tashkil etishda hisoblanadi.
- Harakatli va sport o‗yinlar, sport raqslari, aerobika, krossfit, yurak urishlari
daqiqasiga 115-120 martadan kam bo‗lmagan piyoda sayohatlar; 


122 
- YOrdamchi vositalar: tog‗li hududlarda o‗quv yig‗in mashg‗ulotlarida 
ishtirok etish, hammom va saunalar qabul qilish. 
Umumiy 
chidamlilikni 
rivojlantirishda shug‗ullanuvchilar jismoniy 
tayyorgarliklarini e‘tiborga olish kerak. YAngi boshlovchilarga uncha jadal 
bo‗lmagan jismoniy harakatlarni uzluksiz ravishda bajarish tavsiya etiladi. masalan 
uch to‗rt hil shakldagi harakatlarni – yurish, yugurish, suzish mashqlarni bir hil 
tempda bajariladi. YAxshi jismoniy tayyorgarlikka ega shug‗ullanuvchilar esa 
harakatlarni bajarish tezligini tez tez o‗zgartirib turishlari kerak. Bir hil tempda 
yugurshni tez tempda yugurish – tezlanish bilan almashlab turish. YOki o‗rtacha 
tezlikda suzgandan so‗ng, katta tezlikda yugurish mashqlarini bajarish. Bu 
shug‗ullanuvchilar organizmgi katta jismoniy yuklamalar berilishini ta‘minlay 
oladi. Mashg‗ulotlar umumiy chidamlilik bilan birga maxsus chidamlilik fazilatlari 
ham takomillashtirib boradi. 
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda to‗g‗ri nafas olishni tashkil etish 
muhim bo‗lib hisoblanadi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida burun va og‗iz bilan nafas 
olish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Mashqlarning bajarish jadalligi ortishi bilan 
nafasni to‗liq chiqarishga e‘tibor qaratish kerak. 
Maxsus chidamlilik – ma‘lum bir faoliyatga mansub bo‗lgan jismoniy 
harakatlarni uzoq muddat davomida, jadalligini susaytirmay bajara olish qobiliyati 
bo‗lib hisoblanadi. Tezkor, harakatlarni boshqara olish-kooordinasion, statik, 
sakrovchanlik, bellashuv va boshqa shakldagi chidamlilik turlari mavjud. Masalan 
yugurish, suzish mashqlarida masofa davomida tezkorlikni bir hil tempda ushlab 
turish chidamliligi tezkor chidamlilik hisoblanadi. Tezkor chidamlilik kuch 
chidamliligi bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, og‗ir yuklamalarni bajarishda hosil 
bo‗ladigan charchashni engishga qaratilgan bo‗ladi.
Koordinasion – harakatlarni boshqarish chidamliligi aniq va muvozanat 
saqlash mashqlarini bajarishda, masalan sport va badiiy gimnastikada, suvga 
sakrash va sinxron suzish, figurali uchish sport turlarida keng namoyon etiladi. Bu 
sport turlarida chidamlilik mashqlarni aniq va to‗g‗ri bajarishga katta yordam 
beradi. 


123 
Statik chidamlilik – uzoq muddat tana holatlarini o‗zgartirmay muskul 
zo‗riqishlarini namoyon etish. Bu shakldagi mashqlar sport gimnastikasi va 
akrobatikadagi osilish, tayanish, muvozanat saqlash mashqlarida uchraydi. 
SHu bilan birga inson kasbiy va kundalik hayot faoliyati davomida namoyon 
qiladigan maxsus chidamlilik turlari ham uchrab turadi. 
Maxsus chidamlilik fazilatini rivojlantiruvchi vositalar: 
- Maxsus chidamlilikni rivojlantirishga yo‗naltirilgan ―maqsadli mashqlar‖ – 
sport tayyorgarliklarida musobaqalashish mashqlari, sog‗lomlashtiruvchi jismoniy 
tarbiya jarayonlarida esa yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari, suzish, 
harakatli va sport o‗yinlari hisoblanadi; 
- Maxsus tayyorgarlik mashqlari. Masalan ―maqsadli mashqlar‖ 100 m.ga 
yugurish bo‗lsa, maxsus tayyorgarlik mashqlari esa har hil masofadagi qisqa 
yugurishlar yoki sakrash mashqlari hisoblanadi; 
- Umumiy tayyorgarlik mashqlari – maxsus chidamlilikning asosini tashkil 
etuvchi umumiy chidamlilik sifatini rivojlantirishga qaratilgan, hamda barcha 
muskul guruhlariga va tana qismlari harakatlariga ta‘sir etadigan jismoniy 
mashqlar. Qisqa masofalarga har hil tezlikda yugurish, sport o‗yinlariga xos 
harakatlarni tez va aniq bajarish mashqlaridan foydalanish mumkin.
Sport turlari harakatlarining o‗zaro o‗xshashligi maxsus chidamlilik sifatini 
umumiy rivojlanishini ta‘minlaydi. Suvga sakrash bilan, akrobatika mashqlari, 
sport o‗yinlarining ko‗p shakllaridagi harakatlar va shu kabilar. Umumiy 
chidamlilik 
darajasi 
rivojlanishi 
bilan 
maxsus 
chidamlilik 
sifatlarini 
takomillashtirishga kirishish mumkin. 


124 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling