Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
O‘simliklar kletchatkalari –
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral moddalar
O‘simliklar kletchatkalari – uglevodlardan hisoblanib, sabzavotlar,
mevalarda va don maxsulotlarining qobig‗ida bo‗ladi. Ular ozuqa moddalarini o‗zlashtirilishi hamda ularning hazm qilish organlari bo‗ylab siljishiga, zaharli moddalarni organizmdan chiqarilishiga yordam beradi. O‗simliklar kletchatkalari bakterisid xususiyatlarga ega bo‗lib, uni organizmda etishmovchiligi ko‗plab kasalliklarni kelib chiqishiga olib keladi. Mineral moddalar - noorganik moddalar bo‗lib, organizm barcha to‗qimalari tarkibiga kiradi. Mineral moddalar suv kabi energiya manba‘i bo‗lib hisoblanmasada, organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Ular muskul qisqarishlarida, qon ivishida, oqsillar sintezida, nerv impulslarini uzatilishida zarur bo‗ladi. Ba‘zi mineral moddalar bir biri bilan birikishida tuzlar hosil qiladi. Mineral tuzlardan organizmda kal‘siya va fosfor tuzlari ko‗plab, kamroq hajmda magniy, kaliy, oltingugrt. xlor, temir va yod tuzlari uchraydi. Oziq moddalari tarkibida organizmga etarli darajada mieral tuzlari kiradi, faqat natriy tuzi osh tuzi shaklida ovqatlarga qo‗shilish bilan istemol qilinadi. Vitaminlar – minimal miqdorda organizmda moddalar almashinuvida ishtirok etish uchun zarur bo‗lgan organik birikmalar. Vitaminlar organizmda sintez qilinmaydi ba‘zi vitaminlar esa juda kam miqdorda sintez bo‗lishi mumkin. Vitaminlar to‗qimalar tarkibiga kirmaydi va quvvat manba‘i bo‗lib hisoblanmaydi. 55 Erish xususiyatlariga muvofiq vitaminlar yog‗da eriydigan A, D, E va K vitaminlarga, va suvda eriydigan B1, B5, B6, B12, PP, C vitaminlarga bo‗linadi. Vitamin so‗zi «vita» - hayot ma‘nosini beradi. Organizmda bir vitamin yoki bir necha vitaminlarning etishmovchiligi ishchanlikni kamaytiradi va toliqishlar keltirib chiqaradi. SHunga qaramay orgnizmda vitamin etishmovchiligidagi salbiy holatlar vitamin ortib ketishida ham sodir bo‗lishi mumkin. Mineral moddalar bilan vitaminlar insonnning butun umri davomida organlar faoliyatida muhim vazifalarni bajarib, ishchanlik qobiliyatini yuqori darajada bo‗lishini, navqironlikni va kelishgan qomatni, go‗zallikni ta‘minlaydi. Sifatli ovqatlanishda hech qanday biologik qo‗shimchalar, vitaminlar va mineral moddalarga organizm ehtiyoj sezmaydi. Homilador onalar va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor insonlar hamda jismonan va aqliy zo‗riqish talab etadigan kasb egalari ozuqa maxsulotlariga qo‗shimchalar kiritish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sog‗likni mustahkamlashda ozuqa moddalarining kaloriyasi muhim o‗rin tutadi. Tibbiyot sog‗likni saqlash uchun bir knda 1800-2000 kkal ega bo‗lgan ozuqa moddalarini 4-5 mahal iste‘mol qilishni tavsiya etadi. Jismoniy va aqliy zo‗riqish talab etadigan yosh va o‗rta yosh mutaxassislar ovqatlanish rasionida quvvvatlarga boy maxsulotlar asal, mag‗izlar, sabzavot va mevalar, go‗sht, tuxum, baliq va sut maxsulotlari bo‗lishi kerak. To‗g‗ri ovqatlanishning asosiy tamoyillari: - Har hil taomlar iste‘mol qilish; - Ozuqa moddalarida sabzavotlar va mevalarning ko‗p bo‗lishi; - Hayvon yog‗lari – sariyog‗, yog‗li go‗shtlar va qovurilgan ovqatlar iste‘molini kamaytirish. Ular o‗rniga yog‗siz go‗sht, baliq va yog‗siz sut maxsulotlari iste‘mol qilish; - SHakar va tuzni hamda dudlangan va konserva maxsulotlarini kam darajada iste‘mol qilish; - Alkogol ichimliklardan voz kechish; - Har hil parxezlarni o‗z bilgicha qo‗llamaslik. Ozuq maxsulotlari, ovqatlanish tartibi va shakllari, parxezlar bo‗yicha ko‗plab 56 takliflar mavjud. SHuni esda tutish kerakki ozuqa moddalari har hil bo‗lishi kerak. Vitaminlar va mineral moddalarga boy bo‗lmagan ozuqa moddalari organizm ishchanlik qobiliyatini va kasalliklarga umumiy chidamliligini kamayib ketishiga olib keladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling