Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi xaqida ilmiy
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi xaqida ilmiy
ma‟lumotlar OIV kasalligi epidemiologik nuqtai nazardan o‗ta xavfli yuqumli kasalliklar toifasiga kiradi. Kasallikning man‘bai bemor va immunitet tanqisligi virusini tashib yuruvchi shaxslar hisoblanadi. OITS virusning 3 hil yo‗l bilan yuqishi aniqlangan. 1. Parenteral yul orkali, ya‘ni virus bilan zararlangan qon va qon maxsulotlari quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda, teri butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin. 2. Vertikal yo‗l orqali, ya‘ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqa tug‗ruq jarayonida va tug‗ilgandan so‗ng ona suti orqali yuqishi mumkin. 3. Jinsiy aloka yo‗li orqali. Boshqa viruslar qatorida OIV tirik hujayralarning ichida ko‗payadigan parazit hisoblanadi. Virusning hujayra bilan munosabati bir necha pog‗onadan iborat: 1. Virusning hujayraga bog‗lanishi. 2. Virusning qobig‗dan ajralishi va hujayra ichiga kirishi. 3. Virusning ko‗payishi, virusning tarkibida moddalarning va antigenlarning hosil bo‗lishi va ulardan virus parchalarini yig‗ish. 4. Qisman virusning genomi hujayra genomining ichiga joylashishi. Virus hujayra ichiga kirishdan oldin u hujayraning qobig‗i bilan bog‗lanadi. Virus organizmga tushgandan keyin u qon orkali butun organizmga tarqaladi va ko‗plab hujayralarni jarohatlaydi, jumladan limfatik bezlarni, ularning organizmda soni 1,5 mingdan ziyod bo‗ladi. Virus qonda sezilarli darajada bo‗lmaganida OIV bilan zararlangan odamda qisqa vaqt ichida virusning ta‘siri sezilmaydi va unda ko‗p yil davom etadigan yashirin davri ya‘ni kasallikning hech kanday belgilari bo‗lmaydigan davri bo‗ladi. Infektsiya patogenezida ikkita omilni ajratish mumkin: 1. Virusning organizmga bevosita ta‘siri; 2. Virusning zararlangan hujayralar faoliyatini ishdan chiqarishi. 67 Virusning bevosita organizmga ta‘siri quyidagi belgilarning paydo bo‗lishiga olib keladi: limfa bezlarining kattalashishi, odamning ozishi, tana haroratining yuqori bo‗lishi, ich ketishi, nerv sistema faoliyatining buzilishi. Lekin virus bevosita odamni o‗limga olib bormaydi. OITS kasalligining rivojlanishiga olib keladigan omil - bu virusning zararlangan hujayralarga ta‘siri hisoblanadi. Inkubatsion davr - bir necha oydan 10 va ko‗proq yilgacha davom etishi mumkin. Bu bosqichda tashxis faqat taxminiy bo‗lishi mumkin va faqat epidemiologik ma‘lumotlarga asoslanadi. Bu bosqichda klinik belgilar bo‗lmaydi va OIVga qarshi antitelalar ishlab chiqarilmaydi. Xastalikka chalingan odam sog‗, ish faoliyati buzilmagan, o‗zini bemor deb hisoblamaydi -lekin kasallik manbai bo‗lishi mumkin. Birlamchi belgilar davrida – o‗tkir isitmalash fazasida, zararlanganlarda kasallik o‗tkir boshlanib, tana harorati ko‗tariladi, angina yoki faringit belgilari ko‗rinadi. Bosh, bo‗g‗imlar, mushaklar og‗rishi mumkin. Jigar, taloq va limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Qonda OIVga qarshi antitelalar aniqlanadi. Lekin limfotsitlar soni o‗zgarmaydi. Ikkilamchi belgilar davri – immunitet buzilishi tufayli bakterial, virusli va protozoyli kasalliklar yoki o‗sma jarayoni rivojlanishi bilan kechadi. Terminal davrda bemor ahvoli og‗ir, ozib ketgan, vaqti-vaqti bilan tana harorati ko‗tarilib turadi. Qonda gemoglobin mikdori normadan 50 % kam. OIVga qarshi antitelalar kamaygan, viruslar soni oshgan, limfotsitlar soni past, davo natija bermaydi. OIV infektsiyasi xastalikning birinchi bosqichida o‗ziga xos, aniq ishonarli belgilari yo‗k. SHuning uchun kasallikni o‗z vaqtida tashxislash uchun har bir shifokor, mutaxassisligidan qat‘iy nazar, shu xastalikka nisbatan hushyor bo‗lishi zarur. CHunonchi, giyoxvandlardan tashqari, aholining boshqa guruhlarida bu kasallik sifatsiz tibbiy xizmat natijasida ham yuqib qolmoqda. Hozirgi davrda OIV kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolab yuborish imkoniyati tug‗ilmoqda. Maqsad bemorlarning umrini uzaytirishga va uni hayot kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo‗lishi lozim. 68 OIV kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda bemorning ruhiy holatini yaxshilash, o‗z vaqtida ikkilamchi kasalliklarning oldini olish, dori- darmonlarni sinchkovlik bilan tanlash va belgilash maqsadga muvofiq bo‗lib hisoblanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling