Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiq urishi
- Tayanch harakat apparati jarohatlari va muskullar og‘riqlari
Gipoglikemik shok – qonda glyukozaning keskin kamayib ketish oqibatida
vujudga keladi. Uzoq vaqt zo‗riqishda jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanganda hamda mashg‗ulotlarda och qoringa ishtirok etganda yuzaga keladi. Asosiy belgilari yuz va tana terisining oqarib ketishi, bo‗shashishlik, ko‗p terlash, bosh aylanishi, yurak urishini tezlashuvi, ko‗z qorachiqlarining kengayib ketishi, juda ochiqish xissi, sovuq ter chiqishi va tirishishlar bo‗ladi. Gipoglikemik shokning oldini olish uchun mashg‗ulotlardan 1-1,5 soat oldin ovqatlanib olish, ovqatlanishda ulevodlarga boy maxsulotlar shokolad, qiyom, shakar va shirinliklar hamda mevalar iste‘mol qilish tavsiya etiladi. YUqorida qayd etilgan holatlarning birortasi sodir bo‗lganda issiq shirin choy, sharbat yoki kakao va kampot ichish kerak. Issiq urishi – tashqi ta‘sirlar natijasida organizm qizib ketishi bilan sodir bo‗ladigan jarayon. Belgilari: charchoq, bosh og‗rig‗i, bel, gavda va oyoq, qo‗llarni zirqirab og‗rishi, ko‗ngil aynish, bosh aylanishi, tana haroratini ko‗tarilishi, quloqlar shang‗illashi va hushdan ketish kuzatiladi. Quyoshli issiq kunlarda ochiq rangli bosh kiyim kiyish, paxtadan qilingan sport kiyimda bo‗lish, og‗ir jismoniy yuklamalar bajarmaslik va ko‗p suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya etiladi. Juda issiq kunlarda mashg‗ulotlarni to‗xtatib qo‗yish kerak. Jabrlangan insonni salqin joyga ko‗chirish, kiyimlarni echish, boshini balandroq qilib yotqizish kerak. YUrak sohasiga, boshga sovuq buyum qo‗yish, gavdasi va qo‗l oyoqlariga sovuq suv quyish mumkin. Nafas olishni yaxshilash uchun nashatir spirti hidlatish, yurak faoliyatini yaxshilash uchun esa yurak dorilari berish kerak bo‗ladi. Tayanch harakat apparati jarohatlari va muskullar og‘riqlari: muskullar 75 og‗riqlari tayanch harakat apparati jarohatlarida vujudga keladi. Ba‘zan muskul og‗riqlari jismoniy yuklamalar ta‘sirida ham paydo bo‗ladi. Ayniqsa mashg‗ulotga yangi kirishilganda yoki to‗xtatib qo‗yilgan mashg‗ulotlar yana boshlanganida muskullarda jismoniy yuklamalarga moslashish uchun og‗riqlar bo‗ladi. Bunday og‗riqlar muskullarda sut kislotasi yig‗ilib qolishi natijasida ro‗y beradi. Og‗riqlar tufayli mashg‗ulotlar to‗xtatib qo‗yish yaramaydi, balki jismoniy yuklamalar me‘yorini va jadalligini kamaytirish tavsiya etiladi. Tayanch harakat apparati jarohatlarida shifokor yordami kerak bo‗lishi mumkin. SHifokor jarohat darajasini, uni davolash va tiklanish jarayonlarini tashkil etish bo‗yicha ko‗rsatmalar beradi. Ba‘zan mashg‗ulotlar vaqtinchalik to‗xtatilishi, bu davrda fizioterapevtik muolajalar, massajlar, dori vositalaridan foydalanish, sauna va hammolar qabul qilish tavsiya etilishi mumkin. Engil jarohatlarda jismoniy yuklamalar ta‘siri, hajmi va me‘yorini kamaytirishga ko‗rsatma beriladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda jarohatlanishlarning asosiy sabablari, mashg‗ulot boshida muskullarni to‗liq qizdirish mashqlarini o‗tkazmaslik, jismoniy yuklamalarni shug‗ullanuvchilar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarliklariga muvofiq bo‗lmasligi, mashg‗ulot joylarini santariya va gigiena qoidalariga rioya qilinmasligi – isitilishi, yoritilishi, mo‗‗tadil haroratda bo‗lmasligi, toza havo bilan ta‘minlanmasligi, joylar va jixozlarning nosozligi hamda toza emasligi, sport kiyimlari va poyabzallarni talabga javob bermasligi bo‗lishi mumkin. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishni yangi boshlagan insonlarda o‗ng tomon oxirgi qovurg‗a ostida og‗riqlar paydo bo‗lishi mumkin. Bu og‗riqlar mashg‗ulotdan oldin to‗yib ovqatlanish, mashg‗ulotdan oldin achchiq yoki sho‗r ovqat istemol qilish hamda achchiq kofe ichish, qizdirish mashqlarini bajarmaslik, jismoniy yuklamani birdaniga bajarish, jismoniy yuklama me‘yorini ortirib yuborish tufayli vujudga kelishi mumkin. Bu holatda jismoniy yuklamalar ta‘sirini kamaytirish hamda dam olishni tashkil etish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling