Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Mustaqil mashg‘ulotlarning mazmuni
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish maqsadi
Mustaqil mashg‘ulotlarning mazmuni
Mustaqil mashg‗ulotlar jarayonlarida hilma hil jismoniy mashqlar bilan bir qatorda sport turlari bilan ham shug‗ullanish mumkin. YUrish va yugurish, suzish, sport va harakatli o‗yinlar, turistik safarlar va sayohatlar, trenajerlardagi mashqlar va har hil umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari bilan shug‗ullanishni misol qilish mumkin. Mashqlar va mashg‗ulotlar turini tanlashda jins, yosh va sog‗lomlik ko‗rsatkichlari, jismoniy tayyorgarlik darajalari bilan bir qatorda 81 shaxsiy xususiyatlar va qiziqishlarni e‘tiborga olish kerak. Mustaqil mashg‗ulotlar jarayonida ta‘lim tarbiya tamoyillari va uslublariga qat‘iy rioya qilish talab etiladi. Mashg‗ulotning mazmuni, shakli va uslublari mashg‗ulot maqsadiga muvofiq kelishi kerak. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish maqsadi: jismoniy fazilatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan bo‗ladi. Kuch fazilatini rivojlantirish uchun tashqi ta‘sirlarni engish, og‗irliklarni ko‗tarish, o‗zining qarshiliklarini engish mashqlaridan foydalaniladi. Tashqi ta‘sirlarni engishda sherigining qarshiligi, rezina espanderlarda mashqlar, og‗irliklar ko‗tarishda – gantellar, shtanga va giralar ko‗tarish mashqlari hamda kuch trenajerlarida mashqlar bajariladi. O‗zining qarshiligini engish mashqlarida yotgan holda qo‗lni polga tayanib bukib yozish, turnikda tortilish va o‗tirib turish mashqlarini bajariladi. Kuch va tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda og‗ir atletika, atletizm, gira sporti, pauerlifting, sakrash va uloqtirish sport turlari bilan shug‗ullanish mumkin. Tezkorlikni rivojlantirishda harakatli va sport o‗yinlari, yakkakurash turlari, qisqa va o‗rta masofaga yugurishlar, suzish sport turlari bilan shug‗ullaniladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq davom etidagan jismoniy harakatlarni bajarish tavsiya etiladi. Buning uchun uzoq masofaga va kross yugurishlari, suzish va velosipedda uchish sporti bilan shug‗ullanish mumkin. CHaqqonlikni rivojlantirish uchun yangi shakldagi tez o‗zgaruvchan mashqlar va harakatlarni o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunday mashqlar bajarishda gimnastika, akrobatika, badiiy gimnastika, batutda sakrash va suvga sakrash sport turlari hamda sport o‗yinlari, yakkakurash turlari bilan shug‗ullaniladi. Egiluvchanlikni rivojlantirishda tana qismlari bo‗g‗imlarini keng amplitudada harakatlanishlarini ta‘minlaydigan jismoniy mashqlar va harakatlarni bajarish kerak. Gimnastika, akrobatika va yakkakurash turlari hamda streching, sheyping mashqlari egiluvchanlikni rvojlantirishga katta yordam beradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling