Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Faol dam olish maqsadi: ishchanlik qobiliyati tez va to‗laqonli tiklanishida 


82 
passiv dam olishga nisbatan aktiv dam olishning xizmati katta bo‗ladi. Faol dam 
olish shakllarini tanlashda mexnat va turmush shart sharoitlarini, charchashlar 
xususiyatini, jismoniy tayyorgarlik darajasini, jismoniy mashqlar yoki sport 
turlariga qiziqishlarini hisobga olish kerak. Faol dam olishda bajariladigan 
jismoniy mashqlar toliqishlar hosil bo‗lgan organlar va tizimlarga hamda muskul 
guruhlariga qaratiladi. O‗quv kuni yoki mexnat jarayonida faol harakatdan yoki 
jadal sport mashg‗ulotidan so‗ng dfapol dam olish jarayonlarida qo‗lalanadigan 
jismoniy mashqlar muskullarni bo‗shashtirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Aqliy va jismoniy zo‗riqishlar bo‗lgan faoliyatdan so‗ng faol dam olish 
vositasi sifatida musobaqalarda va bellashuvlarda ishtirok etish tavsiya etilmaydi. 
CHarchoqlarni bartaraf etish va tiklanish vositasi sifatida gigienik gimnastika 
mashqlari va siklik harakatlarni bajarishga ko‗rsatma beriladi. Bir hil shakldagi 
o‗qish yoki mexnat jarayonlaridan so‗ng harakatli va sport o‗yinlari bilan 
shug‗ullanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Kelishgan qomatni shakllantirish maqsadi: talabalik davrida kelishgan qad 
qomatni shakllantirish har bir talabaning orzusi bo‗lib hisoblanadi. Bo‗y 
ko‗rsatkichlariga o‗zgartirish kiritish qiyin bo‗lsada gavda tuzilishi – qomatni 
kelishgan qilib rivojlantirish mumkin. Bo‗y uzunligi irsiy ko‗rsatkchilarga 
muvofiq bo‗lsada jismoniy mashqlar ayniqsa sport o‗yinlari bilan shug‗ullanish, 
sog‗lom turmush tarzi olib borish bo‗y uzunligi o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin. Og‗ir yuklar bilan mashqlar, uzoq masofaga yugurishlar bo‗y uzunligi 
o‗sishiga ta‘sir ko‗rsata olmaydi. Basketbol, voleybol o‗yinlari sakrash mashqlari 
esa bo‗yning o‗sishiga sezilarli darajada ta‘sir o‗tkazishi mumkin. Turnikda va 
shved devorida osilish mashqlari ham bo‗y o‗sini rivojlantiradi. SHu bilan birga 
osilish mashqlari umurtqa pag‗onasi orlaridagi disklarga tushadigan yuklamalarni 
bartaraf etishga, to‗g‗ri qomatni shakllanishiga yordam beradi. To‗g‗ri qomat esa 
bo‗yning o‗sishi va tanani kelishgan bo‗lib ko‗rinishini ta‘minlaydi. 
Qomatni shakllantirishda muvozanat saqlash mashqlari, osilgan holda statik 
mashqlar bajarish, tik holda o‗tirib turish, yotgan holda cho‗zilishi mashqlari 
bajarish mumkin. Kelishgan qomatni rivojlantirishda bosh, bo‗yin, gavda, bel va 


83 
oyoq muskullarini rivojlantirish mashqlari muhim ahamiyatga ega. Jismoniy 
mashqlar va sport mashg‗ulotlari yordamida tana tuzilishidagi arzimagan 
o‗zgarishlarni to‗g‗rilash imkoniyati bor. Qomat tuzilishida salbiy o‗zgarishlarni 
faqat maxsus davolash mashqlari yordamida davolanadi va to‗g‗rilanadi. 
Ba‘zi bir sport turlarida bir hil holatdagi harakatlarning ko‗p bajarilishi va 
bo‗g‗imlarga jismoniy yuklamalarni ko‗p ta‘sir etish oqibatida tana tuzilish, qomat 
va 
gavda 
shakllarida 
salbiy 
o‗zgarishlar 
hosil 
bo‗lishi 
mumkin. 
Velosportchilarning qomatini egilgan bo‗lishi, gimnastikachilarning bo‗yi pastroq 
va oyoqlar oralari kengroq bo‗lishi, og‗ir atletikachilarda bel bo‗g‗imida siljish 
holatlari kuzatiladi. Kurashchilar, og‗ir atletikachilar va gimnastlarning orqa va bel 
muskullarini yaxshi rivojlanganligi, ularning gavdasini egilgan qilib ko‗rsatishi 
mumkin. 
Bolalarni sport turlariga berishda ularning qomatini shakllanish darajasiga 
e‘tibor qaratish kerak. Agar bolalar qomat tuzilishida assimetrik holatlar kuzatilsa 
stol tennisi, kamondan o‗q uzish kabi assimetrik sport turlari bilan shug‗ullanish 
tavsiya etilmaydi. Ular simmetrik sport turlari engil atletika, gimnastika, sport
o‗yinlari bilan shug‗ullanishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasida 
skolioz bor bolalarni umurtqa pag‗onasiga yuklama tushadigan sport turlari 
gimnastika, og‗ir atletika, kurash turlari, sport o‗yinlari bilan shug‗ullanishi ham 
mumkin emas.
Tana vaznini jismoniy mashqlar bilan ham kamaytirish mumkin. Uzoq 
masofaga yugurishlar, suzishlar, velosipedda uchish hamda sport o‗yinlari tana 
vaznini kamaytirishga yordam beradi. Og‗ir atletika, atletizm, kurash turlari tana 
vaznini ortishini ta‘minlaydi. Tana vaznini kamaytirishda 20 daqiqa davomida 
bajariladigan siklik mashqlarning ahamiyati ham katta bo‗ladi. Tana tuzilishini 
ko‗rkam qilish, tana vaznini me‘yorga keltirishda zamonaviy jismoniy mashqlar 
aerobika, streching, sheyping, atletizm va krossfit mashqlari bilan shug‗ullanish 
mumkin. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling