Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Asosiy qism: quyidagi vazifalarni hal etadi: yangi harakatlarga o‗rgatish, 
avval o‗rganilgan harakatlarni takomillashtirish, jismoniy fazilatlar kuch, 
chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish, ruhiy 
xislatlar diqqat, tafakkur va shaxs sifatlari irodalilik, tirishqoqlik, qat‘iyatlilik, 
jasurlikni tarbiyalash. Mashg‗ulot asosiy qismi oddiy va murakkab bo‗ladi. Oddiy 
shakllarda bir hildagi mashqlar va harakatlar – kross yugurishlari, sport o‗yinlari 
bilan shug‗ullanish tashkil etiladi. Murakkab shakldagi mashg‗ulotlarda har hil 
ko‗rinishdagi mashqlar yugurish va kuch mashqlari, tezkorlik va kuch sifatlari 


86 
uchun mashqlar bajariladi. 
Jismoniy fazilatlarni muvofiq rivojlantirishni ta‘minlash uchun mashg‗ulotni 
quyidagicha rejalashtirish mumkin: dastlab tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish 
mashqlari bajariladi; so‗ng kuchni rivojlantirish mashqlari, yakunida chidamlilikni 
rivojlantirish mashqlarini bajariladi. Egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini 
bo‗g‗imlar yaxshi qizib olganini hisobga olgan holda mashg‗ulotning barcha 
qismida bajarish mumkin. Kuch mashqlaridan so‗ng egiluvchanlikni rivojlantirish 
mashqlarini bajarish muhim, chunki muskullarni qatib qolishi, bo‗g‗imlarda 
harakatlarni kamayishi oldi olinadi. Jismoniy fazilatlarni muvofiqlikda 
rivojlantirishda jismoniy yuklamalar ta‘siri o‗rtacha bo‗lishi kerak, aks holda bir 
jismoniy sifatni rivojlantirish uchun beriladigan og‗ir jismoniy yuklama boshqa 
sifatlarni rivojlanishiga to‗sqinlik qilishi mumkin.
YAngi harakatlarni o‗rganish mashg‗ulot asosiy qismining boshida, muskul 
va nerv tizimida charchashlar vujudga kelmay turib tashkil etilishi shart. 
Mashqlarning bajarish izchilligi mashg‗ulot vazifalariga ko‗ra o‗zgarishi mumkin. 
Mashg‗ulotlarning asosiy qismi davomiyligi umumiy mashg‗ulotning 70% - 90% 
ni tashkil etadi. 
YAkuniy qism: mashg‗ulot jarayonlarida amalga oshgan fiziologik jarayonlar 
– qonning har hil hajmda ta‘minlanishi, almashinuv jarayonlari chiqindilarini 
to‗planishi, yurak faoliyatini rag‗batlantiriuvchi garmonlarning ishlab chiqarilishi 
mashg‗ulotdan so‗ng ham bir muncha vaqt davom etadi. SHuning uchun yakuniy 
qism maqsadi – organizm odatiy faoliyatini tiklash, sokin holatga olib kelish, 
YUUS, nafas olish chastotasini kamaytirish, muskul zo‗riqishlarini bartaraf etishga 
qaratiladi. Engil, sekin yugurish, yurish, egiluvchanlik, nafas olishni 
sokinlashtirish, muskullarni bo‗shashtirish mashqlarini bajarish amalga oshiriladi. 
YAkuniy qism davomiyligi 5-15 daqiqa atrofida bo‗lib, davomiyligi asosiy qismda 
bajarilgan jismoniy yuklamalar jadalligi va ta‘siriga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling