Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil etish va ularga qo‘yiladigan


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil etish va ularga qo‘yiladigan
gigienik talablar 
Jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil shug‗ullanishda bir qator tibbiy 


87 
gigienik va uslubiy qoidalarga rioya qilish kerak: 
Sog‗lom turmush tarzi talablariga rioya qilish: 
Ta‘lim va tarbiya jarayonining uslubiy tamoyillariga rioya qilish: 

onglilik va faollilik; 

bajara bilash va xususiylashtirish

muntazamlilik; 

taraqqiyot; 

yuklama va dam olishni to‗g‗ri navbatlashtirish. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish uchun mustaqil mashg‗ulotlar joylarini 
tanlashda gigienik talablarga javob berishi hisobga olinishi shart. Sport zallarda 
shug‗ullanishda toza havo bilan ta‘minlanishi, yoritilishi, polning tekisligi va 
tozaligi, jixozlar sozligi va texnika xavfsizligi talablariga javob berishiga e‘tibor 
beriladi. Ochiq havoda shug‗ullanishda mashg‗ulot joylari avtomagistrallardan va 
ishlab 
chiqarish 
korxonalardan 
uzoq 
bo‗lishi kerak. Mashg‗ulotlarni 
rejalashtirishda va o‗tkazishda ob havo va iqlim xususiyatlarini hisobga olish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Issiq kunlarda ko‗p suyuqlikni oz ozdan ichish tavsiya 
etiladi. Albatta bosh kiyimda bo‗lish kerak. Kunning issiq vaqtlarida mashg‗ulot 
o‗tkazish yaramaydi. Qish kunlarida esa issiq kiyinish kerak. Bosh kiyim va 
qo‗lqoplar kiyish ham yaxshi bo‗ladi. CHunki bosh orqali 40% issiqlik sarf etiladi. 
Kiyim va poyabzal sport turi va bajariladigan mashqlar shakllariga muvofiq 
bo‗lishi kerak.
Kiyimlar va poyabzal gigienasi: Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan 
mustaqil mashg‗ulotlar ertalab – sahar shug‗ullanish tavsiya etilmaydi. Ertalab 
faqat sog‗lomlashtiruvchi badan tarbiya mashqlari bilan shug‗ullanish etarli 
bo‗ladi. SHuningdek uyquga yotishdan oldin shug‗ullanish, och qoringa va 
aksincha to‗q qoringa shug‗ullanish ham yaramaydi. Mashg‗ulotlardan oldin 
ovqatlanish 1,5-2 soat bo‗lishi va mashg‗ulotlardan keyingi ovqatlanish 30-40 
daqiqadan so‗ng bo‗lishi kerak. SHunda ham to‗yib ovqatlanish tavsiya etilmaydi. 
Mashg‗ulotlar jaryonida va mashg‗ulotlardan so‗ng ko‗p suyuqlik ichish kerak, 
chanqoq holda bo‗lish mumkin emas. Lekin suyuqlik to‗yib ichilmaydi balki oz 


88 
ozdan ichiladi.
Kasalliklar davrida va yangi tuzalishda ham mashqlar bilan shug‗ullanish 
tavsiya etilmaydi. Organizm funksiyalari to‗liq tiklanishi uchun bir necha kun 
kutish kerak. Tana gigienasiga riaya qilish muhim. Mashg‗ulotlardan so‗ng 
cho‗milish va dush qabul qilish shart. Dam olish kunlari hammom va sauna qabul 
qilish mumkin. Bu kunlarda organizmni to‗liq tiklanishini ta‘minlash kerak. 
Tiklanish vositalari: 

issiq dush va suv muolajalari qabul qilish; 

sauna va hammomga tushish; 

massaj, o‗z o‗zini massaj qilish; 

toza havoda sayr qilishi

tinch va sokin uyqu; 

sifatli va to‗g‗ri ovqatlanish; 

musiqa va taronalar tinglash; 

o‗z o‗zni nazorat qilish qoidalariga rioya qilish. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling